Tavsiya I. Umumiy qoidalar


III. Variativ o‘quv rejalarini joriy etish tartibi



Yüklə 210,42 Kb.
səhifə2/24
tarix13.04.2023
ölçüsü210,42 Kb.
#105359
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
188-сонли буйруқ ИЛОВАЛАРИ

III. Variativ o‘quv rejalarini joriy etish tartibi
1-§. Tanlov sinfi

  1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlanadigan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejasi asosida o‘qitiladigan an’anaviy sinflar bilan birga, variativ o‘quv reja asosida o‘qitiladigan tanlov sinfi ham tashkil etilishi mumkin.

  2. Tanlov sinfi umumiy o‘rta ta’lim muassasasida mavjud 7-11-sinflar o‘quvchilari kontingenti hisobidan tashkil etiladi.

  3. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida bir nechta yo‘nalishda tanlov sinfi tashkil etilishi mumkin. Bunda, ta’lim muassasasida 7-11-sinflarning biridan bitta sinf mavjud bo‘lgan taqdirda ham tanlov sinfi tashkil etiladi.

Bunda, tanlov sinflarini quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etish tavsiya etiladi: birinchi yo‘nalish: 7-11-sinflar uchun - filologiya yo‘nalishi; ikkinchi yo‘nalish: 7-11-sinflar uchun - xorijiy tillar yo‘nalishi; uchinchi yo‘nalish: 7-11-sinflar uchun - moliya – iqtisod yo‘nalishi;
to‘rtinchi yo‘nalish: 7-11-sinflar uchun - veb-frilanser (internet tarmog‘i orqali
mehnat daromadi olish) yo‘nalishi; beshinchi yo‘nalish: 7-11-sinflar uchun – muhandislik (texnologiya) yo‘nalishi; oltinchi yo‘nalish: 7-11-sinflar uchun - tabiiy fanlar yo‘nalishi; yettinchi yo‘nalish: 7-11-sinflar uchun - ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishi; sakkizinchi yo‘nalish: 7-11-sinflar uchun - boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi; to‘qqizinchi yo‘nalish: 7-11-sinf uchun – kimyo-texnologiya yo‘nalishi; o‘ninchi yo‘nalish: 7-11-sinflar uchun - geografiya va geologiya yo‘nalishi; o‘n birinchi yo‘nalish: 7-11-sinflar uchun - maktabgacha ta’lim va psixologiya
yo‘nalishi; o‘n ikkinchi yo‘nalish: 7-11-sinflar uchun - tarix va arxeologiya yo‘nalishi; o‘n uchinchi yo‘nalish: 7-11-sinflar uchun - turizm yo‘nalishi; o‘n to‘rtinchi yo‘nalish: 7-11-sinflar uchun - sport yo‘nalishi; o‘n beshinchi yo‘nalish: 10-11-sinflar uchun - harbiy vatanparvarlik yo‘nalishi.

  1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining tegishli tanlov sinfida ta’lim jarayoni faqat bitta yo‘nalishda olib boriladi. Bitta tanlov sinfiga ikkita yo‘nalishni tanlashga ruxsat berilmaydi.

  2. Tanlov sinfi yo‘nalishi tegishli sinflar kesimida o‘quvchilar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish orqali aniqlanadi.

  3. O‘quvchilar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish va natijasini umumlashtirish uchun maktabda tanlov komissiyasi tuziladi.

Tanlov komissiyasi tarkibi quyidagicha shakllantiriladi: komissiya raisi - maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari; komissiya a’zolari – maktab psixologi, amaldagi tegishli sinf rahbarlari, fan metod
birlashma rahbarlari va ota-onalardan vakil kiritiladi;
Bunda, tanlov komissiyasi a’zolari tarkibiga fan o‘qituvchilari kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (fan metod birlashma rahbarlari, sinf rahbarlari bundan mustasno).

  1. So‘rovnomani o‘tkazish shakli tanlov komissiya tomonidan belgilanadi.

  2. O‘quvchilar o‘rtasida tanlov sinfi yo‘nalishini aniqlashga qaratilgan so‘rovnomani o‘tkazish jarayonida ota-onalar ham farzandlari bilan birga ishtirok etishi mumkin. Bunda, bir nafar o‘quvchi faqat bitta yo‘nalishni tanlaydi.

  3. So‘rovnomani o‘tkazish va natijalarini umumlashtirish jarayonining shaffofligini ta’minlash, jamoatchilik nazoratini o‘rnatish maqsadida ushbu jarayonlarda maktabning Kuzatuv kengashi a’zolari kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi mumkin.

  4. So‘rovnoma natijasida tegishli tanlov sinfida o‘qishni xohlagan o‘quvchilar soni 35 nafardan oshib ketsa, bunday holda o‘quvchilar tanlov komissiyasi tomonidan tashkil etiladigan tegishli fan bo‘yicha sinov natijalari asosida tanlov sinfiga qabul qilinadi. Sinovdan o‘tolmagan o‘quvchi an’anaviy sinfda o‘qishini davom ettiradi.

Agarda tanlov sinfida o‘qishni xohlagan o‘quvchilar soni 35 nafardan ortiq bo‘lmasa, bunday holda o‘quvchilar tanlov sinfiga sinovsiz qabul qilinadi.
Bundan tashqari, maktabda tegishli sinf bitta bo‘lsa, bunday holda ushbu sinfdagi o‘quvchilarning sonidan qat’iy nazar barcha o‘quvchilar tanlov sinfiga sinovsiz qabul qilinadi.

  1. Ota-onalar farzandlarini tanlov sinfiga qabul qilishi to‘g‘risida direktor nomiga ariza yozishadi.

  2. O‘quvchilarga o‘quv yili davomida tanlov sinfidan an’anaviy sinfga yoki an’anaviy sinfdan tanlov sinfiga o‘tishiga ruxsat berilmaydi.

  3. O‘quvchilar eng ko‘p tanlagan yo‘nalish bo‘yicha sinflar soniga mutanosib ravishda yangidan sinflarga ajratiladi. Bunda, sinflar soni mavjud tegishli sinflar sonidan oshib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

  4. Maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari va fan metodbirlashma rahbarlari tomonidan tanlov sinfi yo‘nalishi, tanlov fanlari, dars soati, o‘quvchilar ro‘yxati, sinf rahbari va mazkur fanlardan dars beruvchi o‘qituvchilar to‘g‘risida ma’lumot tayyorlanadi.

  5. Ushbu ma’lumot maktab pedagogika kengashida muhokama qilinib, kengashda tanlov sinfi yo‘nalishi, tanlov fani o‘qituvchilari, ularning dars soati, sinf rahbarini belgilash, o‘quvchilar ro‘yxatini tasdiqlash bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinadi. Ushbu pedagogika kengashi qarori asosida maktab direktorining buyrug‘i chiqariladi.

  6. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining tanlov sinfida tegishli tanlov fanlaridan birinchi navbatda oliy, birinchi yoki ikkinchi toifali o‘qituvchilar, ular mavjud bo‘lmagan taqdirda izlanuvchan mutaxassis o‘qituvchilar ham dars berishi mumkin.

  7. Tanlov sinfi yo‘nalishidan kelib chiqib, direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, tegishli fan metodika birlashmasi va tanlov fani o‘qituvchilari birgalikda Respublika ta’lim markazi tomonidan ishlab chiqilgan namunaviy taqvim-mavzu rejalari asosida (ushbu rejaga 30%gacha o‘zgarishlar kiritilishi mumkin) tanlov sinfining taqvim-mavzu rejasini tuzadi va ushbu reja maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi.

  8. Variativ o‘quv rejalar Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Variativ o‘quv reja majburiy va tanlov fanlaridan iborat bo‘ladi.

  9. Tanlov fani uchun ajratilgan soatlarda quyidagilar amalga oshiriladi: o‘quvchilarga fanlarni chuqur o‘rgatish va tegishli mavzularga doir qo‘shimcha

ma’lumotlar berish;
o‘quvchilar bilimini mustahkamlash va mavzularni to‘liq o‘zlashtirilishini
ta’minlash;
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etiladigan ta’lim resurslari platformalaridan foydalanish; qo‘shimcha adabiyotlardan misol va masalalar, testlar (DTM saytidagi namunaviy
testlar) yechish; oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilarini jalb qilgan holda amaliy mashg‘ulotlar
tashkil etish; o‘quvchilarni oliy ta’lim muassasalarining kirish imtihonlariga tayyorlash.

  1. Tanlov fanlarini o‘qitishda darsliklardan tashqari, qo‘shimcha adabiyot va manbalardan foydalanish mumkin.


Yüklə 210,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə