Текстли масалалар устида ишлаш методикаси



Yüklə 2,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/81
tarix04.05.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#108273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   81
MATEMATIKA O‘QITISH METODIKASI OQUV qo\'llanma

 
 
Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasining didaktik 
tamoyillari 
 
Har bir talaba bilishi kerak: 
1) Onglilik tamoyili; 
2) Ko‗rsatmalilik tamoyili; 
3) Ilmiylik tamoyili; 
4) Ketma-ketlik tamoyili; 
5) Puxta o‗zlashtirish tamoyili va hokazolar; 
1. Matematika darslarida asosiy didaktik maqsadlar. 
Har bir darsdan turli xil didaktik maqsadlar ko‗zlanadi. Ular orasida bittasi 
bosh maqsad bo‗lib hisoblanadi va uni darsning asosiy didaktik maqsadi deyiladi. 
Har bir alohida darsning maqsadi darslar tizimining maqsadini aniqlab, uning 
yordamida o‗qitilayotgan mavzuning mazmunini o‗quvchilarga ochib beradi. Bu 
holda yangi tushunchalar bilan o‗quvchilarni tanishtirish bo‗lsa, ikkinchi holda 


26 
tanishtirilgan tushunchani kengaytirish va chuqurlashtirish, uchinchisida, biror 
malaka va ko‗nikmalarni hosil qilish, to‗rtinchisida, bilim, malaka va 
ko‗nikmalarni tekshirish va h.k. bajariladi. Har bir darsda yuqorida aytilganlarning 
bir nechtasi yoritilishi mumkin. O‗tilganlarni takrorlash oldin o‗tilgan darslarni 
yangi tizimga solish, shu bilan bilimlarni tekshirishni o‗z ichiga oladi. Yangi 
materialni bayon qilish har doim mashqlar bajarish bilan davom ettiriladi. 
Maktablar tajribasi darsning ma‘lum tizimini yaratdiki, ko‗pchilik 
o‗qituvchilar bu tizimga rioya qilib, ma‘lum yaxshi natijalarga erishmoqda.
Odatda darsning boshida uy vazifasi tekshiriladi yoki o‗tgan mavzu takrorlanadi, 
so‗ngra o‗tgan mavzu yuzasidan savol-javob o‗tkaziladi. Shundan keyin yangi 
material bayon etiladi va uni mustahkamlash uchun o‗quvchilarga misol va 
masalalar yechdiriladi yoki nazorat savollari beriladi. Dars oxirida uyga vazifa va 
unga ko‗rgazmalar beriladi. 
Ba‘zan, bu maqsadlardan bittasiga bag‗ishlanishi mumkin. Ana shu bitta 
maqsadni darsning asosiy didaktik maqsadi deyiladi va boshqalar unga bo‗ysinadi. 
Matematikadan dars turlari. 
Boshlang‗ich sinflarda matematikadan quyidagi dars turlarini ko‗rsatish 
mumkin. 
1) O‗quvchilarni yangi tushunchalar bilan tanishtirish, yangi bilim va 
ko‗nikmalarni hosil qilish darslari (Bu darslarda hisoblash, grafik yoki masala 
yechish bilimlari hosil qilinadi); 
2) Turli xil mashqlar yordamida yangi bilim, malaka, ko‗nikmalarni 
mustahkamlash darslari; 
3) o‗tilganlarni takrorlash, umumlashtirish darslari; 
4) keyingi bosqichda xatolarning oldini olish maqsadida bilim, malaka va 
ko‗nikmalarni tekshirish darslari. Har bir darsda turli xildagi didaktik maqsadlar 
amalga oshirilishi mumkin: uy vazifasini tekshirish; darsning va mavzuning 
maqsadini bayon qilish; oldin o‗tilganlarni takrorlash yoki bolalarning hayot 
tajribasini esga tushirish yo‗li bilan o‘quvchilarni yangi materialni o‗zlashtirishga 
tayyorlash; og‗zaki hisoblash uchun maxsus mashqlar, yangi materialni o‗rganish 
(darsning asosiy bo‗limi); bolalarning oldin o‗zlashtirilgan bilim va ko‗nikmalarini 
mustahkamlash; o‗rganilgan bilimlarni hisoblash; mashq, bilim va malakalarni 
qo‗llash (darsning asosiy bo‗limi); o‗quvchilarni mustaqil ishlatish va uni 
tekshirish; oldin o‗zlashtirilgan materiallarni takrorlash; uyga vazifa berish; darsni 
xulosalash.
Darsning asosiy qismlarini turli xilda va turli metodlar bilan birga qo‗shib olib 
borish mumkin. 
O‗qituvchi dars rejasini tuzishda quyidagilarni e‘tiborga olishi kerak. Shu dars 
qanday qismlardan iborat bo‗lishi, ularni qanday ketma-ketlikda joylashtirish, ular 
o‗rtasida o‘quv materialini qanday taqsimlash, bu qismlar bir-biriga qanday 


27 
bog‗lanishda, ular darsning asosiy didaktik maqsadini amalga oshirishda yetarli 
miqdorda yordam berishini hisobga olishi kerak.
Boshlang‗ich sinfda matematika darsining har bir qismi umumiy didaktik 
masalalarni bajarishga qaratilmog‗i kerak. Darsning qismlari asosiy didaktik 
maqsadga qarab o‗zaro bog‗langan bo‗lishi kerak. Alohida dars turlarining
tarkibini qarab chiqamiz. 
Masalan: O‘quvchilarni yangi tushunchalar bilan tanishtirish, yangi bilim va 
ko‗nikmalarni hosil qilish darslari.
Darsning borishi. Darsni maqsadga muvofiq shunday boshlash kerakki, barcha 
o‘quvchilarni, o‘quv vazifalarini faol bajarishga darhol tortadigan bo‗lsin. Shu 
maqsadda uncha katta bo‗lmagan mustaqil ishlarni kartochkalarga yozib borish 
kerak, bu esa o‘quvchilardan masala shartini yozmasdan hisoblash natijalarinigina 
yozishni talab qiladi. Bunday mustaqil ishlar o‗quvchilarni yangi materialni 
o‗zlashtirishga tayyorlaydi. 
Darsning birinchi qismida agar uy vazifasi mazmun jihatdan yangi materialga 
bog‗liq bo‗lsa, uni tekshirish ham mumkin. Agar uy vazifasi yangi mavzuga 
bog‗liq bo‗lmasa, yangi mavzuni o‗tishda o‗quvchilar uni qo‗llamasa, u holda 
yangi bilimlarni bayon qilish darsida uy vazifasini tekshirish shart emas. Shunday 
qilib darsning birinchi qismi o‗quvchilarning faolligini va diqqatini yo‗naltirishga 
qaratilmog‗i lozim, bu bosqichga uncha ko‗p vaqt sarf qilmaslik kerak. 
O‗quvchilar diqqatini yo‗naltirish usullaridan yana biri darsning mavzusi va 
maqsadini aniq tushunarli e‘lon qilishdir. Bunda albatta o‗quvchilarning qiziqishini 
orttirish va muammoli vaziyat yaratish zarur. Masalan: O‗quvchilar faqat 
hisoblashning og‗zaki usuli bilan tanish bo‗lsalar, ularga ikkita uch xonali sonlarni 
qo‗shish tavsiya qilinsa, bunday holatda o‘quvchilar o‗zlarining ortiqcha bilim va 
malakalarini qo‗llaydilar. O‗quvchilar ma‘lum qiyinchiliklardan o‗tadilar. Shunday 
qilib, oldindan o‗rganilgan hisoblash jarayonlari bilan bu misolni bajarish qiyin 
emasligiga ishonch hosil qiladi. Yangi og‗zaki usulni o‗zlashtirish kerak. Dars ana 
shu usulga bag‗ishlangan bo‗ladi.
Ikkinchi holda darsda o‗quvchilar bilan qisqacha suhbat bilan olib borilishi 
mumkin. Bunday darsdan bir xonali sonlarni ko‗paytirishni tushuntirishda 
foydalanish mumkin.
Yangi o‗quv materialini o‗zlashtirishga o‗quvchilarning faol tayyorlash 
maqsadida oldin o‗zlashtirilgan materiallar takrorlanadi, takrorlash xarakteridagi 
materiallar ko‗pincha og‗zaki hisoblash orqali bajariladi. Shuningdek, yangi 
materialni o‗zlashtirishga qaratilgan misol va masalalarni mustaqil yechish ham 
mumkin.
Darsning ikkinchi qismida yangi matematik tushuncha beriladi yoki arifmetik 
misollarning yangi turi yechiladi. Bu o‗quvchilarning bayoni yoki suhbati orqali 
olib boriladi. Bazan o‗quvchiga buni mustaqil tanlab olish ham tavsiya qiladi. 
Masalan, oldin o‗tilgan mavzuga bog‗liq holda masala yoki misol yechish maqsad 


28 
qilib olingan bo‗lsa, u holda o‗quvchilar bu misollarni mustahkamlash, mustaqil 
yechish orqali o‗zlarining bilim va malakalarini oshirishlari mumkin.
Yangi materialni mustahkamlash. Bu bosqichda o‗quvchilarga keltirib 
chiqarilgan, xulosa, muhokamalarni esga olish, undan keyin mustahkamlash 
xarakteridagi vazifa berilishi kerak. Bu vazifani bajarish yordamida o‗tilgan yangi 
bilim mustahkamlanadi va birinchi bor amaliyotga tatbiq qilinadi. Birinchi 
vazifalar odatda jamoa bo‗lib bajariladi. Ba‘zan esa misol-masalalar mustaqil 
bajarilgandan keyin, o‘quvchilardan birortasi doskaga chiqib shu qoidaning 
to‗g‗riligini misol, masala yechish orqali ko‗rsatib beradi.
O‘quv materialining murakkabligiga qarab har qaysi bosqichda ratsional 
bo‗lgan yo‗l topiladi. 
Boshlang‗ich sinflarda matematika darsiga tayyorlanish. 
Matematika darsiga tayyorlanishda birinchi navbatda o‗quvchilarga yangi dars 
materiali yuzasidan qanday me‘yorda tayyorlanganligini, buning uchun nimani 
takrorlash zarurligini aniqlash kerak. 
O‗qituvchi matematika dasturini, ishchi rejasini, darslik va o‗quv 
qo‗llanmalarini, metodik adabiyotlarni va ko‗rsatmali qurollarni hozirlagandan 
keyin navbatdagi darsga tayyorgarlikni boshlaydi. Eng avvalo navbatdagi dars 
matematika dasturida qaysi o‗rinda, qaysi mavzular bilan bog‗liq holda,
tushunchani nimalarga bog‗lab tushuntirish kerakligini aniqlaydi. Bu savollarning 
hammasi bayon qilinganidan keyin darsning asosiy didaktik maqsadini va uning 
tipik xususiyatini qat‘iy o‗rnatish kerakligi kelib chiqadi. Bu esa darsning 
mazmunini aniqlashga yordam beradi. Darsning didaktik maqsadida uning 
mazmunidan darsning bir tizimga kiladi, ya‘ni darsning alohida bo‗limlarining 
birlashashi, ularning organik birligi darsning qismlarini to‗ldiradi va o‗zaro bir-
birini bog‗laydi. Darsning reja yoki matnini tuzishda mavzuning didaktik 
maqsadiga javob beruvchi asosiy qismlarni tuzishdan boshlash kerak. Agar dars 
yangi bilimlarni bayon qilishdan iborat bo‗lsa, masalan: uch xonali sonlarni 
yozma qo‗shish haqidagi mavzu bo‗lsa, o‘qituvchi oldin o‘quvchilarga yozma 
qo‗shish algoritmini bayon qilishni, undan keyin esa o‗tgan darsdan nimalarni 
takrorlash kerakligini, bu asosda yangi mavzuni yaxshi o‗zlashtirish 
mumkinligini, ya‘ni, mavzudan oldin uy vazifasini tekshirish zarurmi yoki yo‘qmi, 
yangi mavzuni o‗zlashtirish uchun o‗quvchilarga qaysi topshiriqni tavsiya 
qilishligini o‗ylab ko‗rishi kerak. Shundan keyin o‘qituvchi qaysi o‘quv materiali 
bilan darsning ayrim qismini to‗ldirish zarurligini, o‗qitishning qaysi metod va 
usullarini qo‗llash, qanday ko‗rgazmali qurollarni tayyorlash va qo‗llash 
mumkinligini hisobga oladi. 
Darsning har bir bo‗limini bajarish uchun qancha vaqt talab qilishni aniqlash 
zarur. Тabiiyki, darsning eng katta qismi darsning asosiy didaktik maqsadini 
yechadigan bo‗limga qaratilishi zarur. 


29 
Darsga tayyorgarlik ko‗rishda o‗quvchilarga beriladigan vazifani bajarish 
usularini ko‗rsatish, ya‘ni misol va masalalarni yechib qo‗yish, sxematik yozuv va 
grafik ishlarini tayyorlab qo‗yish o‗qituvchining o‗zi uchun foydalidir. Darsning 
maqsadi, uning tizimi va mazmuni aniqlangandan keyingina darsning rejasi yoki 
matni yoziladi. 
Darsning rejasida mavzu va didaktik maqsad, foydalaniladigan ko‗rgazmali 
qurollar ko‗rsatiladi. Тartib bo‗yicha dars bo‗limlarining tarkibiy nomi va uning 
mazmuni, mumkin qadar taxminiy vaqt ko‗rsatiladi. 
Dars matnida barcha detallar mumkin qadar to‗laroq yoritiladi. Suhbat olib 
borishga yordam beradigan savollarning hammasi ko‗rsatiladi,
o‘quvchilardan kutadigan javoblar yoziladi.
Misol va masalalar yechish, shuningdek, boshqa ishlarni bajarishda 
ko‗rgazmalar yoziladi. Shunday qilib o‗qituvchi quyidagi ishlarni bajarishi
lozim. 
1.O‗quv dasturi va o‗qituvchi rejasida darsning o‗rnini aniqlash. 
2. Darsning asosiy didaktik maqsadini aniqlash. 
3. Dars mazmunini aniqlash. 
4. Dars bosqichlarini tuzib chiqish. 
5. Dars rejasini tuzish. 
6. Dars matnini yozish. 
7. Dars o‗tish metodlarini aniqlash. 
8. Har bir bosqichga sarflanadigan vaqtni aniqlash. 
9. Darsda va uyda beriladigan misol masalalarni bajarish. 
10. Ko‗rgazmali qurollarni tayyorlash va h.k. 
Matematika darsini o‗tkazish. 
Matematika darsining reja yoki matni o‗qituvchiga o‗quvchilar bilan bajaradigan 
ish turining umumiy yo‗nalishi va ketma-ketligi, misollar, algebraik ifoda
namunalarini ko‗rsatib turadi. 
O‗qituvchi dars o‗tishda tuzgan reja yoki konspektidan erkin foydalanadi, 
ba‘zan tuzgan rejasidan chekkaga chiqish zarurati tug‗iladi. Masalan, o‗quvchilar
o‗qituvchining bayonini yomon tushungan bo‗lsalar, qo‗shimcha tushuntirish 
o‗tkazadi, o‗quvchilar qiynalgan bo‗lsalar zaruriy yordam ko‗rsatadi. Bilimlarni 
mustahkamlash uchun bajarilgan mashqlar yetarli bo‗lsa, ba‘zilarini qoldirish 
mumkin. Bilimlarni o‗quvchilar qanday tushunganligini bilish maqsadida so‗rash, 
topshiriqlarni bajarishini tekshirib ko‗rish mumkin.
Matematika darsini tahlil qilish. 
Boshlang‗ich sinflarda matematikadan darsni tahlil qilish va baholash birinchi 
navbatda uning ta‘lim-tarbiyaviy ahamiyatini ko‗rsatadi. Shuning uchun darsni 
qay darajada tuzilganligini va o‗tilganligini, hozirgi zamon psixologik-pedagogik
talablar darajasida qanday bajarilganligini va asosiy didaktik tamoyillarini qanday 
qo‗llanganligini ko‗rsatish kerak. Dars tahlilida uning mazmuni, tizimini, 


30 
vaqtning taqsimlanishi, ish bajarish usullari, qo‗llanilgan ko‗rgazma va boshqa 
didaktik vositalarni ko‗rsatish zarur. Darsning har bir tomoni o‗quvchilar 
faoliyatini qanday yo‗naltirishini, undan qaysi o‗rinda faollik va mustaqillik 
buzilganini, hayajonlanish bo‗lganligini, boshqa tarbiyaviy tomonlar amalga 
oshirganligini e‘tiborga olish kerak. 
Dars tahlili quyidagi yo‗nalishda yoritilishi mumkin: 
1. Darsning asosiy didaktik maqsadini tushuntirish va asoslash. Bunda 
mavzu bo‗yicha darslar tizimida tahlil qilingan darsning o‗rni va ahamiyati, 
boshqa darslar bilan bog‗liqligi, darsning mazmunini baholash va to‗g‗ri 
tushuntirilishi, uning tizimi, ishdagi metod va usullari ko‗rsatiladi. 
2. Dars mazmunining tahlili. 
Dars mazmunini tahlil qilishda hisoblash mashqlarini qanday qo‗llaganligi,
matematik tushunchalarni arifmetik masalalar yechishga qaratilgan va boshqa 
mashqlarni bajarishga beriladigan metodik bahoda quyidagilarni e‘tiborga olish 
zarur: 
a) berilgan bilimlarning ilmiyligi va yetarlicha qat‘iyligi, 
b) o‗rganiladigan materialning puxtaligi va tushunilish darajasi, ish jarayonida 
o‘quvchilarning yetarlicha vazifa bilan taminlanganligi, 
d) dars materialining ta‘lim-tarbiyaviy maqsadga taalluqliligi, 
e) o‗quv materiali mazmuni darsning barcha qismlarini ta‘minlash darajasi. 
3. O‗quvchilar faoliyatini ijodiylikka yo‗naltirish. 
Darsda nechta o‗quvchi faol qatnashganligini va mustaqil faoliyat 
ko‗rsatganligi, unga qanday yo‗l bilan erishish zarurligini aniqlash: 
a) o‗quv materialini, shuningdek, ish metodini va usullarini tanlash,
o‗quvchilarning yoshi, ulardagi bilim, malaka va ko‗nikmalar darajasini hisobga 
olish;
b) o‗quvchilarning individual va jamoa bo‗lib bajargan ishlarini hisobga olish; 
d) o‗qitishda differensial yondashish
e) yangi matematik tushuncha, yangi hisoblash qismlari, masalalar yechishning
yangi usullari bilan tanishtirish, bilim va malakalarni ishlab chiqishda o‗tilgan 
materialni mustahkamlashga yo‗naltirilgan ishlar e‘tiborga olinadi; 
f) darsning har bir qismiga vaqtning taqsimlanishi; 
4.Darsda qo‗llaniladigan ko‗rgazma va didaktik qo‗llanmalarning ahamiyatini 
ko‗rsatish; 
5. Dars natijasini reytingi baholash. Baholashning muhim belgilaridan biri 
shuki, dars o‗z maqsadiga erishganligi, har bir o‘quvchiga to‗laligicha mustaqil 
ish bajartirilganligi, ular barchasi o‗qituvchi rahbarligida amalga oshirilganligi 
ko‗rsatiladi. Darsni tahlili qilishda shu narsani e‘tiborga olish zarurki,
o‗quvchilarni o‗qitish va tarbiyalashning pedagogik jarayonlari bir maqsadga 
qaratilgan bo‗lsa, dars to‗g‗ri baholanadi. 


31 
Boshlang‗ich matematika kursining eng muhim xususiyati uning amaliy 
yo‗nalganligidir. Agar yuqori sinflarda matematika dasturining ba‘zi masalalari 
nazariy xarakterda bo‗lsa, boshlang‗ich maktabda har bir yangi tushuncha, xossa, 
qonun amaliy faoliyat natijasida va amaliy faoliyat uchun kiritiladi. Masalan, VII 
sinfda, o‗quvchilarning to‗g‗ri to‗rtburchak tushunchasini o‗zlashtirishlari, ular 
endilikda to‗g‗ri to‗rtburchak ta‘rifini bilishlarini, uning alomatlarini mantiqiy 
keltirib chiqarishni va ba‘zi xossalarini isbotlashni bilishlarini, ta‘rifi, alomatlari va 
xossalariga doir amaliy masalalarni yechish uchun foydalana bilishlarini bildiradi. 
Boshlang‗ich sinflarda o‗quvchilar to‗g‗ri to‗rtburchakning qarama-qarshi 
tomonlari tengligini o‗lchash yo‗li bilan aniqlaydilar va to‗g‗ri to‗rtburchakni 
yasash, uning perimetri va yuzini o‗lchash va hisoblashni o‗rganadilar. 
O‗quvchilarda boshlang‗ich maktabda shakllanadigan amaliy uquvlardan 
ko‗pchiligi maktab matematika kursi uchun asosiy ahamiyatga ega, lekin 
tasavvurlar haqida bunday deyish mumkin emas. Masalan, son haqida III va IV 
sinflar o‗quvchilari ega bo‗lgan tasavvurlar tubdan farq qiladi. Biroq quyi sinflarda 
shakllanadigan arifmetik amallarni yozma va og‗zaki bajarish uquvlaridan o‗rta 
sinflarda ham, yuqori sinflarda ham foydalaniladi.
Bolalar bog‗chasida va boshlang‗ich sinflarda matematika fani o‗rgatilishi 
orasidagi uzviylik.
 
1. Bolalar bog‗chasida va boshlang‗ich sinflarda matematika fani
o‗rgatilishi orasidagi uzviylik. 
Bolalarda elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirish vazifalari va bolalar 
bog‗chasida arifmetika asoslarini tarkib toptirish, miqdor, makon va zamonga oid 
tasavvurlarni rivojlantirish o‗qitishning asosiy shartidir. 
Har bir mashg‗ulotda tarbiyachi mavzu mazmunining asosiy masalalari va uni 
darsda ishlash metodikasini ochib beradi. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, 
berilayotgan tavsiyalar, odatda, bolalarga berilishi kerak bo‗lgan topshiriqlar
mashqlar, savollarning tipik namunalaridir. Bunday mashqlar sonini o‗qituvchi sinf 
bilan ishlashning aniq shart-sharoitlarini hisobga olib, mustaqil ravishda aniqlashi 
kerak. 
Katta guruhdagi bolalarni o‗qitishda didaktik ko‗rsatma materiallardan keng 
foydalanish xarakterlidir. Amaliy ishlar, ko‗rgazma tashkil qilish bilan bog‗liq 
bo‗lgan topshiriqlar ham namunalar sifatida qaralishi mumkin. O‗qituvchi ularga 
o‗zida bo‗lgan ko‗rsatma-qo‗llanmalarni hisobga olib tuzatishlar kiritishi mumkin. 
Ko‗pchilik hollarda tavsiya etilayotgan og‗zaki mashqlar materialini o‗qituvchi 
turli variantlarda berishi, ba‘zan esa sinfning tayyorgarligiga qarab almashtirishi 
ham mumkin. O‗qituvchi tavsiya etilayotgan didaktik o‗yinlarga ham ijodiy 
yondashish kerak. Bunda o‗yinlarni o‗tkazishda foydalaniladigan, har bir 
mashg‗ulotning aniq vazifalarini hisobga olib, o‗zi o‗yinlardan foydalanishi 
mumkin. 


32 
Тayyorlov guruhlarda matematikani o‗rgatish metodikasi 
Bolalar bog‗chasining tayyorlov guruhida bir haftada ikkita, bir yilda 72–74 
mashg‗ulot o‗tkazish rejalashtiriladi. 
Mashg‗ulotlar sentabrdan may oyining oxirigacha har biri 25–30 minutdan 
o‗tkaziladi. 
Mashg‗ulotlarda didaktik o‗yinlar, ko‗rgazmali materiallardan keng 
foydalaniladi. 
Bolalar mashg‗ulotlarga qiziqib qatnashishlari uchun tarbiyachi quyidagi 
talablarga rioya qilishi lozim: 
1. Dastur materiallarini yaxshi o‗zlashtirib olishi. 
2. Puxta material (namoyish qiluvchi va tarqatma) tayyorlash. 
3. Bolalar faoliyatini o‗zgartirib turishga va ularning qiziqishlariga e‘tibor 
qilish. 
4. Mashg‗ulot o‗rtasida harakatli o‗yinlar o‗tkazishni rejalashtirish. 
5. Mashg‗ulot davomida bolalarning mustaqil xulosa chiqarishlariga erishish. 
6. Bolalarning xilma-xil javoblarini rag‗batlantirish. 
Dastur materialini mashg‗ulotlarga taqsimlashda bolalarning bilim va
ko‗nikmalariga, ularning tayyorgarligiga e‘tibor berish lozim. 
Maxsus atamalarni to‗g‗ri qo‗llay bilish katta ahamiyatga ega. Masalan, son va 
raqam tushunchalarini aralashtirib yubormaslik kerak. 
Bolalar ma'lum bilimlar tizimini egallab olishlari, dasturda bеlgilangan 
malakalarni hosil qilishlari va maktabda o‗qishga tayyor bo‗lishlari kеrak. 
Bu mashg‗ulotlarda har bir boladan doim o‗rgatilgan tartiblarga amal qilishni 
talab etiladi. Bolalar biror narsa dеmoqchi bo‗lganlarida qo‗llarini ko‗tarishlari, 
javob bеrayotganidan o‗rnidan turishi, o‗rtog‗ining javobini diqqat bilan tinglashi 
va uning xatosini tuzatishi, tarbiyachining ko‗rsatmasini aniq bajarishi kеrak. 
6-7 yoshli bolalarda bilimlarning o‗sganligi va aqliy faoliyatlarining 
murakkablashishi hisob mashg‗ulotlarida ham yaqqol ko‗rinadi. Maktabga 
boradigan bolalardan faqat 10 gacha sanash talab etilmaydi, balki ulardan aytilgan 
sonni narsalardan sanab ko‗rsata bilishni talab etiladi.
Bolalarning matеmatik tafakkuriga maktab talablarining kеskin o‗zgarishi 
munosabati bilan asosiy e‘tiborini ularda to‗g‗ri matеmatik tasavvurlar yaratishga 
va ular bilan ishlash ko‗nikmasini hosil qilishga qaratish kеrak. Maktabga 
borgandan kеyingi dastlabki kunlardanoq o‗quvchi duch kеladigan asosiy 
matеmatik tushunchalaridan biri tеnglik va tеngsizlikdir. Agarda kichik bolalar 
narsalarni katta kichiklik bеlgisi bo‗yicha solishtirib hissiy tajriba to‗plagan 
bo‗lsalar, kattalari xuddi shu tushunchaga sonlarni taqqoslash asosida erishadilar. 
Eng avvalo, tarbiyachi bolalarning mavhum sonlar bilan ishlashga o‗tishga 
shoshilmasligi kеrak. Bolalar dilida va qog‗ozda 1+2=3, 5-1=4 kabi misollarni 
yеchishni o‗rgatishdan oldin ularni turli konkrеt narsalar bilan ishlashga o‗rgatish 


33 
zarur; qo‗nib turgan qushchalarga yana bitta yoki 2 ta qushcha uchib kеlib 
qo‗shildi (kabi). 
Mavhum sonlar bilan ishlashga juda erta o‗tish kеyingi matеmatik 
tushunchalarni egallashlarida bolalarni qiynab qo‗yadi, bolaning tizimli bilimlarga 
o‗tishini umulashtirish tomon o‗sib boruvchi qobiliyat bilan bog‗lab olib borish 
zarur. 
6-7 yoshli bolalarning umumlashtirish xususiyati ularning mavhum narsalarni 
tushuna olishga qobiliyatliligidir. Bu yoshdagi bolalar ba‘zi bir tushunchalarni 
egallab boradilar. 
Masalan, ―transport‖, ―mеbеl‖, ―kiyim‖, ―idish tovoq‖ kabi tushunchalarni 
egallab olish uchun ular poеzd, tramvay, avtobus kabilarning ayrim xususiyatlarini 
bilish va ular uchun muhim va umumiy bo‗lgan birgina bеlgini ajratib olishi zarur 
bo‗ladi. Bunday bеlgi avvalo narsaning vazifasi hisoblanadi. 
Sеnsomotorikaning rivojlanishi bolaning o‗qishga tayyorligining zaruriy 
shartidir. Ular rasm solishi, qirqib olish, qog‗ozni bir – biriga yеlimlash, tikish va 
boshqa ishlarni ko‗z va qo‗l bilan aniq bajarishi zarur. 
Bundan tashqari, bog‗chada ularning diqqati, xotirasi, tafakkur va nutqini 
rivojlantirish o‗ta muhim vazifalar hisoblanadi. 
―Qaysi son katta, qaysinisi kichik‖ deb so‗raladi. (qaysi raqam katta deyish 
mumkin emas.) 
Mashg‗ulotda hamma bolalarning faol ishtirok etishlariga erishish maqsadida 
har bir bolaning oldida tarqatma materiallar bilan bir qatorda signalli kartochkalar
bo‗lishi tavsiya etiladi. 
Bunda hamma bolalar o‗rtoqlarini javobini diqqat bilan eshitishga harakat 
qiladilar, intizom buzilmaydi, shu bilan bolalarni test sinovlariga tayyorgarlik ham 
hisobga olinishi lozim. 
0 dan 9 gacha raqamlar bilan tanishtirish. 
Son va miqdor bog‗lanishlarini tushunish barcha arifmеtik amallar asosini 
tashkil etadi. Bolalar narsalar sonini oshirish yoki kamaytirish bilan 
tanishayotganlarida bu bog‗lanishni mustahkamlaydilar. Raqam – sonning shartli 
belgisidir. Bolalarga sonni tushuntirishda raqam qo‗shimcha, yordamchi 
bosqichdir. 
Bolalarni raqamlarni yozishga o‗rgatilmaydi, faqat bosma ko‗rinishi bilan 
tanishtiriladi. Bolalar har bir raqam qaysi sonning belgisi ekanligini ajrata bilishlari 
lozim. 
Hammasi bo‗lib 10 ta raqam bor: 
0,1,2,3,4,5,6,7,8,9. 10 raqami yo‗q. 10 soni ikkita raqam: 1 va 0 bilan 
belgilanadi. Bitta mashg‗ulotda bitta yoki ikkita raqam bilan tanishtirish mumkin. 
Masalan ―1‖ raqami bilan tanishtirishda tarbiyachi sanoq kartochkasiga bitta 
o‗yinchoq qo‗yadi, ularning oldiga 1 ta doirali kartochkani qo‗yadi. 


34 
2 ta bolani chaqirib, biriga bir marta sakrash, ikkinchisiga bir marta stolga 
taqqillatishni taklif etadi. Bolalar sanab, hammasi bittadan degan xulosa qiladilar. 
Keyin ―1‖ raqamini ko‗rsatib bu sonni ko‗rsatuvchi shartli belgidir, har bir 
son o‗z belgisiga egadir deb tushuntiradi. Bolalar bog‗chasi bilan boshlang‗ich sinf 
orasida uzviylik shundan iboratki, bular bir-birini to‗ldirib boradi. 
Bolalar ustma-ust, tagma-tag terib qo‗yish, sanash orqali to‗plamlarning teng, 
notengligini aniqlaydilar
Тenglik–notenglik munosabatlarini aniqlashda ishora belgilari simvollaridan 
foydalaniladi. 
Qaysi qatorda ko‗proq, qaysi qatorda kamroq? 5 soni 6 dan kamroq 5<6, 
tengsizlikdan tenglik hosil qilish uchun nima qilish kerak, deb so‗raladi. 
1 ta qo‗shib tenglik hosil qilinadi va birni ayirib barobarni yozish yo‗li 
tushuniladi. 6=6...

Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə