Tasviriy san’at haqida



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/20
tarix27.01.2022
ölçüsü1,19 Mb.
#83202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
tasviriy sanat

Rangtasvir

Rangtasvir

Monumental

Mo’jaz

Dastgohli

Dekorativ

 



 



Monumental rangtasvir



Freska

Mozayka

Panno

 

 

 

 

Rangtasvir.

 Tasviriy san'atning ikkinchi bir turi rangtasvir san'nlidir. Devorlarga ishlangan 

turli  rasmlar,  polotnolarga  chizilgan  surat,  kino  va  teatr  dekoratsiyalari  shu  san'at  turiga  kiradi. 

Rangtasvirda  rang  muhim  o'rinni  egallaydi.  Agar  grafika  san'atida  rang  shunchaki  yordamchi 

vazifani  o'tasa,  rangtasvirni  esa  rangsiz  tasavvur  qilib  bo'lmaydi.  Rassom  rang  orqali  borliqni 

ko'rinarli  obrazlarda  tasvirlaydi,  makonning  cheksizligini,  undagi  narsalarning  rang-barangligini, 

moddiyligini,  hajmini  ko'rsatadi.  Rangtasvir  asarlari  yana  o'zining  vazifasi  va  ishlanish  uslubiga 

ko'ra monumental, dastgoh va dekorativ turlarga bo'linadi. 

 

Monumental  rangtasvir  me'morlik  bilan  chambarchas  bog'liq  bo'lib,  bu  turdagi  asarlar 



mustaqil mazmuniga ega hamda ularda jamiyat  hayotidan olingan muhim  voqealar aks  ettiriladi. 

Bunday  asarlar  odatda  uzoqdan  ko'rishga  mo'ljallanganligi  tufayli  obrazlarni  iloji  boricha 

umumlashtirilgan holda tasvirirga, mayda detallardan iloji boricha kamroq foydalanishga-harakat 

qilinadi.  Ranglar  ham  birmuncha  shartli  olinadi,  shunga  qaramasdan  u  borliq  to'g'risida  real 

tasavvur  berishi  kerak.  Monumental  rangtasvir  me'morchilikda  ma'lum  miqdorda  bezash 

vazifasini ham o'taydi, shuning uchun ham uni ba'zan monumental - dekorativ rangtasvir deb ham 

yuritiladi. Monumental rangtasvir asarlari bajarilish usuliga qarab o'z navbatida bir necha turlarga 

bo'linadi. Bular: freska, mozaika va pannodir. Freska odatda devorga to'g'ridan to'g'ri suvoq ustiga 

ishlanadi. Bolonka rangli tosh, shisha, bo'yalgan oyna, sirli sopol parchalaridan ishlanadi. Devorga 

ishlangan  surat  yoki  o'yma  naqshlar  ba'zan  har  xil  shakldagi  ramkalar  (to'rtburchak,  kvadrat, 




 

10 


beshburchak  va  hokazolar)  bilan  chegaralangan  bo'ladi  -  bu  pannodir.  Panno  dastlab  alohida 

yuzada  (xolstda,  ganchda,  yog'ochda)  ishlanib  olinib  bitgandan  so'ng  devorlarda  qoldirilgan 

maxsus  o'rinlarga  o'rnatiladi.  Lekin  mazmun  jihatdan  mustaqil  xarakterga  ega  bo’lishi  ham 

mumkin.  Ba'zi  hollarda  panno  dastlab  xolstga  moy  bo'yoq  bilan  ishlanib,  keyin  kerak  bo'lgan 

o'ringa yopishtiriladi. 

 

Dekorativ  rangtasvir  me'morchilik  va  amaliy  san'at  bilan  bog'liq  bo'lib,  asosan  bezash 



vazifasini o'taydi. Dekorativ rang tasvirga naqqoshlik san'ati, teatr, kino dekoratsiyalari va qisman 

monumental  rassomchilik  ham  kiradi.  Dekorativ  rangtasvir  monumental  rangtasvir  singari 

to'g'ridan  to'g'ri  devorga  ishlanishi,  panno,  mozayka  tarzida  bo'lishi  mumkin.  Dastgoh  rangtasvir 

hozirgi  zamon  tasviriy  san'atida  yetakchi  o'rinni  egallovchi  san'at  turlaridan  biri  hisoblanadi. 

Odatda  u  maxsus  ramkaga  tortilgan  matolar  ustiga  ishlanadi.  Bunday  rasmlar  molbert  deb 

ataladigan alohida dastgohda ishlangani uchun ham ularni dastgohli rasmlar deyiladi. 

 

Bunday  rassomchilik  asarlari  jamiyatda  bo'layotgan  muhim  voqea  va  hodisalarni  aks 



ettirishidan tashqari, shaxsning individual xislatlarini, kechinmalari, his-tuyg'ularinito'liqko'rsatish 

imkoniya-tiga  egadir.  Shuningdek,  ularda  tabiatda  bo'layotgan  o'zgarishlar  o'zining  yorqin 

ifodasini  topadi.  Dastgoh  rangtasvir  monumental  va  dekorativ  rang  tasvirdan  farqli  o'laroq, 

mustaqil  ahamiyatga  ega,  u  boshqa  biron  san'atga  bog'lanmaydi.  Dastgoh  rassomligi  birmuncha 

kech paydo bo'lgan bo'lib, uning rivojlanish davri Uyg'onish davriga to'g'ri keladi. Hozirgi kunda 

esa tasviriy san'at turlari ichida uning keng tarqalgan turlaridan biri hisoblanadi. 

O'zbekistonda  rassomchilikning  bu  turi  asosan  XIX  asrning  ikkinchi  yarmidan  boshlab  paydo 

bo'lgan. Hozirgi kunda u o'zbek tasviriy san'atida yetakchi o'rinlardan birini egallaydi. 

 



 

11 



Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə