Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti



Yüklə 13,72 Mb.
səhifə14/85
tarix10.11.2023
ölçüsü13,72 Mb.
#132732
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   85
Issiqxona ekinlari urug\'chiligi majmua

O‘simliklar seleksiyasi - dastlabki materialni tanlab olib, o‘rganish va tayyorlash, shuningdek irsiyatni o‘zgartirish va yangi shakllarni tanlab olishga doir ilmiy usul-amallarni qo‘llash asosida qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi navlarini yetish-tirib chiqarish to‘g‘risidagi fan.
Navshunoslik - o‘simlik navlari to‘grisidagi fan bo‘lib, nav-larning kelib chiqishini, geografik tarqalishidagi qonuniyat-larni, turli ekologik mintaqalarga ekilganida morfologik, biologik, biokimyoviy, xo‘jalik belgilarining o‘zgaruvchanligi-ni o‘rganadi va nav qaysi mamlakatlarga, qaysi joylarga ekil-ganida o‘zining xo‘jalikda qimmatli belgilarini hammadan ko‘p-roq yuzaga chiqarishini aniqlashga, ya’ni arealini belgilab olishga imkon beradi.
Urug‘shunoslik – o‘simlik urug‘lari to‘g‘risidagi fandir, u urug‘larning ona o‘simlikdagi urug‘ kurtak urug‘langanidan bosh-lab, to yangi o‘simlik maysalari unib chiqkuncha o‘tadigan hayotini o‘rganadi va urug‘lik materiali sifatini yaxshilash, uni taxlil qilish va baholash uslublarini ishlab chiqadi.
Urug‘chilik – qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining bir tarmog‘idir, uning vazifasi barcha xo‘jaliklarni ishlab chiqa-rishga joriy etilgan navlar va duragaylarning yuqori sifatli urug‘lari bilan ta’minlashdan iborat.
Sabzavot va poliz o‘simliklari seleksiyasining asosiy vazifasi yuqori hosilli bo‘lgani xolda sifatli mahsulot beradigan, kasalliklarga, zararkunandalarga, tashqi muhitning noqulay sha-roitlariga chidamlilik xossalarini o‘zida jam qilgan, mexa-nizmlar yordamida parvarishlashga moslashgan nav, geterozis du-ragaylarni yaratishdan iboratdir.
Sabzvot ekinlari seleksiyasining asosiy vazifalari mahalliy sharoitlarga moslashgan, hosildor, har xil xo‘jalik maqsadlari-da ishlatish uchun yaroqli yangi navlar ishlab chiqarish, respub-likamizda meva-rezavor o‘simliklari navlar majmuini yaxshilash va takomillashtirishdan iboratdir.
2. Seleksiya yangi navlar ustida izlanishlar olib borar ekan, birinchi navbatda navshunoslik fani bilan chambarchas bog‘langan. Yangi navlar olishda birlamchi materiallarning bio-logik xususiyatlarini, eng muhim xo‘jalik belgilarini o‘rganish va bilish, ularni mavjud navlar bilan taqqoslash, har xil iqlim sharoitlarda sinab ko‘rish lozim. Shuning uchun navlar to‘g‘risida to‘la ma’lumotga ega bo‘lmasdan, ularning afzallik va kamchilik tomonlarini bilmasdan turib yangi navlar olish, hamda ularni ishlab chiqarishga tadbiq etish mumkin emas.
Genetika seleksiya fanining nazariy asosi hisoblanadi. Mevali daraxtlar seleksiyasining yutuqlari seleksiya jarayoni-ning qay darajada genetik qonuniyatlarga asoslanganligiga bog‘-liqdir. Yangi nav yaratilishi jarayonining ilk bosqichida dura-gaylash uchun juftliklar tanlashda sistematikaning ahamiyati kattadir. Foydalanilayotgan o‘simlik namunalarining qaysi tur, avlodga mansub ekanligini, ularning genetik kelib chiqishini yaxshi bilish lozim.
O‘simliklarning yovvoyi ajdodlari foydali, juda muhim xo‘jalik belgilarga ega bo‘lganligi uchun ulardan samarali foydalanish ham sistematikaga bevosita bog‘liqdir.
Fiziologik va biokimyo izlanishlar navlar orasidagi hosildorlik farqini tushuntirib berishda katta rol o‘ynaydi. Shuning uchun o‘simliklarning mahsuldorligini aniqlovchi mor-fologik belgilarini uzviy ravishda ularning fiziologiyasi bilan birgalikda o‘rganish kerak. N. I. Vavilov ham o‘simlik belgilarini fiziologik analiz qilishga katta e’tibor bergan. Bu esa seleksiya ishlarini ham genetik, ham fiziologik asosda olib borishni taqozo etadi.
Meva va sabzavotlarning biokimyoviy tarkibi ham nav qiymatini aniqlaydigan belgilardan biri hisoblanadi. Vitaminlar, mineral tuzlar, organik kislotalar va odam organizmi uchun zarur bo‘lgan boshqa biokimyoviy birikmalarga boy bo‘lgan navlar olish biokimyo mutaxassislari bilan birgalikda ish olib borishni talab etadi.
Kasallik va zararkunandalarga chidamli navlar olishda esa fitopatologiya va entomologiya fani yutuqlaridan to‘la foydala-niladi.
3. Seleksiya rivojlanishining tarixida to‘rt bosqichni ajratish mumkin: oddiy .seleksiya, xalq seleksiyasi, sanoat seleksiyasi va ilmiy seleksiya.

Yüklə 13,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə