Terdupining “Aniq va tabiiy fanlar” yoʻnalishining mi-101 guruh talabasi Xalilova Oʻgʻiloyning taqdimoti



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə1/5
tarix04.05.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#108324
  1   2   3   4   5
MI-101

TerDUPIning “Aniq va tabiiy fanlar” yoʻnalishining MI-101 guruh talabasi Xalilova Oʻgʻiloyning taqdimoti.

Ichki sekretsiya bezlarining yosh xususiyatlari va endokrin kasalliklari.

Reja:

  • Ichki sekretsiya bezlari haqida tushuncha.
  • Odam tanasidagi bezlar.
  • Gipofiz, epifiz , qalqaonsimon bez, qalqon oldi bezi ayrisimon bez, buyrak usti bezi, meʼda osti bezi, jinsiy bezlar haqida tushuncha.
  • Garmonlar, ularning organizmdagi vazifasi.

Ichki sekretsiya bezlari haqida tushuncha.

  • Evolyusiya jarayonida, shunday o‘ziga xos organlar sistemasi hosil bo‘ldiki, bu sistema murakkab kimyoviy moddalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib xatto hayot jarayonlarini ham boshqara oladi. Bu ichki sekretsiya bezlaridir.
  • Ichki sekretsiya bezlarining chiqarish yo‘llari bo‘lmaydi, shuning uchun ular endokrit bezlar deb ataladi. Bu so‘z grekcha endon - ichki va krino ajratish, chiqarish so‘zlaridan olingan.

Ichki sekretsiya.

  • Ichki sekretsiya - organizmdagi har xil aʼzo va toʻqimalarning qonga yoki toʻqima suyuqligiga maxsus moddalar ishlab chiqarishi. Odatda, endokrin bezlar deganda maxsus fiziologik faol moddalar — gormonlarni sintezlab, organizmning bevosita ichki muhiti — qon va toʻqima suyuqligʻiga chiqaruvchi bezlar tushuniladi. Ichki sekretsiya bezlariga gipofiz, qalqonsimon bez, qalqonsimon bez yonidagi bezchalar, buyrak usti bezlari, meʼda osti bezining orolcha (ink-retor) qismi, jinsiy bezlarning bir qismi, shuningdek, epifiz (gʻurrasimon bez), ayrisimon bez (timus) kiradi. Ichki sekretsiya bezlarining hammasi bir-biriga chambarchas bogʻliq boʻlib, yagona funksional sistemani tashkil etadi, uning faoliyatini nerv sistemasi boshqaradi. Gipofiz Ichki sekretsiya bezlari orasida alohida oʻrin tutadi. Ichki sekretsiya bezlaridan chiqadigan gormonlar organizmning turli aʼzo va sistemalarini bir-biriga bogʻlaydi, organizm funksiyalarining gumoral yoʻl bilan (suyuqliklar vositasi b-n) boshqarilishida qatnashadi. Ichki sekretsiya bezlarining asosiy vazifasi moddalar almashinuvi, oʻsish, jismoniy taraqqiyot va balogʻatga yetishni boshqarishdan iborat.

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə