Sportva harakatli o’yinlar o’qitish metodikasi



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/82
tarix28.09.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#124680
növüУчебник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   82
Stol tennisi Qo\'llanma,

Sharni oshirish 
Stol tennisida sharni oshirish quyidagi qoidalarga ko’ra amalga oshiriladi: 

shar-ochiq kaftdan yuqoriga vertikal ravishda 16 sm.dan kam 
bo’lmagan balandlikka tashlanishi lozim; 

kaftdan ajralib chiqqan vaqtdan to raketka bilan zarba berish vaqtigacha 
shar stol yuzasidan balandda va stol chekkasining yuqori chegara chizig’idan 
tashqarida bo’lishi lozim; 




sharni oshiruvchi sharga shunday zarba berishi lozimki, shar stolning 
oshiruvchi tomondagi yarmiga urilishi, so’ngra to’rning ustidan yoki aylanib o’tib, 
stolning qabul qiluvchi tomondagi yarmiga tegishi lozim. Juftlik bahslarida esa shar 
stolning oshiruvchi tomondagi o’ng yarmiga tegishi, boshqacha aytganda, shar 
diagonal bo’ylab harakatlanishi lozim; 

shar oshirilayotganda sharni qabul qiluvchi 
(juftlik bahslarida qabul 
qiluvchilar)
va hakam jarayonning barcha qismlarini aniq ко’rib turishi kerak; 

shar oshirish jarayonini raketkani ushlab turgan qo’l, tana yoki kiyim 
bilan bekitish mumkin emas; 

shar, sharni oshiruvchining kaftidan ajralgan zahoti uzatilgan 
hisoblanadi. 
Sharni qaytarish 

oshirilgan va qaytarilgan sharga shunday zarba berish lozimki, shar 
darhol to’r ustidan o’tib yoki to’rga tegib, stolning raqib tomonidagi yarmiga urilishi 
kerak. 
O’yin tartibi 
Partiya o’yinlar boshlamasidan iborat bo’lib, har bir boshlama sharni 
oshirishdan boshlanadi. Birinchi bo’lib sharni oshirish odatda kur’a tashlash bilan 
aniqlanadi. Keyin sharni oshiruvchilar har ikki uzatishdan keyin navbat 
almashadilar. Hisob 10 : 10 ko’rinishida teng bo’lib qolsa, har bir o’yinchi 
(jamoa)
bir martdan sharni uzatish huquqiga ega bo’ladi va о’yin ikki xisob farq qilgunga 
qadar davom etadi. 
Juftlik bahslarida sharni qabul qiluvchi o’yinchi sharni oshiruvchiga, uning 
sherigi esa qabul qiluvchiga aylanadi. o’yin toq sonli partiyalardan 
(musohaqa 
qoidalariga muvofiq tarzda 3 dan 7 gacha)
iborat bo’lib, o’yinchilardan 
(jamoalardan)
birining g’alabasigacha davom etadi. o’yin paytida, agar shar to’rga 
tegsa ham raqib tomonga tushsa, о’yin davom etadi. 
Oldingi qoidalarga ko’ra partiya 21 xisobgacha davom etgan, sharni 
oshiruvchilar har 5 marta shar uzatilgandan keyin navbat almashganlar, hisob 20 : 
20 ko’rinishiga kelganda esa bir martadan shar oshirishga ruxsat berilgan va о’yin 2 



xisob farq qilgunga qadar davom ettirilgan. 
Sharning har tashlanishi birinchi yoki ikkinchi o’yinchi 
(jamoa)
ga bir xisob 
berilishi bilan yakunlanadi. 2001-yilda o’rnatilgan xalqaro qoidalarga ko’ra har bir 
Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə