Taxallus zamiridagi sir



Yüklə 64,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix22.03.2024
ölçüsü64,17 Kb.
#181360
1   2   3   4
nurboy j

Nurboy JABBOROV,
filologiya­fanlari­doktori,­professor
FURQAT FENOMENI
Keyinchalik Furqat tasavvuf ilmiga oid ilmiy 
risolalarni mutolaa qiladi. Tasavvuf hayotini amalda 
yashaydi.­Shoir­“Ahvolot”da­o‘z­g‘azallarining­“Farg‘ona­
muzofotig‘a­ va­ digar­ mamlakatlarg‘a­ muntashir”­
bo‘lganini,­ “...sho‘rangez­ ash’oridin­ xonaqoh­ hofizlari­
o‘qub,­ safo­xayli­halqasiga­ halovatlar­ bag‘ishlagan”ini­
alohida ta’kidlaydi.
3
­ “Xonaqoh­ hofizlari”­ –­ so‘fiyona­
g‘azallarni­ “safo­ xayli”­ –­ tariqat­ ahli­ halqasida­ qiroat­
bilan­ o‘qiydigan­ hofizlar.­ Ana­ shunday­ xoslar­ –­ Haq­
ahli davrasida o‘qilib, ular “halqasiga halovatlar 
bag‘ishlagani”­ Furqat­ g‘azallarining­ o‘z­ davridayoq­
nechog‘liq yuksak darajada qadrlangani dalilidir.
Afsuski,­hozircha­shoirning­piri­murshidi­kim­bo‘lgani­
haqida aniq ma’lumotga ega emasmiz. Shoir o‘zining 
“Ummati­ sargashtaman,­ yo­ Mustafo,­ aylang­ madad”­
misrasi­bilan­boshlanuvchi­g‘azalida­pirining­Namangan­
shahrida­“fano­bo‘lgan”iga­ishora­qiladi:
Yo g‘ulomi shayxi G‘avsi Qodiriya, rahbarim,
Bo‘ldingiz shahri Namangonda fano, aylang madad.
4
Adabiyotshunos­ Otabek­ Jo‘raboyev­ shoirning­
“Bo‘ldingiz­ shahri­ Namangonda­ fano...”­ so‘zlariga­
asoslanib, Furqat bu orqali Majzub Namangoniyni 
nazarda tutgan, degan taxminni bildiradi.
5
Majzub 
Namangoniyning qodiriya tariqati murshidi bo‘lgani, 
ayni o‘sha davrda Farg‘ona vodiysida bu tariqat ancha 
keng­tarqalgani­hisobga­olinsa,­bu­fikrda­muayyan­asos­
bor.­Quyidagi­bayti­ham­Furqatning­qodiriya­tariqatida­
bo‘lganini tasdiqlaydi:
Iloho, tashlama Furqatni o‘tga,
Muridi hazrati Jiylon, qulungman.
6
Furqatning­ shu­ paytga­ qadar­ faqat­ Vatandan­
ayriliq iztiroblari ifodasi sifatida talqin etib kelingan 
“Adashganman”­radifi­muxammasining­mavzu­ko‘lami­
aslida­ ancha­ keng.­ Asarda­ shoirning­ dunyoqarashi,­
xususan,­ Shayx­ Abdulqodir­ Jiyloniyga­ bo‘lgan­ ixlosi­
izhori yuksak san’atkorlik bilan aks etgan, ushbu 
taxallusni tanlashi sababi ifodalangan misralar ham 
mavjud. Muxammasda banddan bandga o‘tgan 
sari­ tasvir­ quyuqlasha­ boradi.­ Lirik­ qahramonning­
“adashish”­sabablari­tobora­“oydinlashadi”:
Boshimda hush yo‘q, hayronlig‘imning boisi shuldur,
Ketib aql-u xirad, nodonlig‘imning boisi shuldur,
Yetim qo‘zi kabi nolonlig‘imning boisi shuldur,
Xarob-u besar-u somonlig‘imning boisi shuldur –
Ki, bir sohibkaromat ostonidin adashganman.
Shoir­ ta’kidlagan­ sohibkaromat­ kim?­ Ma’lumki,­
sohibkaromat­–­avliyolarga­beriladigan­nisba.­Demak,­
bu­ orqali­ piri­ komil­ nazarda­ tutilgan.­ Keyingi­ band­


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
Adabiy taqvim
mazmunidan shoir “tariqat mulkini shohi, haqiqat sirrin 
ogohi”­ deganda­Abdulqodir­ Jiyloniyni­ nazarda­ tutgani­
ayon bo‘ladi.
Ma’lumki, tasavvuf ta’limoti bo‘yicha, inson toki 
bu­foniy­dunyoda­ekan,­Haq­taolo­visolidan­ayriliqda,­
firoqda­ yashaydi.­ Ahli­ Haqlarning­ hayotdagi­ bosh­
maqsadi­ –­ Alloh­ taoloning­ jamolini­ ko‘rish.­ Uning­
diydoriga vosil bo‘lish. Tabiiyki, qodiriya tariqatining 
vakili­ sifatida­ Furqat­ ham­ xuddi­ shu­ maqsad-muddao­
bilan­yashagan.­Demak,­Furqat­taxallusi­xuddi­shunday­
e’tiqod,­dunyoqarashdan­kelib­chiqib­tanlangan­va­Haq­
taolo vaslidan ayriliq ma’nosini ifodalaydi. 

Yüklə 64,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə