Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə24/138
tarix22.03.2024
ölçüsü0,82 Mb.
#181802
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   138
Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti-www.hozir.org

Nazorat uchun savollar:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish tizimi?
2.Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish tizimining yuzaga kelish jarayoni?
3.Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarishning qonuniy aktlari?
4. «O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati to‘g‘risida»gi qonun qachon qabul qilingan?
5. Boj tariflarining tartibga solish funksiyalarini nimalardan iborat?
6. «Bojxona ombori» rejimi tushunchasi?
17-MAVZU. XALQARO TOVARLAR OLDI-SOTDI SHARTNOMALARI
1.Xalqaro tovarlar oldi-sotdi shartnomalari tuzish tartibi.
2.Tovarlar yetkazib berish bazis shartlari.
3.Xalqaro tovarlar oldi-sotdi shartnomalarining mazmuni.

Moddiy-buyum shaklidagi tovarlarning oldi-sotdi shartnomasi xalqaro tijorat amaliyotida shartnoma deb ataladi.


Oldi-sotdi shartnomai tijorat hujjati bo‘lib, tashqi savdo bitimida rasmiylashtiriladi. Unda tomonlarning tovar yetkazib berish to‘g‘risidagi majburiyatlari bayon etiladi. Tashqi iqtisodiy bitimni tuzishda tomonlar bitim tuzishda qaysi davlatning huquqidan foydalanish zarurligini va tomonlarning huquq va majburiyatlarini aniqlab olishlari kerak.
Oldi-sotdi shartnomasini tuzishni tartibga solish va sotuvchi hamda xaridorning ushbu shartnomadan kelib chiqadigan huquq va majubriyatlari BMTning oldi-sotdi shartnomalari to‘g‘risidagi konvensiyasida birxillashtirilgan. Agar shartnoma tomonlaridan biri konvensiyaga qo‘shilmagan mamlakatlarda joylashgan bo‘lsa, bunday bitimga nisbatan Konvensiya qo‘llanilmaydi. Agar tomonlar o‘rtasida kelishuv bo‘lmasa, u holda:
– oldi-sotdi shartnomasida sotuvchi bo‘lgan;
– komissiya (konsignatsiya) shartnomasida komitent bo‘lgan;
– topshiruv shartnomasida ishonch bildiruvchi bo‘lgan;
– tashish shartnomasida tashuvchi bo‘lgan tomon joylashgan mamlakatning huquqi qo‘llaniladi.
Tashqi savdoda qo‘llaniladigan shartnomalar turli shartlarga ega. Ular tovarni tavsiflaydi, bitimning tijorat xususiyatlarini, tomonlarning huquq va majburiyatlarini belgilaydi. Shartnomaning barcha shartlarini quyidagicha tavsiflash mumkin.
- sotuvchi va xaridor uchun ularning majburiyligi nuqtai nazardan;
- universalligi nuqtai nazardan.
Majburiyligi nuqtai nazaridan shartnomaning shartlari majburiy va qo‘shimcha shartlarga bo‘linadi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə