Temir, kobalt, nikel va ularning birikmalari Nazorat savollari


Temir (II) gidroksidini olinishi va xossalari



Yüklə 109,03 Kb.
səhifə4/8
tarix19.12.2023
ölçüsü109,03 Kb.
#151830
1   2   3   4   5   6   7   8
Temir, kobalt, nikel va ularning birikmalari Nazorat savollari

5.Temir (II) gidroksidini olinishi va xossalari
a) Temir qirindilaridan (ortiqcha holda) va suyultirilgan H2SO4 yordamida temir(II) sulfat eritmasini tayyorlang. Probirkaga 3-4 ml tayyorlangan eritmadan soling va unga NaOH eritmasidan soling. Oq rangli temir (II) gidroksidi cho‘kmasini hosil bo‘lishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing. Nima uchun cho‘kmani ranggi havoda o‘zgarishini tushuntiring. Reaksiya tenglamalarini yozing.
b) Fe(OH)2 cho‘kmasini suyultirilgan HCI va ortiqcha o‘yuvchi ishqor eritmalariga munosabatini sinab ko‘ring. Reaksiya tenglamalarini yozing. Temir(II) gidroksid qanday xossalarga ega?
6. Temir (II) tuzlarning gidrolizi
Temir (II) tuzi eritmasini lakmus qog‘oziga sinab ko‘ring. Nima kuzatiladi? Gidroliz reaksiyasi tenglamasini yozing.
7. Temir (II) tuzlarini olinishi
a) Temir (II) karbonati va gidrokarbonatini hosil bo‘lishi. Bir tomchi suyultirilgan H2SO4 qo‘shilgan ozgina distillangan suvni 1-2 daqiqa probirkada qaynating. Keyin unga temir (II) tuzining bir necha kristallarini soling (aralashtirmang) va yana qaynating. Olingan eritmani sovuting va unga 1 ml soda eritmasidan qo‘shing. Oq cho‘kma hosil bo‘ladi. Nima uchun havoda asta-sekin uni ranggi o‘zgarishini tushuntiring. Reaksiya tenglamalarini yozing.
Kipp apparatidan cho‘kmali eritmaga SO2 gazini o‘tkazing. Nima kuzatiladi? So‘ngra probirkadagi aralashmani qaynaguncha qizdiring. Nima kuzatiladi? Reaksiya tenglamalarni yozing.
Hamma ishlarni tezlik bilan, temir (II) birikmalari oksidlanishga ulgurmasdan bajarilishi kerak.
b) Temir (II) sulfidini olinishi. Temir (II) sulfat eritmasiga ammoniy sulfid eritmasidan soling. Nima sodir bo‘ladi? Reaksiya tenglamasini yozing. Probirkadagi aralashmaga suyultirilgan HCI qo‘shing. Nima kuzatiladi? Vodorod sulfid temir (II) sulfat eritmasiga qanday ta’sir qiladi? Ilovadagi jadvallardan foydalanib temir (II) sulfat eritmasiga ammoniy sulfid va vodorod sulfidni tasirlanish farqini tushuntiring.


Yüklə 109,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə