Temir, kobalt, nikel va ularning birikmalari Nazorat savollari


Temirning kislotalar bilan o‘zaro ta’sirlanishi



Yüklə 109,03 Kb.
səhifə3/8
tarix19.12.2023
ölçüsü109,03 Kb.
#151830
1   2   3   4   5   6   7   8
Temir, kobalt, nikel va ularning birikmalari Nazorat savollari

3. Temirning kislotalar bilan o‘zaro ta’sirlanishi
(ishni mo‘rili shkafda bajaring)
Alohida probirkalarga ozgina temir parchalarini soling va ularga, ajratiggan holda suyultirilgan va konsentrlangan HCI, H2SO4, HNO3 eritmalaridan qo‘ying. Ba’zi probirkalarda (ahamiyat bering) sovuq holda reaksiya ketmaydi, qizdiring. Sodir bo‘layotgan hodisalarni kuzating. Ba’zi tajribalarda reaksiya qizdirilganda sodir bo‘lishini tushuntiring. Reaksiya tenglamalarini yozing.

4. Temirni passivlash va oksidlash
(Ishni mo‘rili shkafda bajaring)
a) Kattaroq probirkaga bug‘ chiqib turgan HNO3 ni soling va unga yaxshilab tozalangan temir simini (yoki mixni) tushiring. 1-2 daqiqadan so‘ng extiyotlik bilan, probirka devorlariga tekkizmasdan temir simini oling va stakandagi suv bilan yuving. Bir necha sekundga uni mis kuporosi eritmasiga soling. Temir simida mis ajralib chiqadimi?
So‘ngra temir simi (yoki mixni) yo‘g‘on shisha tayyoqcha bilan uring va yana mis kuporosi eritmasiga soling. Nimani kuzatasiz?
Konsentrlangan HNO3 bilan ishlangan temirda mis ajralib chiqmasligini tushuntiring. Temir simni shisha tayoqcha bilan urishni nima ahamiyati bor?
b) Ikkita temir namunasini qumli qog‘oz bilan tozalang. Birini solishtirish uchun saqlab qo‘ying. Ikkinchisiga sim bog‘lab 5% HCl eritmasiga 1-2 daqiqaga tushiring keyin temir namunasini eritmadan olib suv bilan yuving, filtr qog‘ozida quriting. 100 ml suvda 60 g NaOH va 6 g NaNO2 eritilgan eritmani stakanchada qaynaguncha qizdiring. Tozalangan temir namunasini shu eritmaga tushiring. 20-30 daqiqadan so‘ng namunani olib suv bilan yuving va filtr qog‘ozida quriting.
Nima uchun namuna sirti ranggining o‘zgarganini tushuntiring.
Tekshirilayotgan va solishtirishga saqlab qo‘yilgan namunada sirtiga mis sulfat eritmasidan bir necha tomchi tomizing. Qancha vaqtdan keyin namunalar sirtida mis ajralib chiqishini kuzating. Tushuntirish bering.


Yüklə 109,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə