Sportva harakatli o’yinlar o’qitish metodikasi



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/82
tarix28.09.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#124680
növüУчебник
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   82
Stol tennisi Qo\'llanma,


partiya 11 xisobgacha davom etadi. 
Qayta tashlash 
Shar uzatilayotganda 
(podacha)
barcha qoidalarga rioya qilinsa-da, ammo shar 
to’rga tegib o’tsa, “qayta tashlash” o’tkaziladi-sharni oshiruvchi qaytadan sharni 
tashlab beradi. Qayta tashlashlar soni chegaralanmagan. Qoidalarga belgilangan bir 
qator holatlarda ham qayta tashlash amalga oshiriladi. 
Hisob (ochko) 
Quyidagi hollarda o’yinchiga xisob beriladi: 

shar noto’g’ri oshirilsa; 

shar noto’g’ri qaytarilsa; 

oshirilgan yoki qaytarilgan shar raqib zarba bermasidan oldin to’rdan 
boshqa biror narsaga tegsa; 

oshirilgan yoki qaytarilgan shar raqib tomondagi stol yuzasiga 

tegmasdan uchib o’tsa; 

raqib sharga halaqit bersa; 

raqib ataylab sharga ikki marta zarba bersa; 

raqib qoidalarga zid keluvchi raketka yuzasi bilan sharga zarba bersa; 

raqib yoki uning ustidagi kiyimi shar o’yinda bo’lgan vaziyatda 

tennis 

stolini itarib yuborsa; 

raqib yoki uning ustidagi kiyimi shar o’yinda bo’lgan vaziyatda 

sharga tegsa; 

raqib bo’sh turgan qo’lini tennis stoli yuzasiga tekkizsa; 

juftlik bahslarida raqiblardan kimdir birinchi uzatuvchi va birinchi qabul 
qiluvchi tartibini buzgan holda Sharga zarba bersa; 

raqib raketkani tennis stoli yuzasiga tekkizsa. 
Nogironlik aravachasida o’ynaydigan sportchilar uchun qo’shimcha qoidalar 



belgilangan. 
O’yinni faollashtirish qoidalari 
Agar partiya 10 daqiqa davomida tugallanmasa va partiyada 18 dan kam xisob 
o’ynalgan bo’lsa yoki istalgan paytda o’yinchilarning har ikkalasining roziligi bilan 
o’yinni faollashtirishda 13 zarba qoidasi kiritiladi, ya’ni 13 ta Sharni to’g’ri 
qaytarishdan so’ng xisob avtomatik ravishda Sharni qabul qiluvchiga beriladi. 
Bu Sharni oshirayotgan o’yinchini o’yinni o’z foydasiga tugallash uchun 
harakat qilishga majbur qiladi. o’yinni faollashtirish qoidasi kiritilgandan keyin u 
mazkur uchrashuv oxirigacha amal qiladi. o’yinni faollashtirishda har bir o’yinchi 
navbati bilan sharni oshirishi kerak. 

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə