Tavsiya I. Umumiy qoidalar



Yüklə 210,42 Kb.
səhifə1/24
tarix13.04.2023
ölçüsü210,42 Kb.
#105359
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
188-сонли буйруқ ИЛОВАЛАРИ



O‘zbekiston Respublikasi
Xalq ta’limi vazirining
2021-yil 22-iyundagi
188-sonli buyrug‘iga 1-ILOVA
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida variativ o‘quv rejalarini joriy etish bo‘yicha

TAVSIYA


I. Umumiy qoidalar

  1. Ushbu tavsiya quyidagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqildi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son
Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
2020-yil 12-avgustdagi PQ-4805-son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 19-martdagi PQ-5032-son qarori.

  1. Xalq ta’limi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 7-11-sinflarida variativ o‘quv rejalari ixtiyoriy ravishda joriy qilinadi.

  2. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quv yili davomida variativ o‘quv rejalari joriy etilgan sinflar (keyingi o‘rinlarda – tanlov sinfi) yo‘nalishini o‘zgartirishga va an’anaviy sinfga aylantirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pedagogika kengashi tomonidan tanlov sinfining yo‘nalishi joriy o‘quv yili yakunlanib, yangi o‘quv yili boshlanishi arafasida o‘zgartirilishi mumkin.

  1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sinfdagi o‘quvchilar, ularning ota-onalari hamda o‘qituvchilarning uchdan bir qismi norozi bo‘lsa ushbu sinfda variativ o‘quv reja joriy qilinmaydi.

II. Variativ o‘quv rejalarining maqsadi

  1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida variativ o‘quv rejalarini joriy etishning asosiy maqsadi:

o‘quv jarayonini tashkil etishda o‘quvchining manfaatlarini inobatga olish; o‘quv jarayonini kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etish;
o‘quvchilarning individual xohish istaklari, qobiliyatlarini inobatga olgan holda
o‘quv jarayonini tashkil etish; ta’lim muassasalarining o‘zida o‘quvchilarning oliy ta’lim muassasalariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun sharoitlar yaratish va bu orqali ota-onalarning repetitorlarga ortiqcha mablag‘ sarflamasliklariga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish.

Yüklə 210,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə