Tavsiya I. Umumiy qoidalar



Yüklə 210,42 Kb.
səhifə3/24
tarix13.04.2023
ölçüsü210,42 Kb.
#105359
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
188-сонли буйруқ ИЛОВАЛАРИ

IV. Yakuniy qoidalar


26. Tanlov sinfini tashkil etish yoki uni tugatish maktabning pedagogika kengashi qarori asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi
Xalq ta’limi vazirining
2021-yil 22-iyundagi
188-sonli buyrug‘iga
2-ILOVA
TA’LIM O‘ZBEK TILIDA BO‘LGAN UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARI
UCHUN 2021-2022-O‘QUV YILIGA MO‘LJALLANGAN VARIATIV O‘QUV REJALAR

I. UMUMIY QOIDALAR



  1. Ta’lim o‘zbek tilida bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun variativ o‘quv rejalar 7-11-sinflariga mo‘ljallangan bo‘lib, ushbu variativ o‘quv rejalar 7-9-sinflarda 14 ta yo‘nalishda, 10-11-sinflarda 15 ta yo‘nalishda joriy etiladi.

  2. Mazkur variativ o‘quv reja 2 qism (majburiy fanlar va tanlov fanlari)dan iborat.

II. MAJBURIY FANLAR



  1. Tanlov sinflarida quyidagi majburiy fanlar o‘qitiladi:

7-8-9-sinflarda 15 ta, 10-11-sinflarda 9 ta umumta’lim fanlari majburiy fanlar sifatida o‘qitiladi.

  1. Ona tili va adabiyot fani uchun 9-sinfda haftasiga 2 soat “Ona tili”, 3 soat “Adabiyot” fani ajratilgan haftalik o‘quv soatlari quyidagicha taqsimlanadi:

7-8-sinflarda haftasiga 3 soat “Ona tili”, 2 soat “Adabiyot” fani;
;
10-11-sinflarda haftasiga 2 soat “Ona tili”, 2 soat “Adabiyot” fani o‘qitiladi.

  1. Rus tili fani 7-11-sinflarda haftasiga 2 soatdan o‘qitiladi.

  2. Chet tili fani 7-11-sinflarda haftasiga 3 soatdan o‘qitiladi.

  3. Tarix fani uchun ajratilgan haftalik o‘quv soatlari quyidagicha taqsimlanadi:

7-8-9-sinflarda “O‘zbekiston tarixi” fani o‘quv yilining 1-2-choraklarida haftasiga
1 soatdan, 3-4-choraklarida haftasiga 2 soatdan, “Jahon tarixi” fani o‘quv yilining
1-2-choraklarida haftasiga 2 soatdan, 3-4-choraklarida haftasiga 1 soatdan o‘qitiladi;

  1. 11-sinflarda “O‘zbekiston tarixi” fani haftasiga 1 soatdan, “Jahon tarixi” fani 1 soatdan o‘qitiladi.

  1. Davlat va huquq asoslari fani 8-9-sinflarda haftasiga 1 soat o‘qitiladi.

  2. Tarbiya” fani 7-11-sinflarda haftasiga 1 soatdan o‘qitiladi.

  3. Matematika fani uchun ajratilgan haftalik o‘quv soatlari quyidagicha taqsimlanadi:

7-11-sinflarda “Algebra” fani haftasiga 3 soatdan, “Geometriya” fani 2 soatdan o‘qitiladi.

  1. Informatika va axborot texnologiyalari fani 7-8-sinflarda haftasiga 1 soatdan, 9-11-sinflarda 2 soatdan o‘qitiladi.

  2. Fizika fani 7-9-sinflarda haftasiga 2 soatdan o‘qitiladi.

  3. Kimyo fani 7-9-sinflarda haftasiga 2 soatdan o‘qitiladi.

  4. Biologiya fani 7-9-sinflarda haftasiga 2 soatdan o‘qitiladi.

  5. Geografiya va iqtisodiyot fani uchun ajratilgan haftalik o‘quv soatlari quyidagicha taqsimlanadi:

“Geografiya” fani 7-8-9-sinflarda haftasiga 2 soatdan;
“Iqtisodiy bilim asoslari” fani 8-9-sinflarda haftasiga 0,5 soatdan o‘qitiladi. Bunda, 8-9-sinflarda “Iqtisodiy bilim asoslari” fani mavzulari fan o‘qituvchisi tomonidan tig‘izlashtirilgan (mavzularni qo‘shgan) holda o‘tiladi va ushbu tig‘izlashtirilgan mavzular sinf jurnalida ko‘rsatiladi.

  1. Musiqa madaniyati fani 7-sinfda haftasiga 1 soat o‘qitiladi.

  2. Tasviriy san’at va chizmachilik fani uchun ajratilgan haftalik o‘quv soatlari quyidagicha taqsimlanadi:

“Tasviriy san’at” fani 7-sinfda haftasiga 1 soat;
“Chizmachilik” fani 8-9-sinflarda haftasiga 0,5 soatdan o‘qitiladi. Bunda, 8-9-sinflarda “Chizmachilik” fani mavzulari fan o‘qituvchisi tomonidan tig‘izlashtirilgan (mavzularni qo‘shgan) holda o‘tiladi va ushbu tig‘izlashtirilgan mavzular sinf jurnalida ko‘rsatiladi.

  1. Texnologiya fani 7-sinfda haftasiga 1 soat, 8-9-sinflarda 0,5 soatdan o‘qitiladi. Bunda, 7-8-9-sinflarda “Texnologiya” fani mavzulari fan o‘qituvchisi tomonidan tig‘izlashtirilgan (mavzularni qo‘shgan) holda o‘tiladi va ushbu tig‘izlashtirilgan mavzular sinf jurnalida ko‘rsatiladi.

  2. Jismoniy tarbiya fani uchun ajratilgan haftalik o‘quv soatlari quyidagicha taqsimlanadi:

“Jismoniy tarbiya” fani 7-9-sinflarda haftasiga 1 soatdan, 10-11-sinflarda 2 soatdan o‘qitiladi. Bunda, 7-8-9-sinflarda “Jismoniy tarbiya” fani mavzulari fan o‘qituvchisi tomonidan tig‘izlashtirilgan (mavzularni qo‘shgan) holda o‘tiladi va ushbu tig‘izlashtirilgan mavzular sinf jurnalida ko‘rsatiladi.
Sport zali mavjud bo‘lmagan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining
10-11-sinflarida “Jismoniy tarbiya” fani qishki davrda (dekabr, yanvar, fevral oylari) haftasiga 1 soatdan o‘qitiladi.
Bunda, 7-11-sinflarda “Jismoniy tarbiya” fani mavzulari fan o‘qituvchisi tomonidan tig‘izlashtirilgan (mavzularni qo‘shgan) holda o‘tiladi va ushbu tig‘izlashtirilgan mavzular sinf jurnalida ko‘rsatiladi.

  1. Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” fani 10-11-sinflarda haftasiga 1 soatdan o‘qitiladi.

  2. Tanlov sinfida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan tayanch o‘quv rejada belgilangan soatlar doirasida quyidagi majburiy fanlarni o‘tishda sinflardagi o‘quvchilarni ikki guruhga bo‘lib o‘qitishga ruxsat etiladi:

malakali o‘qituvchilar yetarli bo‘lgan taqdirda o‘quvchilar soni 25 nafar va undan
ziyod bo‘lgan 7-11-sinflarda “Chet tili”, “Informatika va axborot texnologiyalari”, 8-11-sinflarda “Jismoniy tarbiya”, 7-9-sinflarda “Texnologiya”, 7-11-sinflarda “Rus tili” fanlari ikki guruhga bo‘lib o‘qitiladi.

  1. Tanlov sinfida majburiy fanlar bilan birga tanlov fanlari ham o‘qitiladi va tanlov fanlari uchun haftada 7-8-9-sinflarda jami 2 soatdan, 10-11-sinflarda jami 8 soatdan ajratiladi.


Yüklə 210,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə