Sportva harakatli o’yinlar o’qitish metodikasi



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/82
tarix28.09.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#124680
növüУчебник
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   82
Stol tennisi Qo\'llanma,

Stol tennisi jihozlari 
Stol tennisi razmerlari 
Tennis stoli-maxsus stol bo’lib, to’r yordamida ikki qismga bo’lingan. 
Xalqaro standartlarga ko’ra uning o’lchamlari quyidagicha: uzunligi-274 sm., eni-
152,5 sm. balandligi-76 sm. Stol o’rtasida 15,25 sm. 
(3-rasm)
balandlikdagi to’r 
joylashadi. 
O’yin yuzasi stolnmg yuqori burchaklarmi o’z ichiga oladi, bu burchaklardan 
pastdagi yon tomonlar о’yin y uzasi hisoblanmaydi. 
Stol odatda DSP yoki shunga o’xshash materiallardan tayyorlanadi va yashil, 
to’q ko’k yoki qora rangga bo’yaladi. o’yin lkkita o’yinchi yoki lkkita sportchidan 
tashkil topgan ikki jamoa o’rtasida bo’lib o’tadi. 


10 
Stolning o’yin yuzasi istalgan materialdan bo’lishi mumkin va 30 sm. 
balandlikdan tushayotgan standart sharni taxminan 23 sm.ga irg’itish lozim. Stol 
yuzasi vertikal holatdagi setka bilan bir-biriga teng lkkita qismga bo’linadi. Stolning 
o’yin yuzasi bir xildagi to’q rangli bo’yoq bilan bo’yalishi lozim. Stolnmg har 
to’rttala tomoni bo’ylab eni 20 mm. bo’lgan oq chiziq tortilgan bo’lishi kerak. Juftlik 
o’yinlarida stolning o’rtasidan, to’rga perpendikulyar ravishda eni 3 mm. bo’lgan oq 
chiziq chiziladi. 
Shar (sharik) 
Stol tennisi uchun shar selluloid yoki shunga o’xshash plastmassadan yasaladi. 
Shar oichamlari-diametri 40 mm., og’irligi-2,7 gr. Shar oq yoki to’q sariq rangda 
bo’lishi va albatta yaltiroq rangda bo’lmasligi kerak. 2007-yildan boshlab xalqaro 
musobaqalarda boshqa rangdagi sharlar ishlatilmay kelyapti. 2003-yilgacha diametri 
38 mm. bo’lgan sharlar ishlatilgan: diametrni oshirish sababi shardagi ortiqcha 
tezlikdir, ortiqcha tezlik esa hakamlik qilish va o’yinni kuzatishda noqulayliklar 
keltirib chiqaradi. 
2012-yilda, Londondagi Olimpiya o’yinlaridan keyin yangi sharlarni joriy 
qilish rejalashtirilgan edi, ammo bu yangilik 2014-yilga ko’chirildi, chunki ishlab 
chiqaruvchilar oldingilarning о’rnini almashtiruvchi munosib sharlarni ishlab 
chiqarishni uddalay olmadilar 
(yangi sharlar tekis emas va tez sinuvchan edi).
Taxminan shar diametri 42-44 mm.ni tashkil qilishi lozim boigan. 
2014-yilning 6-fevral kuni ITTF stol tennisi uchun selluloid o’rniga 
plastmassadan yasalgan yangi shar joriy qilinganligini e’lon qildi. Yangi shar “40+” 


11 
shaklida lfodalanadigan bo’ldi, ya’ni uning diametri 40 mm.dan sal ko’proqni 
tashkil qildi. Yangi shar 2014-yilning 1 iyul kunidan boshlab rasmiy musobaqalar 
uchun majburiy bo’ldi
.
Mashq sharlarining emblemasida ba’zan ularning nimaga mo’jallanganligi 
ko’rsatiladi va bu sharlarda «yulduzchalar» mavjud emas. Musobaqa sharlarining 
sifati 1 dan 3 gacha bo’lgan «yulduzchalar» soni bilan belgilanadi. 

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə