Tavsiya I. Umumiy qoidalar



Yüklə 210,42 Kb.
səhifə24/24
tarix13.04.2023
ölçüsü210,42 Kb.
#105359
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
188-сонли буйруқ ИЛОВАЛАРИ

T/r

Fanlar nomi

Haftalik o‘quv soatlari

7-sinf

8-sinf

9-sinf




Majburiy fanlar




1

Ona tili va adabiyot

5

5

5

2

Rus tili

2

2

2

3

Chet tili

3

3

3

4

Tarix

3

3

3

5

Davlat va huquq asoslari


1

1

6

Tarbiya

1

1

1

7

Matematika

5

5

5

8

Informatika va axborot texnologiyalari

1

1

2

9

Fizika

2

2

2

10

Kimyo

2

2

2

11

Biologiya

2

1

1

12

Geografiya va iqtisodiyot

2

2,5

2,5

13

Musiqa madaniyati

1



14

Tasviriy san’at va chizmachilik

1

1

1

15

Texnologiya

1

1

1

16

Jismoniy tarbiya

2

2

2




Jami

33

32,5

33,5




Tanlov fanlari




1

Biologiya


1

1

2

Texnologiya

1






Jami

1

1

1




Umumiysi

34

33,5

34,5

Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi ta’lim o‘zbek tilida bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun 2021-2022-o‘quv yiliga mo‘ljallangan
Agrotexnologiya” yo‘nalishidagi variativ o‘quv rejaga tanlov faniga tushuntirish xati

  1. Ushbu “Agrotexnologiya” yo‘nalishidagi variativ o‘quv reja O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2021-yil 15-16-aprel kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi davomida va viloyat faollari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda bergan topshiriqlari bo‘yicha 20-sonli bayonining 116-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqildi.

  2. Mazkur variativ o‘quv reja Toyloq tumanidagi maktablar hududlaridagi yer maydonlarida tajriba-sinov tariqasida dehqonchilikka qiziqtirish bo‘yicha “Biologiya” va “Texnologiya” fanlari o‘quv soatlarini kamaytirish hisobiga amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilgan.

Shu munosabat bilan, Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ixtiyoriy ravishda “Agrotexnologiya” yo‘nalishidagi variativ o‘quv reja 2021-2022-o‘quv yili davomida tajriba-sinovdan o‘tkaziladi.

  1. Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 7-9-sinflarida ushbu variativ o‘quv reja ixtiyoriy ravishda joriy qilinadi.

  2. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida variativ o‘quv rejalar joriy etilgan sinflar (keyingi o‘rinlarda – tanlov sinfi) yo‘nalishini o‘quv yili davomida o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

  3. Quyidagi hollarda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida variativ o‘quv reja joriy qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi:

sinfdagi o‘quvchilar, ularning ota-onalari hamda o‘qituvchilarning 50 foizidan
ortig‘i norozi bo‘lsa; umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tegishli yo‘nalishga oid fanlar (keyingi o‘rinlarda - tanlov fani) bo‘yicha oliy, birinchi yoki ikkinchi malaka toifali o‘qituvchilar mavjud bo‘lmasa.
agarda umumiy o‘rta ta’lim muassasasida malaka toifali o‘qituvchilar mavjud bo‘lmasa, istisno holatda, sinfdagi o‘quvchilarning xohish istaklari, ota-onalarning talabiga ko‘ra ta’lim muassasasida izlanuvchan mutaxassis o‘qituvchi bo‘lgan taqdirda ham tanlov sinfini tashkil etishga yo‘l qo‘yiladi; umumiy o‘rta ta’lim muassasasida variativ o‘quv reja faqat o‘quv yilining boshida
joriy etiladi, o‘quv yilining yarmida variativ o‘quv rejani joriy qilish mumkin emas; umumiy o‘rta ta’lim muassasasida o‘quv yili boshida variativ o‘quv reja joriy qilingan tanlov sinfini o‘quv yili yakuniga qadar an’anaviy sinfga aylantirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

  1. “Agrotexnologiya” yo‘nalishidagi variativ o‘quv rejada “Biologiya” va “Texnologiya” fanlari tanlov fanlari hisoblanadi.

  2. Tanlov fanlari uchun ajratilgan soatlar quyidagi taqsimot asosida o‘qitiladi: “Texnologiya” fani 7-sinfda haftasiga 1 soatdan; “Biologiya” fani 8-9-sinflarda 1 soatdan.

  3. “Agrotexnologiya” yo‘nalishidagi variativ o‘quv rejani sinfda joriy qilish maqsadida 7-9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkaziladi.

  4. O‘quvchilar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish va natijasini umumlashtirish uchun maktabda tanlov komissiyasi tuziladi.

Tanlov komissiyasi tarkibi quyidagicha shakllantiriladi: komissiya raisi - maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari; komissiya a’zolari – maktab psixologi, amaldagi tegishli sinf rahbarlari, fan metod
birlashma rahbarlari va ota-onalardan vakil kiritiladi;
Bunda, tanlov komissiyasi a’zolari tarkibiga tanlov sinfi o‘quvchilarining otaonalari va tegishli yo‘nalishdagi fan o‘qituvchilari kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (fan metod birlashma rahbarlari bundan mustasno).

  1. So‘rovnomani o‘tkazish shakli tanlov komissiya tomonidan belgilanadi.

  2. O‘quvchilar o‘rtasida tanlov sinfi yo‘nalishini aniqlashga qaratilgan so‘rovnomani o‘tkazish jarayonida ota-onalar ham farzandlari bilan birga ishtirok etishi mumkin.

  3. So‘rovnomani o‘tkazish va natijalarini umumlashtirish jarayonining shaffofligini ta’minlash, jamoatchilik nazoratini o‘rnatish maqsadida ushbu jarayonlarda maktabning Kuzatuv kengashi a’zolari kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi mumkin.

  4. Ushbu so‘rovnoma natijasida sinfdagi o‘quvchilarning 50 foizidan ortig‘i ushbu variativ o‘quv reja asosida o‘qishga rozilik bersa, bunday holda 2021-2022-o‘quv yilida ushbu sinfning barcha o‘quvchilari ushbu variativ o‘quv reja asosida o‘qiydi.

  5. Ushbu variativ o‘quv reja joriy qilingan sinf tanlov sinfi deb nomlanadi.

  6. Maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari va fan metodbirlashma rahbarlari tomonidan tanlov fanlari dars soati, o‘quvchilar ro‘yxati, sinf rahbari va mazkur fanlardan dars beruvchi o‘qituvchilar to‘g‘risida ma’lumot tayyorlanadi.

  7. Ushbu ma’lumot maktab pedagogika kengashida muhokama qilinib, kengashda tanlov sinfi yo‘nalishi, tanlov fani o‘qituvchilari, ularning dars soati, sinf rahbarini belgilash, o‘quvchilar ro‘yxatini tasdiqlash bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinadi.

Ushbu pedagogika kengashi qarori asosida maktab direktorining buyrug‘i chiqariladi.

  1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining tanlov sinfida tegishli tanlov fanlaridan oliy, birinchi yoki ikkinchi toifali o‘qituvchilar, istisno hollarda izlanuvchan mutaxassis o‘qituvchilar ham dars berishi mumkin.

  2. Tanlov sinfi yo‘nalishidan kelib chiqib, direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, tegishli fan metodika birlashmasi va tanlov fani o‘qituvchilari birgalikda Respublika ta’lim markazi tomonidan ishlab chiqilgan namunaviy taqvim-mavzu rejalari asosida (ushbu rejaga 30%gacha o‘zgarishlar kiritilishi mumkin) tanlov sinfining taqvim-mavzu rejasini tuzadi va ushbu reja maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi.

  3. Tanlov fani uchun ajratilgan soatlarda o‘quvchilarga quyidagilar o‘rgatiladi:

tuproqqa ishlov berish texnologiyasi va yerdan unumli foydalanish; urug‘larni saralash;
issiqxonalarda o‘simliklarni yetishtirish; sabzavot va poliz ekinlarini ekish, sug‘orish texnologiyasi; o‘simliklar va poliz ekinlarini parvarishlash;
o‘simliklar kasalliklari va zararkunandalarga qarshi kurashish; hosilni yig‘ish hamda mevalar va poliz ekinlarini saqlash texnologiyasi; ko‘chat va qalamchalarni uy sharoitida tayyorlash kabi.

  1. Tanlov sinfini tashkil etish yoki uni tugatish maktabning pedagogika kengashi qarori asosida amalga oshiriladi.

Yüklə 210,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə