Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti



Yüklə 13,72 Mb.
səhifə16/85
tarix10.11.2023
ölçüsü13,72 Mb.
#132732
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   85
Issiqxona ekinlari urug\'chiligi majmua

Ilmiy seleksiya. Bunga XIX asrning ikkinchi yarmida asos solingan. Ilmiy seleksiyaning rivojlanishida Ch.Darvin (1809-1882) ya’ni uning organik dunyo evolyusiyasi to‘g‘risida oldingga surgan ta’limoti seleksiyaga ilmiy asoslab berdi va uning poydevori bo‘lib qoldi. Gregor Mendel (1822-1884) changlantirish tajribalariga asoslanib, irsiyat qonunlarini ta’riflab berdi, belgilarning ajralish hodisasi va buning miqdoriy qonuniyatlarini aniqladi, turli belgilarning ahamiyati bir-xil emasligini isbotlab berdi, retsessiv va dominant belgilar to‘g‘risidagi tushunchalarni kiritdi. Seleksiya ilmiga G.de Friz (Gollandiya), K.Korenne (Fransiya) va E.Chermak(Avstriya) lar katta xissa qo‘shdilar.
Ingliz olimi T.E.Nayt (1759-1838) sun’iy chatishtirish usulini qo‘llab olma, nok, olxo‘ri va qulupnayning yangi navlarini olishga erishdi.
XIX asr o‘rtalarida darvinizmng paydo bo‘lishi meva ekinlari seleksiyasi rivojlanishida katta rol o‘ynadi. Ch.Darvinning (1809-1882) evolyusion ta’limoti yangi navlar yaratish uchun ilmiy asos bo‘ldi. Ch.Darvin ta’limotiga asoslanib meva ekinlari seleksiyasida amerika seleksioner olimi L.Berbank (1849-1926) katta yutuqlarga erishdi.
Genetika va biologiyaning boshqa sohalaridagi ijobiy ilmiy izlanishlar, ayniqsa o‘simliklar sistematikasi, botanika va sitologiya yutuqlari hamda mikroskopik texnikaning rivoj-lanishi XX asr boshida o‘simliklar seleksiyasini yuqori bosqichga - «ilmiy seleksiya» davriga ko‘tardi. Bunda seleksiya jarayonini ilmiy asosda boshqarish, shuningdek uning biologiya va qishloq xo‘jalik fanlari yutuqlari bilan to‘la bog‘liqligi namoyon bo‘ldi.
4. O‘zbekiston Respublikasi «Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida» gi qonuni 1996 yil 30 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 9 sessiyasida qabul qilingan, 1996 yil 13 sen-tyabrdan kuchga kirgan. 2002 yil ushbu qonunga o‘zgartirishlar kiritilgan
O‘zbekiston Respublikasi «Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida» gi qonuni 7 ta bo‘lim, 43 ta moddadan iboratdir:
I bo‘lim. Umumiy qoidalar. Ushbu bo‘lim «Asosiy tushunchalar», «Seleksiya yutuqlari to‘g‘risidagi qonun xujjatlari» va «Seleksiya yutuqlarini himoya qilishning tashkiliy asoslari» moddalarini o‘z ichiga oladi.
Qonunga muvofiq, endilikda o‘simliklar navi va xayvonlar zoti - «Seleksiya yutug‘i» deb yuritiladi;

Yüklə 13,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə