Teri kasalliklarida qo'llaniladigan dorivor o'simliklar. Reja



Yüklə 13,02 Kb.
səhifə2/5
tarix27.12.2023
ölçüsü13,02 Kb.
#163538
1   2   3   4   5
Teri kasalliklarida qo\'llaniladigan dorivor o\'simliklar. Reja-fayllar.org (1)

Tikansimon qavat 5-10 qator bo‘lib joylashgan kub shaklidagi epiteliy hujayralaridan iborat, bu qavat hujayralari donador qavatga yaqinlashgani sari hujayralarning shakli yassilashib boradi. Hujayralar orasida hujayralararo bo‘shliq (kanal) bor. Bu hujayralarning tikansimon deb atalishiga sabab, ularda tsitoplazmatik o‘simtalar (tikanlar, akantlar) mavjud bo‘lib, ular zichlashgan hujayra qobig‘idan, tonofibrillalardan va tonofilamentlardan hosil bo‘lgan. Tikansimon qavat hujayralarining boshqa qavat hujayralaridan farq qildiruvchi yana bir xususiyatli ularda tonofibrillalarning juda yaxshi rivojlanganligidadir.
Donador qavat bir qatordan to‘rt qatorgacha bo‘lgan cho‘zinchoq shaklidagi (duksimon) epidermotsitlardan iborat. Hujayralarning ikki uchi ingichka, o‘rtasi yo‘g‘onroq bo‘lib, protoplazmasi butunlay donador kiritma bilan to‘ldirilgan.
Yaltiroq qavat donador qavatdan yuqorida joylashgan bo‘lib, kaft va tovonlarda yaqqol bilinadi. Cho‘zinchoq hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, bu hujayralarning ichi tiniq oqsil moddasi bilan to‘ldirilgan, bu modda ko‘rinishi bo‘yicha moyni eslatgani uchun elaidin deb ataladi (eley - moy). Hujayralar tarkibida glikogen va yog‘ moddalari (lipoidlar, olein kislotasi) ham aniqlangan.
Muguz qavat epidermisning eng yuqorigi qavati bo‘lib, bevosita tashqi muhit bilan aloqada bo‘lib turadi. Bu qavat tashqi muhitning har xil ta’sirlariga chidamliligi bilan ajralib turadi. Ushbu qavat hujayralari yassi, yupqa, cho‘zinchoq shaklga ega bo‘lib, yadrosi yo‘q, protoplazmasi butunlay keratin moddasi (muguz moda) bilan to‘ldirilgan. Keratin albunoid modda bo‘lib, o‘zida ko‘p miqdorda oltingugurt tutadi, undan tashqari yog‘ va polisaxaridlarni ham tutadi, suv juda oz miqdorda bo‘ladi. Qavatning pastki qismida hujayralar bir-biri bilan juda mustahkam bog‘langan, yuqorigi qismida esa ular unchalik kompakt emas.
Teri kasalliklarida ishlatiladigan dorivor o‘simliklar bilan tanishib chiqamiz.
Kanakunjut –Ricinus communis
Kimyoviy tarkibi: Urug‘ tarkibida 40-56% qurimaydigan moy, 14-17% oqsil moddalar, 0.1-1% alkaloidlar, 18-19% klechatcha va boshqalar bo‘ladi. Kanakunjut urugi tarkibida zaharli oqsil modda-ritsin va retsitin alkaloid bor. Moydagi zaxarli modda –Ritsinni parchalash uchun undan issiq suv bug‘i o‘tkaziladi. Kanakunjut moyi sarg‘ish, tiniq, quyuq suyuqlik bo‘lib, yoqimsiz hid va mazaga ega. U spirtda yaxshi eriydi (boshqa moylardan farqi). Moy -10-18 C da qotadi. Moy 80-85% ritsinol (oksiolein) kislota glitseridlaridan tashkil topgan. Uning tarkibida yana stearin, olein, linol va diaksistearin kislotalarning glitseridlar uchraydi.
Ishlatilishi: Kanakunjut moyi meditsinada eng yaxshi surgi dori sifatida ishlatiladi. Shuningdek, ginekologiyada hamda ko‘z kasalliklarini yaralarni, tananing kuygan yerini leyshmanioz va boshqa teri kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi. Kanakunjut moyi soch o‘sishiga yordam beradi. Kanakunjut moyi past bosimda 240-300 C issiqlikda qizdirilsa, tarkibidagi ritsinol kislota parchalanib geptaldegid enantol va undetsilen kislota hosil bo‘ladi.
Hosil bo‘lgan undetsilen kislota fungitsidlar (parazit zamburug‘larni o‘ldiradigan) xossaga ega bo‘lganligidan teri kasalliklari dermatozlarni hamda psoriaz kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi.

Dori preparatlari: Kanakunjut moyi, moy emulsiyasi, urug‘idan tayyorlangan pasta va undetsilen kislotaning 10% li eritmasidan tayyorlangan surtma dori. Bundan tashqari Vishnevskiy surtmasi va elastik kollodiy- collodium elasticum tarkibiga ham kiradi. Kanakunjut moyining past temperaturalarda qotishi, spirtda erishi, nihoyatda yopishqoqlik hamda surgi xususiyati uning tarkibida oksiolein-ritsinol kislota borligiga bog‘liq. Moy yuqori temperaturada qizdirilsa, ritsinol kislota gidroksil gruppasini, moy esa yuqorida aytib o‘tilgan xossalarini yo‘qotadi. Shuning uchun ham moyni ovqatga ishlatish uchun kanakunjut Xitoyda ko‘p ekiladi.



Yüklə 13,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə