Temir, kobalt, nikel va ularning birikmalari Nazorat savollari


Nikel (II) gidroksidi olinishi va uning xossalari



Yüklə 109,03 Kb.
səhifə8/8
tarix19.12.2023
ölçüsü109,03 Kb.
#151830
1   2   3   4   5   6   7   8
Temir, kobalt, nikel va ularning birikmalari Nazorat savollari

Nikel (II) gidroksidi olinishi va uning xossalari

Nikel (II) gidroksidini oling. Uning tabiati va ranggini aniqlang. Reaksiya tenglamasini yozing. Cho‘kmani suyultirilgan kislotalar va ortiqcha ishqorga munosabatini sinab ko‘ring. Reaksiya tenglamasini yozing. Nikel (II) gidroksidi qanday xossalarga ega?



  1. Nikel (III) gidroksidini olinishi va uning xossalari

(Ishni mo‘rili shkafda bajaring)
a) 1-2 ml NiCl2 eritmasiga 4-5 ml bromli suv, keyin NaOH eritmasidan qo‘shing. Nima hosil bo‘ladi? Reaksiya tenglamasini yozing.
b) Olingan cho‘kmaning ustidagi suyuqlikni ajrating. keyin unga konsentrlangan HCl solib qizdiring. Qanday gaz ajralib chiqadi? Uning ranggiga va hidiga (Ehtiyot bo‘ling!) e’tibor bering. Reaksiya tenglamasini yozing. Bu reaksiyada nikel (III) gidroksidi qanday xossalarni namoyon qiladi?


22. Nikel (II) ammiakatini olinishi
Nikel (II) sulfat eritmasiga ilk bor hosil bo‘lgan cho‘kma erib ketgunicha ammiak eritmasidan qo‘shing. (Cho‘kmaning ranggi qanday?). Hosil bo‘lgan nikel (II) ammiakati eritmasining ranggiga etibor bering. Reaksiya tenglamasini yozing.


Mashq va masalalar.


1.Fe3O4 ni struktura formulasini yozing. Bu birikma qaysi kislotani tuzi hisoblanadi?

  1. Ikki valentli temir birikmalarining oksidlanishiga reaksiya muhiti qanday tasir qiladi? Misollarda ko‘rsating.

  1. Temir ammoniyli achchiqtosh suvli eritmada qanday ionlarga dissotsialanadi? Tajribada buni qanday isbotlash mumkin?

  2. Fe2O3, KNO3 va KOH aralashmani suyuqlantirilganda kaliy ferrat hosil bo‘lishi tenglamasini yozing.

  3. Ammiakni kaliy ferrat ta’sirida oksidlanish reaksiyasi tenglamasini yozing, bunda ammiak erkin azotgacha oksidlanadi.

  4. Kobalt (III) ning ammiakli kompleks birikmalari kobalt (II) ning xuddi shunday birikmalariga nisbatan barqarorligini misollarda ko‘rsating.

  5. Ni2O3 ni konsentrlangan HCl, H2SO4 lar bilan ta’sirlanish reaksiya tenglamalarini yozing.

  6. K3[Co(NO2)4] va [Ni(NH3)6]SO4 kompleks tuzlarning tuzilish sxemasini tuzing.

  1. Tarkibida 55% temir bo‘lgan 1t temir qizilchasidan qancha temir olish mumkin? Ishlab chiqarishda yo‘qotish 5% ni tashkil qiladi.

  1. Tarkibida 80% temir bo‘lgan 1t temir rudadan nazariy jihatdan 3% uglerodi va 3% boshqa elementlari bo‘lgan qancha cho‘yan olish mumkin?

  2. 4,6 g temir (II) gidroksidini temir (III) gidroksidigacha oksidlash uchun 180C va 100 kPa da qancha hajm havo kerak bo‘ladi?

Yüklə 109,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə