Teri kasalliklarida qo'llaniladigan dorivor o'simliklar. Reja


Qayin daraxti kurtagi va bargi – gemmae Betulae et folium betulal



Yüklə 13,02 Kb.
səhifə3/5
tarix27.12.2023
ölçüsü13,02 Kb.
#163538
1   2   3   4   5
Teri kasalliklarida qo\'llaniladigan dorivor o\'simliklar. Reja-fayllar.org (1)

Qayin daraxti kurtagi va bargi – gemmae Betulae et folium betulal.
Kimyoviy tarkibi: Qayin daraxti kurtagi tarkibida 3,5-8% efir moyi, flovon glyukozitlari, 3% saponinlar, smola, askorbin kislota, oshlovchi va antibiotik moddalar bo`ladi. Kurtakning efir moyi sariq rangdagi hushbo`y quyuq suyuqlik bo`lib, moy tarkibida bisiklik seskviterpen spirti – betulen (41-47% sof va 30-45% sirka kislota bilan birikkan holda), betulol, betulenol kislota va naftalin bo`ladi. Barg tarkibida 0,04-0,05% efir moyi, 2,8% gacha askorbin kislota, 5-9% oshlovchi moddalar 3,2% gacha saponinlar, betulopetin kislota efiri, triterpin spirtlari, flavon glikozitlar va boshqa birikmalar bor. Barg va kurtak bakteriotsit xossaga ega. Qayin po`stlog‘i tarkibida triterpin spirti – betulin, betulozit va gaulterin glikozitlar, 15% gacha oshlovchi moddalar, efir moyi va alkoloidlar bo`ladi.
Ishlatilishi: Qayin daraxti kurtagi va bargining preparatlari siydik haydovchi dori sifatida qo`llaniladi. Bundan tashqari barg avitaminozda, kurtak preparatlari esa o`t haydash uchun ishlatiladi. Daraxtning qatroni- qora moyi yaralarni davolash uchun surtiladigan Vishnevskiy surtmasi, qo`tir va boshqa teri zabburug‘li kasalliklarini davolashda surtiladigan Vilkinson surtmasi tarkibiga kiradi. Qayin va qoraterak kurtaklaridan teng miqdorda olib ustiga spirt yoki aroq 1:10 nisbatda solib 7 kun saqlanadi. Suzib olib, surtish va primochka sifatida ishlatiladi. Qayin kurtagini 2-choy qoshig‘i ustiga 300 ml spirt quyib, 14 kun davomida saqlanadi. Suzib olib jarohat joyiga surtiladi.
Dorivor preparatlari: Kurtakdan damlama, qaynatma va nastoyka, bargidan esa faqat damlama tayyorlanadi. Daraxtdan qatron olinadi. Aktivlashtirilgan ko`miri “Karbolen” tarkibiga kiradi.
Qoncho`p o`simligining yer ustki qismi – herba chelidonii.
Kimyoviy tarkibi: O`simlikning yer ustki tarkibida 0,97-1,87%, ildizida esa 1,9-4,14% alkoloidlar bo`ladi. Alkoloidlar summasidan xeladonin va boshqa alkoloidlar ajratib olingan. Qoncho‘p alkoloidlari opiy alkoloidlariga yaqin bo`lib, u izoxinolin unumlariga kiradi. Mahsulot tarkibida alkoloidlardan tashqari 0,01% gacha efir moyi, 175 mg% gacha C vitamini, 14,9 mg% gacha karotin hamda organik kislotalar (xelidon, olma, limon va qahrabo kislotalari), flavonoidlar va saponinlar bo`ladi.
Ishlatilishi: Qoncho`pning yer ustki qismidan tayyorlangan damlama jigar va o`t pufagi kasalligida, pasta esa teri silini davolashda ishlatiladi. Ho`l o`simlikdan olingan shira xalq meditsinasida so‘gal va qadoqni yo`q qilishda, hamda teri kasalliklarini davolashda qo`llaniladi. Qoncho`p o`simligi va uning alkoloidlari bakteriotsit xususiyatga ega. Qoncho‘p sharbatini jarohat joyiga surtiladi. O‘tidan tayyorlangan bo‘tqa bog‘lam tarzda 20-30 daqiqa jarohat joyiga qo‘yiladi.
Dorivor preparatlar: Damlama – infucum chelidonii, pasta. Ho`l o`simlik shirasi. Mahsulot o`t haydovchi choylar – yig‘malar tarkibiga kiradi.

Yüklə 13,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə