Tasviriy san’at haqida



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/20
tarix27.01.2022
ölçüsü1,19 Mb.
#83202
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
tasviriy sanat

Me'morlik san'ati

 

 



Inson hayoti bilan uzviy bog'liq bo'lgan san'at me'morlik san'atidir. Bu san'at ham san'atning 

boshqa  turlari  singari  o'zida  inson  aqliy  faoliyati,  tabiatiga  bo'lgan  munosabatlarini  aks  ettiradi, 

ijtimoiy tuzum xarakterini ochib beradi, jamiyat ideologiyasini o'zida ifoda qiladi. Bu san'at inson 

bilan birga paydo bo'ldi. U o'zini dastlab  yog'in-sochindan, issiq-sovuqdan himoya qilish, tunlari 

xotirjam yotish uchun joylarqurdi. Bu joylar tosh, yog'och, loylardan qurildi, tabiiyg'orlar turar-joy 

manzillariga  aylantirildi.  Vaqt  o'tishi,  inson  ongining  taraqqiy  etishi  bilan  uylar,  saroy  va 

ibodatxonalar  vujudga  keldi.  Istehkom,  qal'a,  shaharlar,  ko'prik  va  keng  yo'llar  qurildi.  Zavod-

fabrikalar,  yirik  kosmodromlar  -  bular  ham  davr  taqozosi  bilan  maydonga  kelgan  me'morlik 

san'atining turlaridir. Me'morlik san'ati ham san'atning boshqa turlari singari inson psixologiyasiga 

ta'sir  etadi,  uning  kayfiyatini  belgilaydi,  ish  qobiliyatiga,  dunyoqarashiga,  fikrlashiga  ta'sir  eladi. 

Shu boisdan bu san'at ham juda qadimdan sinfiy xarakterga ega bo'lib, ijtimoiy tuzum xarakterini 

o'zida  ifodalab  kelgan.  Bu  holni  bizgacha  saqlanib  kelgan  turli  davrlarga  mansub  bo'lgan 

me'morlik yodgorliklarini taqqoslab bilish mumkin. 

 

Me'morlik san'atida  geometrik  shakl  va hajmlar  asosiy ifoda va lasvir vositasi  hisoblanadi. 



Shularning  turli  xildagi  nisbat  va  joylanishlari,  o'zaro  kombinatsiyalari  ma'lum  me'morlik 

kompozitsiyasini tashkil etadi. Bu o'rinda Buxorodagi mashhur Ismoil Somoniy maqbarasini olib 

ko'raylik.  Bu  bino  asosan  to'rt  yoqli  prizma  va  yarimshar  -  gumbazdan  tashkil  topgan.  Ular 

hamkorlikda  yagona  me'morlik  kompozitsiyasini  tashkil  etadi.  Bu  geometrik  shakllar,  o'z 

navbatida, dekorativ bezaklar hisobiga boyitilgan. Maqbara devoridagi oq-qora soyalar esa uning 

badiiy  qiymatini  yanada  oshirgan.  Bu  yodgorlikda  o'rinli  topilgan  nisbatlar,  dekorativ 

elementlarning o'z o'rniga tushganligi uni tugal badiiy asar darajasiga ko'targan. 

 

Me'morlik  san'ati  bir  necha  turlarga  bo'linadi.  Bular  uy-joy  qurish  san'ati,  shahar  qurish 



san'ati,  sanoat  va  suv  inshootlari  qurish  san'ati  hamda  jamoat  va  ma'muriy  binolar  ko'rish 

san'atidir.  Bular  ham  o'z  o'rnida  yana  qator  turlarga  ajraladi.  Bu  turlarning  har  biri  o'ziga  xos 

funksiya  va  xarakterga  ega  bo'lib,  ular  binolarning  loyihasi,  tashqi  va  ichki  ko'rinishi,  badiiy 

bezatilishi  bilan  ajralib  turadi.  Har  bir  me'morlik  yodgorligining  qiymati  va  go'zalligi  shu 

yodgorlikning o'z maqsadiga, vazifasiga to'liq javob berishidadir. Masalan, teatr binosining tashqi 



 

23 


ko'rinishi, badiiy bezaklari, maktab yoki fabrika binosining tashqi ko'rinishi, badiiy bezatilishidan 

butunlay  farq  qilishi  o'z-o'zidan  ma'lum.  Shuning  uchun  ham  qurilgan  binoning  funksiyasi  va 

xarakteri uning tashqi va ichki bezatilishida, ko'rinishida ifoda etiladi va bir-biridan ajralib turadi. 

Me'morchilikdagi  bu talablami  hisobga olmaslik uning kishi asabiga tegish,  charchatish  hollarini 

keltirib chiqarishi mumkin. 

 


Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə