Текстли масалалар устида ишлаш методикаси



Yüklə 2,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/81
tarix04.05.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#108273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
MATEMATIKA O‘QITISH METODIKASI OQUV qo\'llanma

Muallif



 
Boshlang‘ich sinflar o

qituvchisining metodik-matematik tayyorgarligi 
va vazifalari. 
 
Mamlakatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, Xalq ta‘limi 
tizimida bo‗layotgan o‗zgarishlar ―Тa‘lim to‗g‗risida‖gi qonunda hamda ―Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi‖da ko‗rsatib o‗tilgandek har bir boshlang‗ich sinf 
o‗qituvchisi oldiga muhim vazifa qo‗yilmoqda. Bu vazifalar boshlang‗ich ta‘lim 
uchun xos bo‗g‗inlarni ajratish imkonini beradiki, bu bo‗g‗inlar xilma-xil o‗quv 
fanlari dasturlarida, o‗quv rejalarida, darsliklarda ta‘limning joriy etilishi hamda 
metodik tizimida biror tarmoqni hosil qilishi mumkin. 
Davlat ta‘lim standartlarining aniq o‗quv fani bo‗yicha emas, balki ta‘lim 
sohalari bo‗yicha ishlab chiqilishi o‗quv fanlarini variativ tanlash asosida o‗quv-
metodik majmualar (dastur, o‗quv rejasi, darsliklar)ni yaratish uchun keng 
imkoniyatlar ochib beradi, shuningdek, o‗quv fanlararo bog‗lanish va bilimlarini 
muvofiqlashtirish tamoyili asosida o‗quv fanlarining ichki bog‗liqligi va fanlararo 
aloqasini ta‘minlashga xizmat qiladi. 
Boshlang‗ich sinflar o‗qituvchisining metodik-matematik tayyorgarligi 
deyilganda biz uni ilmiy dunyoqarash asosida matematika o‗qitish metodikasini 
umumiy pedagogik-psixologik va matematik tayyorgarlik bilan uzviy bog‗lanishda 
tayyorlanishni tushunamiz. Bunday tayyorlanish vazifasiga matematikadan 
boshlang‗ich ta‘lim sohasida ma‘lum bilim va uquvlarni egallash va bolalarni
o‗qitish orqali tarbiyalashni o‗zlashtirishi kiradi. 
Metodik-matematik 
tayyorgarlik 
boshlang‗ich 
sinf 
o‗qituvchisini 
tayyorlashning tarkibiy qismi bo‗lib, uning ta‘limiy-tarbiyaviy faoliyatidan 
ajralgan holda qaralishi mumkin emas. Ikkinchi tomondan, boshlang‗ich sinflarda 
matematikani o‗qitish birinchi bosqichdir, ya‘ni bolalarni navbatdagi matematika 
kursini o‗zlashtirishga tayyorlash bosqichidir. Matematikadan boshlang‗ich 
ta‘limning bu ikki jihati (aspekti) (boshlang‗ich ta‘limning tarkibiy qismi va 
matematik tayyorgarligi) metodikada o‗zining munosib aksini topishi lozim.
Boshlang‗ich matematika kursi, bir tomondan, bilimlar boshqa sohalarida 
foydalaniladi va bolalar tafakkuri rivojlanishiga yordam beradi. Shu bilan 
boshlang‗ich bilimlar yagona majmuini yaratadi, ikkinchi tomondan zaruriy 
metodologik tasavvurlarni va fikrlashning mantiqiy tuzilishlarini shakllantirishga 
yo‗naltirilgan bo‗ladi. 
6–10 yoshli bolalarining fikrlash qobiliyatlarini shakllanishida mas‘ul davr 
ekanligini psixologlar isbot qilishgan. Mana shu bolalikda shakllantirilmagan 
narsalarni keyinchalik to‗ldirish juda qiyin. Shu sababli boshlang‗ich ta‘lim 
metodikasining, xususan, matematikadan boshlang‗ich ta‘lim metodikasining 
markaziy vazifalaridan biri o‘qitishning yetarlicha yuqori rivojlantiruvchi 



samaradorligini oshirishni ta‘minlagan holda o‗qitish bilan bolalarning aqliy 
rivojlanishlariga ta‘sirlarini jadallashtirishdan iborat. 
Matematikadan boshlang‗ich ta‘lim-tarbiyaviy vazifalarini nazariy bilimlar 
tizimi asosidagina hal etishi mumkin. Bu ilmiy dunyoqarash, psixologiya
didaktika, matematikani o‗qitish nazariyasini (matematika didaktikasi) o‗z ichiga
oladi. Biroq birgina nazariy bilimlarning o‗zi yetarli emas. O‗qitishning ma‘lum 
mazmuni va o‗qituvchilarning aqliy faoliyati saviyasi bilan ta‘sirlanadigan u yoki 
bu o‗quv yo‗nalishi uchun eng yaroqli usullarini qo‗llay bilishni va darsga 
tayyorlanishda yoki darsning o‗zida yuzaga keladigan aniq metodik vazifalarni hal 
etishni bilishi zarur. 
Ayni shu boshlang‗ich sinflarda bolalarning aqliy rivojlanishlariga asos 
solinishi sababli boshlang‗ich sinf o‗qituvchisi uchun o‗quvchilarning aqliy 
faoliyatlari darajasini va imkoniyatlarini bilish va hisobga olish ayniqsa muhimdir. 
Kelgusidagi amaliy faoliyat uchun xususiy, amaliy, laboratoriya ishlarida 
matematikani o‗qitish metodikasi bajariladigan ishlar orqali egallanadi. 
Nazariy 
bilimlarni 
amaliy 
mashg‗ulotlarga 
tayyorlanishda 
va 
mashg‗ulotlarning o‗zida o‗qitish amaliyotida foydalanish jarayonida yuzaga 
keladigan turli-tuman metodik masalalar hal etilishi lozim. 
Metodik masalalar har bir darsda yuzaga keladi, shu bilan birga, odatda ular bir 
qiymatli yechimga ega emas. O‗qituvchi darsda yuzaga kelgan metodik 
masalaning mazkur o‗quv vaziyati uchun eng yaroqli yechimini tez topa olishi 
uchun bu sohada yetarlicha keng tayyorgarlikka ega bo‗lishi talab etiladi.
Keltirilgan masalalar darsda iloji boricha turli usullar bilan hal etilishi lozim.
Boshlang‗ich ta‘lim metodikasi o‗qitish vositasi sifatida mavjud didaktik 
o‗yinlar mantiq ilmi va matematika nuqtai nazaridan mazmunan yetarli emasligi 
tufayli didaktik o‗yinlardan foydalaniladi va o‗rganilgan materialni faqat 
mustahkamlash vositasi sifatida foydalaniladi. 
Bolalarni 6–7 yoshdan o‗qitishning mazmuni va usullarida muammolar yuzaga 
keladi. Bu bog‗cha - maktablarda o‗qitish orqali hal etiladi. Sanoqni o‗rganish, 
qo‗shish va ko‗paytirishni birinchi bosqichda o‗rgatish (20 ichida) boshlang‗ich 
ta‘limning markaziy vazifasi bo‗lib kelgan va shundoq bo‗lib qoladi. Biroq, bu 
vazifa yagona bo‗lib qolmasdan, balki u bolalarni matematikani o‗rganishga 
yanada kengroq va har tomonlama tayyorlash ishining tarkibiy qismi bo‗lib qoladi. 
Ushbu ikkita asosiy yo‗l bilan belgilanadi:
1) pedagogik yo‗l, ya‘ni bolalarni fikrlashida qo‗llaniladigan matematik 
mulohazalarga tayyorlash;
2) matematika yo‗li, ya‘ni bolalarni eng muhim matematik tushunchalarni va 
eng avvalo natural son va geometrik shakl tushunchalarini o‗rganishga tayyorlash. 
O‗quvchilarni matematika o‗rganishga tayorlashda matematikani ―jiddiy‖ 
o‗rganish uchun ular bilan ―matematik o‗yin‖ o‗tkazish lozimdir. 




Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə