Sportva harakatli o’yinlar o’qitish metodikasi



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/82
tarix28.09.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#124680
növüУчебник
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
Stol tennisi Qo\'llanma,



 



O’ZBEKISTON RESPUBLAKASI 
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI 
 
 
SPORT VA HARAKATLI O’YINLARNI O’QITISH METODIKASI 
(STOL TENNIS) 
O’QUV QO’LLANMA 
 
 
Qarshi – 2021



Muallif: Jabborov Akbar To‘xliyevich Qarshi davlat universiteti“Jismoniy tarbiya 
va sport” kafedrasi katta o’qituvchisi. 
Taqrizchilar: 
ANNOTATSIYA 
Mazkur o‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurti - jismoniy madaniyat (kunduzgi va 
sirtqi) ta’lim yonalishi talabalari, Olimpiya zaxiralari kollejlari o‘qituvchilari va 
o‘quvchilari, bolalar - o‘smirlar sport maktablari murabbiylari uchun mo‘ljallangan 
bo‘lib, bunda stol tennis sportchilarni umumiy va maxsus jismony hamda texnik - 
taktik tayyorlashning zamonaviy usullari ko‘rsatib berilgan.
O‘quv qo‘llanma orqali stol tennis sportchilarni barcha imkoniyatlarini 
rivojlantirish uchun ko‘rsatma va tavsiyalar berilgan. 
АННОТАЦИЯ 
Учебник предназначен для студентов высших учебных заведений - 
физкультурных (дневных и заочных), преподавателей и учащихся колледжей 
олимпийского резерва, тренеров детских и юношеских спортивных школ. 
Показаны современные методы общей и специальной физической и технико-
тактической подготовки спортсменов по настольному теннису. 
В учебном пособии даны рекомендации и рекомендации по развитию 
всех возможностей для спортсменов настольного тенниса. 
ANNOTATION 
The textbook is intended for students of higher educational institutions - 
physical education (full-time and part-time), teachers and students of colleges of the 
Olympic reserve, coaches of children's and youth sports schools. The modern 
methods of general and special physical and technical-tactical training of sportsmen 
in table tennis are shown. 
The tutorial provides recommendations and recommendations for the 
development of all opportunities for table tennis athletes. 
5112000-Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabalari uchun o‘quv qo‘llanma 
sifatida tavsiya etiladi. 



KIRISH 
O’zbekiston Respublikasi Hukumati muhum siyosati o’laroq jismoniy tarbiya 
va sport yanada takomillashb bormoqda. Yurtimiz sportchilarni tayyorlash tizimi va 
tuzilmasini takomillashtirishga qaratilgan O’zbekiston Respublikasi Prezident 
Farmonlari va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bir qator muhim 
qarorlari fikrimiz isbotidir. 
Mustaqil yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, yosh avlodni har 
tomonlama yetuk va barkamol qilib tarbiyalash davlat siyosati darajasiga 
ko’tarilgan. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi, “Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi” va “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida (2015 yil 4 
sentyabr)” gi, “Yoshlarga oid davlat siyosati” to’g’risidagi qonunlar, 
“O’zbekistonda ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi Prezident Farmoni va Vazirlar Mahkamasining aholini, ayniqsa yosh 
avlodni jismoniy tarbiya va sportga faol jalb qilishga oid bir qator qarorlari hamda 
Vazirlikning buyruqlari asosida olib borilmoqda. 
Xozirgi kunda Respublikamizda Prezidentimiz Shavkat Miromonovich 
Mirziyoev boshchiligida olib borilayotgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy - 
ma’rifiy hayotimizdagi tub islohatlar ta’lim-tarbiya va sport-sog’lomlashtirish 
ishlarini ham mutlaqo yangicha mazmun, shakl va vositalarda tashkil etish, ular 
uchun yaratilgan mislsiz imkoniyatlardan yanada to’laroq foydalanib, o’sib 
kelayotgan yoshlarimizni vatanga sodiq, munosib farzandlar qilib tarbiyalashdek, 
o’ta muhim vazifalarni hal qilishga undaydi. 
Sportchilarimiz xalqaro sport maydonlarida o’z о’rnini saqlab qolish va yanada 
yaxshilash uchun murabbiy hamda sportchi amaliyotda sportchilar tayyorlash 
tizimiga ta’luqli bo’lgan biomexanika, fiziologiya, gigiyena, antrotometrya va 
boshqa fanlarda erishilgan so’nggi ilmiy ishlanmalar natijalaridan foydalanishlari, 
sayyoramizning eng kuchli stol tennischilari tajribasini umumlashtirgan holda 
mashg’ulotning taraqqiy etgan uslublari tizimini muntazam ravishda o’zlarida 
takomillashtirib borishlari zarur hisoblanadi. 
Mazkur o’quv-qo’llanma oliy ta’lim muassasalarining jismoniy madaniyat 



ta’lim yo’nalishi o’qituvchi va talabalari, o’rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi 
muassasalari, Olimpiya zaxiralari kollejlarining murabbiylari hamda o’quvchilariga 
mo’ljallangan. Unda talabalarning ta’lim jarayonidagi o’quv – uslubiy va nazariy 
bilim, ko’nikma, tanlab olingan sport turida kasbiy mahoratni oshirish va kamolga 
etkazishda qanday usul va vositalar zarurligi kabi savollarga javob izlashda amaliy 
yordam beradi. 
Mazkur o’quv qo’llanma o’quvchi va murabbiyga stol tennisining tarixi 
to’g’risida, mashg’ulot jarayonida texnik va taktik usullardan mohirona foydalanish, 
yosh tennischi sportchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish hamda psixologik 
tayyorgarlik haqida batafsil ma’lumot olishda yordam beradi degan umiddamiz 
albatta. 

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə