Taxallus zamiridagi sir


She’riyatning mazmunan yangilanishi



Yüklə 64,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix22.03.2024
ölçüsü64,17 Kb.
#181360
1   2   3   4
nurboy j

She’riyatning mazmunan yangilanishi
Turkiy­ adabiyot­ nazariyotchisi­ Shayx­ Ahmad­ ibn­
Xudoydod­ Taroziyning­ fikricha:­ “...majmuyi­ shuaro­
istilohinda she’rning aqsomi ulkim, mo‘tabardur, o‘n 
nav’ kelibtur: qasida, g‘azal, qit’a, ruboiy, masnaviy, 
tarji’,­ musammat,­ mustazod,­ mutavval,­ fard”
15
.­ Olim­
nima uchundir bu sanoqqa turkiy adabiyotning 
xos janri bo‘lgan tuyuqni qo‘shmagan. Ta’kidlash 
joizki, Furqat “she’r aqsomining ushbu mo‘tabar o‘n 
nav’i”ning,­ mutavvalni­ istisno­ qilganda,­ barchasida­
qalam­ tebratgan.­ Bu­ –­ birinchidan.­ Ikkinchidan­ esa­
she’riyatimizning mazmun jihatdan yangilanishi Furqat 
ijodidan­boshlangan.­Shoir­nafis­tuyg‘ularga­ohorli­badiiy­
libos kiydirishga asoslangan mumtoz nazmiy an’anani 
davom­ ettirish­ barobarida­ Vatan­ va­ millat­ hayotidagi­
yangiliklarni,­dardni,­orzu-armonlarni­she’rga­ko‘chirdi.­
Masalan,­shayx­Ahmad­Taroziy­munojotning­mohiyatini­
“Tengri­huzurinda­tazarru’”­ekanida­deb­biladi.­Mumtoz­
adabiyotimizning buyuk namoyandalari munojot orqali 
o‘z kechinmalari misolida yuksak insoniy tuyg‘ularni 
badiiy talqin etgan bo‘lsa, Furqat bu ruhdagi she’rlarida 
istibdod­ iskanjasida­ qolgan­ Vatan­ va­ millat­ dardini­
cho‘ng­ iztirob­ bilan­ kuyladi.­ “Munojoti­ musaddas”­
asaridagi mana bu satrlar buning isbotidir:
Zulmatni girdbodi tegdi, quyunda qolduk,
To‘foni hayrat, eyki, g‘arqi jununda qolduk,
G‘aflat ila o‘tub umr, kulgu-o‘yunda qolduk,
Kuffor bandi ichra sonsiz tugunda qolduk,
Rahm aylag‘il, Xudoyo, bechora, xastalarga,
Ranjur-u zor-u mahzun, ko‘ngli shikastalarga.


e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Adabiy taqvim
Furqat­mustamlaka­siyosatining­mohiyatini­“Zulmat­
girdbodi,­ quyun,­ to‘foni­ hayrat,­ g‘arqi­ junun”­ kabi­
istioralar,­ “Kuffor­ bandi­ ichra­ sonsiz­ tugunda­ qolduk”­
obrazli­tasviri­vositasida­butunlay­fosh­etadi.­Zero,­bu­
istibdod siyosati millat hayotining barcha jabhalarini 
birday asoratga olgani, milliy istiqlolga eltadigan barcha 
yo‘llarning batamom to‘silgani bugun hech kimga sir 
emas. 
Shoirning­“Bo‘ldi”­radifi­muxammasida­quyidagilarni­
o‘qiymiz: 
Yumub ko‘zni, qadamni mardlar sori adam qo‘ydi,
Vafosiz dahr alarni jonig‘a toki alam qo‘ydi,
Ajal farzandi odamni jahon mulkida kam qo‘ydi,
Ming-u uch yuz birinchig‘a sana tokim qadam qo‘ydi,
Hamani emdi ko‘z tutgoni bir sohibqiron bo‘ldi
.
Darhaqiqat,­ mustamlakachilar­ ona­ yurtimizga­
bostirib kirishi bilanoq millatning guli bo‘lgan 
ziyolilarni­ qatag‘on­ girdobiga­ tortdi.­ “Ming-u­ uch­ yuz­
birinchig‘a­ sana­ tokim­ qadam­ qo‘ydi”.­ Hijriy­ 1301-yil,­
milodiy­ 1883–1884-yillarga­ to‘g‘ri­ keladi.­ Demak,­ rus­
bosqinining­ayni­avj­pallasi­haqida­gap­ketyapti.­Bu,­o‘z­
navbatida, muxammas yozilgan sanani ham bildiradi. 
Ko‘rinib turibdiki, Furqat she’riyatida ozodlikka, milliy 
istiqlolga intilish tuyg‘usi chuqur dard, betakror badiiyat 
bilan ifodalangan. 
Furqat­Toshkentda­yashar­ekan,­rus­maktab-maorif­
tizimini­ ko‘rib­ hayratlandi.­ O‘zimizniki­ bilan­ taqqoslab,­
taraqqiyotdan nechog‘liq orqada qolganimizni angladi. 
Telefon, telegraf, gazeta, vistavka singari hodisalarning 
millat hayotiga kirib kelishini istadi. Bu haqidagi 
orzularini­ she’rga­ soldi.­ “Jahon­ basti­ kushodi”­ –­ bu­
yorug‘ olamdagi barcha mushkulotlarni yechish yo‘li 
ilm-ma’rifatda­deb­bildi.­­
Furqat­ 1891-yilnning­ sentabridan­ 1892-yilning­
24-fev­raligacha­ Turkiya,­ Yunoniston­ va­ Bolgariyada,­
1892-yilning­ 24-fevralidan­ avgustgacha­ Arab­ mam-
lakatlarida,­ 1892-yil­ avgustidan­ 1893-yil­ sentabriga­
qadar­Hindistonda,­1893-yil­sentabridan­umrining­oxi-
riga­qadar­Yorkentda­yashadi.­Haj­safari­taassurotlari­
asosida adabiyotimiz tarixida eng mukammal hisoblan
-
gan­“Hajnoma”­asarini­yozdi.­Vatandan­yiroqda­yashar­
ekan,­1904-yilgi­rus-yapon­urushida­sharmandalarcha­
mag‘lub­bo‘lgan­Rossiyaning­ahvolini:­
Bu so‘zning ramzini dono bilur, bas,
Nechuk otashga toqat aylagay xas, –
deya­ ta’rifab,­ birovlarning­ yurtini­ bosib­ olish­ niyatida­
borgan­ rus­ askarini­ yapon­ xalqining­ bosqinchilarga­
qarshi g‘azab otashi oldida bamisoli xasga qiyos 
etadi.­ Xas­ otashga­ toqat­ qilolmay,­ bir­ lahzada­ kuyib­
kul­bo‘lgani­kabi­rus­askarlari­vatanparvar­yapon­xalqi­
tomonidan­tor-mor­qilindi.­Ushbu­satrlar­tagmazmunida­
ayni shu haqiqat ifoda etilgan.
Vatanga­ bo‘lgan­ cheksiz­ muhabbat­ va­ unga­
qaytishning ilojsizligi shoirning g‘urbatdagi she’riyatida 
bosh yo‘nalishni tashkil etadi. Mana bu baytda ham 
shunga ishora qilingan:
Par-u bolim to‘kuldi, maskanim oxir qafas bo‘ldi,
Muhabbat yo‘lida, Furqat, Vatandin ayrilib qoldim.
16
Hazrat­ Navoiyning­ “Mezon­ ul-avzon”­ asarida:­
“...ajam shuarosi vaznlarida ko‘rulmaydurgan, oz she’r 
voqi’­ bo‘lgan”,­ deya­ ta’rifangan­ komili­ musammani­
solim­ (mutafoilun­ mutafoilun­ mutafoilun­ mutafoilun)­
vaznida ham g‘azallar bitgani Furqatning aruz 
nazariyasini­ chuqur­ bilishi­ barobarida­ ulug‘­ salafari­
an’anasini munosib davom ettirganiga dalil bo‘la oladi. 
Furqatgacha aruzning ushbu bahrida Navoiy, Munis 
va­ Ogahiy­ she’r­ yozgan.
17
­ Shayx­Ahmad­ Taroziy
18
va 
Bobur
19
ham aruzning komil bahri xususida ma’lumot 
berib, mazkur vaznga o‘z she’rlaridan misollar keltirgan. 
Demak,­turkiy­tilda­Navoiygacha­faqat­Ahmad­Taroziy­
bu vaznda she’r yozgan bo‘lsa, Navoiydan keyin ushbu 
an’ana nisbatan ancha kengaygan. 
Umuman,­ Furqatning­ mumtoz­ she’riyatimizni­
mazmunan yangilash, uning eng yaxshi an’analarini 
munosib davom ettirish borasidagi ijodiy faoliyati 
kengroq­ miqyosda­ o‘rganilishi­ zarur.­ Shoirning­ poetik­
mahorati, badiiy nasr rivojiga qo‘shgan hissasi, ilmiy 
va­ etnografik­ asarlarining­ qimmati­ singari­ masalalarni­
yanada teranroq tadqiq qilish adabiyotshunoslikning 
galdagi vazifalaridandir. 
1
“Turkiston­viloyatining­gazeti”,­1891-
yil 22
-
yanvar. 3
-son.­
2
O‘sha­manba.­1891-
yil 12
-
mart. 10
-son.
3
O‘sha­manba.­1891-
yil 13
-aprel.­15-son.
4
Adabiyotshunos­A.Madaminov­shaxsiy­kutubxonasida­saqlanayotgan­qo‘lyozma­bayoz.­43
a
-bet.
5
O.Jo‘raboyev
.
­ Haziniy­ va­ Furqat:­ ruhiy-ma’naviy­ uyg‘unlik.­ –­ Istiqlol­ yillari:­ milliy-diniy­ qadriyatlarning­ xalqqa­ qaytishi.­ –­ Toshkent,­ 2001.­
79

80-betlar.
6
O‘zbekiston­FA­S
h
I.­10072­raqamli­qo‘lyozma,­229
b
-bet

7
“Turkiston­viloyatining­gazeti”.­1905-yil­6-aprel.­14-son.­­
8
O‘sha­manba.­1891-
yil 12
-
mart. 10
-son.­­
9
O‘sha­manba.
10
Iqtibos­g‘azalning­Farg‘ona­viloyat
ining
­G‘afur­G‘ulom­nomidagi­Adabiyot­muzeyida­saqlanayotgan­dastxat­nusxasidan­olindi
.
11
O‘zbekiston­MDA,­fond­№­1009,­1-ro‘yxat,­115-ish,­104-bet.
12
O‘zbekiston­FA­Alisher­Navoiy­nomidagi­Davlat­Adabiyot­muzeyi­Furqat­fondi,­Inv.­4-son.
13
Bu­haqida­qarang:­Yorkentdan­xat.­Furqat­va­Muqimiy­haqida­maqolalar.­–­Toshkent:­O‘zdavnashr,­1958.­150-bet.
14
Qarang:­“Qashqar­gazeti”,­1957-yil­1-sentabr.
15
Shayx­Ahmad­ibn­Xudoydod­Taroziy.­Funun
ul-balog‘a.­
– Toshkent:
­Xazina,­1996
.
­32-bet
.
16
Zokirjon­Furqat.­Asarlar­majmuasi­(
a
rab­imlosida).­Ikki­jildlik.­II­jild
.
­–­Toshkent:­Qo‘lyozmalar­instituti,­1991
.
­141-bet.
17
Alisher­Navoiy.­Navodir­ush-shabob.­
– 
Mukammal­asarlar­to‘plami.­20­tomlik,­To‘rtinchi­tom
. – Toshkent:
­Fan,­1989
.
­247-bet;­Munis.­Saylanma.­
– Toshkent:
­Adabiyot­va­san’at,­1980
.
­133-bet;­Ogahiy.­Ta’viz­ul-oshiqin.­–­Toshkent:­O‘zFA­nashriyoti,­1960.­339-bet.
18
Shayx­Ahmad­ibn­Xudoydod­Taroziy.­Funun
ul-balog‘a.­–­Toshkent
:
­Xazina,­1996
.
­200-bet
.
19
Bobur. Muxtasar. – Toshkent:
­Fan,­1971
.
­80-bet
.

Document Outline

  • til va adabiyot 6-son ichi 8
  • til va adabiyot 6-son ichi 9
  • til va adabiyot 6-son ichi 10

Yüklə 64,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə