Sportva harakatli o’yinlar o’qitish metodikasi



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/82
tarix28.09.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#124680
növüУчебник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
Stol tennisi Qo\'llanma,

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



I BOB.
STOL TENNISI SPORT TURINING RIVOJLANISH
Stol tennisi o‘yinining kelib chiqishi va rivojlanish tarixi. 
Stol tennisini kelib chiqishi haqidagi ma‘lumotlar turlicha. Birqancha 
mutaxassislar uni Yaponiya va Xitoyda paydo bo’lgan deyishadi. Boshqa 
matumotlarda esa stol tennisining vatani - Yevropa, XVI asrda Angliya va 
Fransiyada aniq qoidalarsiz o’yin paydo bo’lgan deb ko’rsatiladi. 
Zamonaviy stol tennisi stolining buyuk bobosi 
Angliyalik Jems Gibs 1894-yilda selluloid sharni ixtiro qilgani o’yinning 
rivojlanishi uchun turtki bo’ldi. Kichik dastali faner raketkalarning paydo bo’lishi, 
ularni yangicha ushlanishini belgilab berdi. Shundan so’ng raketkalarning ustiga 
qoplash uchun yangi materiallar ishlatila boshlangan. Bular pergament, charm, 
velyur keyinchalik esa rezinaning bir necha turlari. 1900-yil Angliyada stol tennisi 
sport o’yini deb tan olingan va 1-qoidalari tasdiqlangan. o’yinning tez tarqalishi va 
rivojlanishi xalqaro tashkilot tuzilish va yagona qoidalar ishlab chiqishga olib 
kelgan. 
London yangiliklarida Lyusen Devisning tasviri, 1901 yil. 



“Ping-pong” atamasi ilk bor 1901-yildan boshlab ishlatila boshlagan, bungacha 
esa ohang jihatdan o’xshash “Flim-flam”, “Vnar-vaf’, shuningdek, “Gossima” 
atamalari ishlatib kelingan. Bundan 100 yil oldin amerikalik ishbilarmon Jon Jakves 
“ping-pong” atamasini muomalaga kiritgan. Bu atama ikkita tovushning 
yig’indisidan tashkil topgan bo’lib: “ping”-shar raketkaga urilganida, “pong”-esa 
shar stolga tegib, sapchib ketganda chiqadigan tovushdir. Keyinchalik bu nom aka-
uka Parkerlarga sotilgan. 
Dastlab o’yin uchun yuzasi silliq yog’och bilan qoplangan, ya’ni maxsus 
qoplama bilan qoplanmagan raketkalardan foydalanilgan. Keyinchalik, probka yoki 
shunga o’xshash materiallardan ishlangan qoplamalar ishlatila boshlangan. Bunday 
raketkalar bilan zamonaviy stol tennisi uchun ma’lum bo’lgan anchagina zarba 
turlarini berish va bir maromdagi o’yinni olib borishning imkoniyati bo’lmagan. 
1903-yilda CH.Gud ilk bor kauchuk qoplangan raketkadan foydalangan. 
O’tgan asrning 20-yillari birinchi yarmida kauchukdan foydalanish shu darajada 
keng tarqalganki, natijada raketkalarning boshqa turlari butunlay muomaladan 
chiqib ketgan. Chunonchi turli usullar bilan sharni kesish yoki aylantirib zarba 
berish imkoniyati paydo bo’lgan. 
Xalqaro stol tennisi federatsiyasining birinchi prezidenti Ivor Montgu (Ivor 
Montgu 1904-1984) 
Yumshoq qoplamali raketkalar 
(1930)
paydo bo’lganidan so’ng o’yin turli 
shakl kasb eta boshladi. Xususan, shar bilan raketkaning mahkam ta’sirlashi sababi 
sharga turli xil aylanishlar va kuchli zarba berish lmkoni beradi. O’yin esa yanada 
dinamik tus oldi. Sportchilarda birdaniga va tinmasdan zarba berish paydo bo’ldi. 



1936-yil Xalqaro tennis federatsiyasi 
(keyingi matnlarda ПТҒ deb yuritiladi)
Kongresi o’yinni “Stol tennisi” deb atadi. o’yin vaqti avval 1 soatga, so’ng 20 
minutgacha qisqartirildi. Asosiy o’zgarish esa to’r balandligining 15-25 sm.gacha 
pasaytirilgani boldi. Bu o’zgarishlar hujumchiga ko’p imkoniyatlar yaratdi. 
 
1926 yilda birinchi jahon chempioni. R. Jakobi – Vengriya. 
Shuningdek, kauchuk bilan qoplangan raketkalardan foydalanish sharni 
yaxshiroq nazorat qilish imkonini berdi va stol tennisi texnikasini tubdan o’zgartirib 
yubordi. Bu bosqich 1950-yillarning boshlarigacha davom etdi, bu paytga kelib 
raketkalarning bo’rtma qoplama turlari paydo boldi. Yevropada bunday qoplamalar
ilk marotaba 1951-yilda Avstriyada Fritch tomomdan foydalanildi, ammo bu hol 
o’yindagi o’zganshlarga sabab bolmadi. 
1952-yilda Bombeydagi jahon chempionatida Yaponiyalik sportchi Xirodzi 
Sato bo’rtma qoplamali raketkadan foydalanib, jahon chempioni bo’lgan. Yaponiya 
terma jamoasi o’sha vaqtda jahon chempionatida ilk bor ishtirok qilgan va 
o’zlarining shiddatkor hujum taktikalari tufayli yakkalik va jamoaviy bahslarda 
ko’plab medallarni qolga kiritishgan. Shu vaqtdan boshlab bo’rtma rezina qoplamali 
raketkalar butun Yevropa bo’ylab tarqala boshlagan va ushbu qit’a butun dunyo stol 
tennisi markaziga aylangan. 
Ammo mutaxassislarning e’tirofiga ko’ra, raketkaning yangi turdagi qoplamasi 
stol tennisinlng eng ommabop sport turiga aylanishiga yordam bermagan. Chunki 
sharni raketkaning qalin bo’rtma rezina qoplamasiga urilishi unga katta tezlik bergan 
va bu zarbani qaytarish juda murakkab bo’lgan. Shu tariqa o’yinda ko’plab uzilishlar 



paydo bo’lib, o’yin taqdiri oxirgi zarbaga bog’liq bo’lib qolgan. Musobaqada kuch 
asosiy o’ringa chiqqan, o’yin texnikasi esa ikkinchi o’ringa tushib ketgan, bu esa 
stol tennisining ommaviyligiga putur etkazgan. Shunga ko’ra, 1959-yilda 
sportchilarga bo’rtma qoplamali raketkalardan foydalanish ta’qiqlab qo’yilgan. 
1959-yildan boshlab ko’piksimon rezinadan foydalanila boshlangan, natijada 
o’yin tezligi oshib, sharga ko’proq turli-tuman aylanma zarbalar berish imkoniyati 
paydo bo’lgan. Mutaxassislarning fikricha, bu stol tennisida yangi davrni boshlab 
bergan, zero o’yinda ishlatiladigan yangi uslub-ilgari noma’lum bo’lgan, kuchli 
aylanish bilan kechadigan hujumkor zarbalarga ega tezkor o’yin uslubining paydo 
bo’lishiga olib kelgan shu rezina qoplama o’yin uslubi va stol tennisi nazariyasini 
butunlay o’zgartirib yuborgan. Shu bilan bir vaqtning o’zida zarba texnikasini 
rivojlanishi ham yuzaga kelgan. 
Jumladan, o’sha davrdan boshlab, Yaponiya va Xitoyda stol tennisiga 
ixtisoslashgan bir qancha sport maktablari tashkil etilgan. Trenirovkaning yangi 
uslublari yaratilgan va shu tufayli ushbu Davlatlarda tez tempda o’ynaydigan 
tennischilarni tayyorlash samarali ravishda yo’lga qo’yilgan. 
O’yin jihozlari 
(raketka, shar)
hozirgi kunda ham o’zgarishda davom etmoqda 
va bu hol zarbalar texnikasi hamda о’yin sur’atining rivojlanishiga ta’sir ko’rsatib 
kelmoqda. 
ITTF 1926-yilning yanvar oyida Berlinda 9 ta davlat ishtirokida tuzilgan va 
birinchi bosh direktor etib, Oyvor Mantegu tayinlangan. o’sha yili Londonda bo’lib 
o’tgan birinchi Kongressda ITTFning nizomi tasdiqlangan va shtab-kvartira qilib 
Lozanna 
(Shveysariya)
shahri belgilangan. Aynan shu vaqtdan boshlab stol tennisi 
bo’yicha har yili jahon chempionati o’tkazish yo’lga qo’yilgan 
(1940-1946 yillar 
bundan mustasno).
Faqat 1957-yildan keyingina jahon chempionati har ikki yilda 
bir marotaba o’tkaziladigan bo’ldi. Jahon chempionatlari oralig’ida qitalar 
chempionatlari o’tkaziladi. 
Xalqaro Olimpiya qo’mitasining 1981-yilda o’tkazilgan 84-sessiyasida stol 
tennisi Olimpiya o’yinlariga loyiq deb qabul qilingan va 1988-yildagi 
(Seul, 
J.Koreya)
yozgi Olimpiya o’yinlari dasturiga kiritilgan. Shuningdek, mazkur sport 


10 
turi 1960-yildayoq 
(Rim, Italiya)
paralimpiya o’yinlari dasturiga kiritilgan. 
Eng muhim xalqaro musobaqalar: jahon chempionati, jahon kubogi, Olimpiya 
o’yinlari va jahon turniri. Eng muhim mintaqaviy musobaqalar: Yevropa 
chempionati, Evrope Top-12, Osiyo chempionati va Osiyo o’yinlari. 

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə