Taxallus zamiridagi sir


Serqirra iste’dod, ko‘lamli meros



Yüklə 64,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix22.03.2024
ölçüsü64,17 Kb.
#181360
1   2   3   4
nurboy j

Serqirra iste’dod, ko‘lamli meros
Furqat – shoir va adib, adabiyotshunos va mutarjim, 
muarrix va elshunos sifatida o‘zidan boy meros qoldirgan, 
xattotlik va jurnalistik faoliyati bilan milliy ma’naviyat 
rivojiga ulkan hissa qo‘shgan, zamonasining mashhur 
tabib-hakimlaridan­ biri­ sifatida­ el­ dardiga­ malham­
bo‘lgan serqirra iste’dod sohibi. Shoir lirik merosi, ayni 
kezdagi ma’lumotlarga ko‘ra mumtoz she’riyatimizning 
o‘n ikki janriga oid bo‘lib, qariyb o‘n ikki ming misrani 
tashkil­etadi.­“Ahvolot”­hamda­“Qavoidi­Chin­va­umuroti­
siyosiy”­ asarlari­ XX­ asr­ boshlari­ o‘zbek­ nasrining­
noyob­namunalaridandir.­Adabiyotshunoslikka­doir­“Ilmi­
she’rning­qoidayi­avzonini­bayoni”­asarida­o‘zbek­mumtoz­
adabiyotida­eng­ko‘p­qo‘llangan­55­vazn­haqida­ma’lumot­
berilgan.­ “Gapning­ tavsifi”,­ “Aza­ tavsifi”,­ “To‘y­ tavsifi”­
kabi­ etnografik­ asarlarida­ xalqimiz­ urf-udumlarining­
o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Shoirning o‘zi nazmda 
“Hammomi­xayol”­nomli­risola­yozgani,­she’rlarini­yig‘ib,­
devon­tuzgani,­fors­tilidan­“Chor­darvesh”­asarini­tarjima­
qilgani­to‘g‘risida­xabar­beradi.­Afsuski,­mazkur­asarlar­
hanuzgacha­topilgan­emas.­
Bundan tashqari Furqat birinchi o‘zbek jurnalisti 
bo‘lgan.­O‘zbek­matbuotchiligi­endigina­shakllanayotgan­
bir zamonda aytilgan jurnalistning kasb odobiga doir 
mana­ bu­ fikrlari­ bugungi­ kunda­ ham­ ahamiyatini­
yo‘qotgan­ emas.­ “Gazet­ muallifig‘a­ kerakkim,­ –­ deb­
yozgan­ edi­ ijodkor,­ –­ insofpesha­ va­ rostandesha­
bo‘lg‘ay. Noloyiq va nomunosib so‘zlarni gazetga 
solmag‘ay va yozg‘on kalomidin gazet o‘qug‘uvchilarg‘a 
naf’­va­foyda­hosil­bo‘lg‘ay.­Agar­bir­hikoyat­yozsa­ham­
aning­zaminida­bir­foydalik­mazmuni­bo‘lg‘ay.­Xorijiya­
va doxiliya ahvolotidin yozsa, adl va insof yuzidin rostliq 
birla­yozg‘aykim,­e’tibor­va­istihsong‘a­loyiq­bo‘lsun”
7
.
Furqatning xattotlik mahorati, bu boradagi sa
-
marali faoliyati ham alohida o‘rganishga loyiq. Shoir 
“Ahvolot”da­ o‘zining­ yetti­ yoshga­ to‘lgan­ davri­ haqi-
da hikoya qilar ekan, shunday yozadi: “...xat mash
-
qini o‘zumg‘a lozim ko‘rub, ertadin qiyomg‘acha ki
-
tob o‘qub, andin namozi asrga tegru mashqi xat qilur 
erdim”
8
.­ O‘n­ yoshga­ to‘lganida­ o‘z­ “...savodi­ takmili­
uchun”­ Muhammad­ Olim­ ismli­ ustozining­ “xat­ ilmida­
noqis”ligi­sabab­“Mullo­Qambar­Ali­nom­bir­xushnavis­
kishida­ digar­ bora­ ta’lim­ olib”,
9
­ husnixat­ borasidagi­ il-
mini mukammallashtiradi. Natijada xattotlikda kamolga 
erishadi.­ O‘zbekiston­ Markaziy­ Davlat­ arxivida,­ mam-
lakatimizdagi­turli­qo‘lyozmalar­fondlarida,­shaxsiy­ar-
xivlarda saqlanayotgan dastxatlari uning xattotlik ma
-
horati nechog‘liq yuksak bo‘lgani dalilidir.
Furqat tabobat bilan ham jiddiy shug‘ullangan. 
Shoirning­ Yorkentda­ yozilgan­ g‘azalidan­ olingan­
quyidagi­bayt­ham­ushbu­fikrni­quvvatlaydi:
Hayf, besh-olti tanga deb, umrim o‘tar do‘kon ochib,
Dori yasab havonchada kunda taqir-tuqur qilib.
10
Hatto­ bu­ davrda­ hakim­ unvoni­ Furqatning­ shaxsiy­
muhrida­ham­aks­etgan.­Jumladan,­uning­Yorkentdan­
1905-yil­10-iyulda­yo‘llagan­dastxat­maktubiga­“Hakim­
Zokirjon­ hoji”­ bitigi­ bilan­ muhr­ bosilgan.
11
­ Yorkentda­
zamonasining mashhur shoiri Tajalli bilan tanishadi 
va yaqindan do‘stlashadi. Tabib sifatida ham shuhrat 
qozongan Tajalli Muhyi bilan muntazam xat yozishib 
turgan. Shunday maktublardan birining hoshiyasiga: 
“Bu­ xat­ (ya’ni­ Muhyining­ xati­ –­ N.J.)­ “Zubdat­ ul-
hukamo”­deb­shuhrat­chiqargon­xo‘qandlik­Muhammad­
Zokirjon­Furqat­vositasi­bilan­bizga­tegdi.­Tajalli”
12
deb 
yozib qo‘yilgan. Furqat aniq fanlar bilan shug‘ullangan. 
“Qavoidi­Chin­va­umuroti­siyosiy”­asarida­anosiri­arba’a­
(o‘t,­ havo,­ suv­ va­ tuproq)ning­ fizik­ xususiyatlari­ va­
tibbiyotning ular bilan bog‘liq jihatlariga oid qimmatli 
mulohazalar bayon qilingani buning isbotidir. Bundan 
tashqari,­ Yorkent­ viloyati­ xalq­ komitetidan­ “Gulxan”­
jurnali­ tahririyatiga­ 1958-yil­ 18-avgustda­ kelgan­
maktubda Furqatning tabobatdan tashqari ilmi nujum 
(astronomiya)­ bilan­ ham­ shug‘ullangani­ ta’kidlanadi.
13 
Sharqiy­ Turkistonda­ chiqadigan­ “Qashqar­ gazeti”ning­
1957-yil­ 11-sentabr­ sonidagi­ “Mashhur­ o‘zbek­ xalq­
shoiri­Furqatning­jasadi­yutkap­dafn­qilindi”­sarlavhali­
maqolada­shoirning­tarix,­fizika,­kimyo­va­astronomiya­
fanlari bilan shug‘ullangani xususida ma’lumot beriladi.
14

Yüklə 64,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə