Tdiu “Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari” kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Bir million dasturchi” iqtidorli talabalar to‘garagining 2021-2022 o‘quv yili yanvar oyi uchun hisoboti



Yüklə 0,58 Mb.
tarix11.05.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#109755
To\'garakyanvar


TDIU “Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari” kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Bir million dasturchi” iqtidorli talabalar to‘garagining 2021-2022 o‘quv yili yanvar oyi uchun
HISOBOTI
_-sonli BAYoNNOMASI
Ilmiy to‘garak mavzusi: Media querylar bilan ishlash, adaptive veb sahifa yaratish qoidalari
To‘garak o‘tkazilgan sana: 29.01.2022 yil
Auditoriya: 5/104-xona
Boshlanish vaqti: 17:10
To‘garakka ilmiy rahbar va ma’sul shaxslar: kafedra mudiri i.f.f.d. (PhD), dotsent M.K. Abdullaev, assistent Sh.Rajabov.
O‘zbekiston o‘z oldiga bugun shunchaki rivojlanishni emas, balki jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar natijasida eng kuchli davlatlar qatoridan o‘rin olishni asosiy marra qilib qo‘ygan. Buni oldindan ko‘ra bilgan, his qilgan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev parlamentga Murojaatnomasida taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar hamda zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shartligi, bu bizga yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini berishi, zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib borayotganligiga alohida e’tibor qaratmoqda.
Tabiiyki, bu masalani hal qilishda ta’lim tizimining o‘rni beqiyos. Shu ma’noda, universitetda dasturlash tillari bo‘yicha ilmiy to‘garaklar tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda va bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
“Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari” kafedrasida “Bir million dasturchi” to‘garagi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bu to‘garakning asosiy maqsadi va vazifalari talabalarning o‘qishdan tashqari vaqtini samarali o‘tkazish, ularning dasturlash tillari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, malakali kadrlar yetishtirishdan iboratdir.


Ushbu to‘garak davomida talabalarda yuzaga kelayotgan tushunmovchilik savollariga batafsil javob olishlari, qiziqtirgan mavzulari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘lishlari uchun maxsus telegram guruhi ham tashkil qilingan bo‘lib, bu guruh orqali talabalar o‘zini qiziqtirgan savollarga nafaqat o‘qituvchilar, balki ilg‘or, iqtidorli talabalardan ham javob olishlariga erishmoqdalar.
Bu esa tashkil qilinayotgan mashg‘ulotlarning munozaralarga boy bo‘lishini ta’minlab, mazkur munozaralar orqali talabalar amaliyotda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli muammoli vaziyatlar yechimini ham o‘rganishmoqda. Vaqt va makon nuqtai nazaridan talabalar ega bo‘lgan erkinlik ularning fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshishiga sabab bo‘lishi tabiiy.
“Bir million dasturchi” to‘garak faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali talabalarning Web dasturlash bo‘yicha fronted qismini ya’ni HTML, CSS texnologiyalari bilan ishlash va JavaScript dasturlash tili bilan bevosita tanishish orqali dinamik web sahifalarni yaratish bo‘yicha bilimlarini mustahkamlaydi va mustaqil tarzda o‘z qobiliyatlaridan kelib chiqib to‘garakda olgan bilimlarini amaliyotda tatbiq etadilar.



Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə