Telekommunikatsiya texnologiyalari


Tarmoqning tashkil etilishi va talablar



Yüklə 488,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix28.11.2023
ölçüsü488,03 Kb.
#135851
1   2   3
kampuyter t1111mustaqil ishi

Tarmoqning tashkil etilishi va talablar. 
Axborot tarmog‘ini murakkab tizim


sifatida uni ko‘plab tizimlarga ajratish yo‘li bilan tasniflash mumkin. Bu tizimlar
tarmoqni ko‘rib chiqilayotgan muvofiq qatlamlarida ajratilgan elementlarni o‘z
tarkibiga oladi. Axborot tarmog‘i arxitekturasi deb, tarmoqning funksiyaviy,
mantiqiy va strukturaviy unsurlar yig‘indisi, ular o‘rtasidagi aloqa va o‘zaro ta'sir
qoidalariga aytiladi.
Axborot tarmog‘ini tizimli yondashish orqali tasvirlashda turli uslubiy
tamoyillar mavjud. Ularning ba'zilarini aytib o‘tamiz:
Iyerarxiya
-yaxlit 
narsaning 
qism 
va 
elementlari 
yuqoridan 
quyiga 
qarab
joylashtirilganligi. Mazkur qonuniyatga asoslanib tarmoqni quyi tarmoqdagi
alohida tarmoq osti segmentlarga bo‘lish mumkin.
Kommunikativlik
-tizimda 
aloqalarning 
ko‘pligi, 
tashqi 
aloqalar–muhit 
bilan
va ichki aloqalar-tizim osti qism va elementlar bilan. Bunga aloqador ravishda
tarmoqni tarmoq osti, ya'ni yuqori qatlamidagi tarmoqning tizimosti qismi, yoki
elementi, yoki past qatlamdagi segmentlarni o‘ziga kirituvchi mustaqil tizim
sifatida ko‘rish mumkin.
Emerjentlik
-tizimning 
alohida 
elementlariga 
xos 
bo‘lmagan 
integrativ
sifatning tizimda namoyon bo‘lishi. Masalan, axborot tarmog‘ida transport,
axborot taqsimlash, tarmoqni boshqarish kabi funksional muhim va nisbatan
mustaqil tizimosti qismlarni ajratsa bo‘ladi. Ularning birontasini alohida axborot
tarmog‘i bilan solishtirib bo‘lmaydi, faqat ularning o‘zaro bog‘liqligi ushbu
tushunchani aks ettiradi. Boshqa tomondan, faqatgina alohida tizimosti qismlarni
o‘rganish tizim haqida to‘la tasavvurni chuqurlashtiradi.
Mazkur xususiyatlar tufayli murakkab tizimning har bir tizimosti qismini
mustaqil tizim sifatida ajratib, uning arxitekturasini taxlil qilish mumkin. Taxlil
qilinayotgan qatlamga bog‘liq ravishda tarmoqni yaxlitlikdagi, tarmoq dasturiy
ta'minot, terminal majmua, kommutasion tizim, xatto alohida integral sxemaning
arxitekturasi haqida gapirish mumkin. Shuni ham ta'kidlash lozimki, tarmoq
arxitekturasini ko‘rib chiqish tadqiqotchining kasbiy yo‘nalishiga bog‘liq.
Masalan, loyihalashtiruvchi tarmoq arxitekturasini tahlil qilganda, uning
topologiyasi, tashkiliiy strukturasi, protokol modelini ko‘rib chiqadi. Tarmoq
operatorlari, avvalambor, uning fizikaviy tuzilmasi bilan qiziqadilar. Tarmoqning 
dasturiy 
ta'minotini 
ishlab 
chiqaruvchilar 
tarmoqning
funksional 
strukturasiga 
e'tibor 
beradilar. 
Umumiy 
tasavvur 
darajasida 
har 
qanday 
tarmoq


punktlar 
va
ularni birlashtiruvchi
liniyalardan
tashkil topgan. Ularning (punkt va liniyalarning)
o‘zaro joylashishi tarmoq bog‘liqligi va punktlar o‘rtasidagi axborot almashuvini
ta'minlab berish qobiliyatini tavsiflaydi. Tarmoq topologiyasi uning bog‘liqligini
aks 
ettiradi.
Fizikaviy 
va 
mantiqiy 
jihatdan 
topologiya 
bir-biridan 
farqlanadi.
Fizikaviy topologiya tarmoq punktlarini va ularni bog‘lovchi liniyalarning
joylashishini aks ettiradi. Mantiqiy topologiya axborotning manba va
iste'molchilarining o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish yo‘llari tashkil qilinadigan
imkoniyatlar haqida tasavvur beradi. Tarmoqning topologik xususiyatlarini
tadqiqot qilish uchun uning punktlarini nuqta sifatida, ularni birlashtiruvchi
liniyalarni esa yoy sifatida aks ettirish qulay. Bunday geometrik shakl graf deb
ataladi, grafdagi nuqtalar cho‘qqi, yoylar esa ularning yo‘naltirilganligi hisobga
olinmaganligida qirra deb nomlanadi. Graf axborot tarmog‘ining topologik
modelidir.
Tarmoq topologiyasini tanlash uning qurilishida hal qilinadigan birinchi
vazifadir va u texnologik hamda aloqaning ishonchliligiga bo‘ladigan talablar bilan
shartlanadi. Agar u tashkil topadigan standart(baza) topologiyalari majmuasi aniq
bo‘lsa, tarmoq topologiyasi nisbatan sodda tanlanadi. Ba'zi topologiyalar va
ularning xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz.


1.
Kompyuter tarmoqlarning asosiy elementlari. 

Yüklə 488,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə