Термиз давлат университети 5А110902 “Педагогика ва психология” йўналиши 1-курс магистранти Донаева Нозима Норбўтаевнанинг



Yüklə 25,63 Kb.
səhifə1/9
tarix01.03.2022
ölçüsü25,63 Kb.
#84205
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Asosnoma Ezozxon


NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

5A112001 - “__________” yo‘nalishi 1-kurs magistranti Ezozxon Sarvarovna

Dissertatsiya ishi mavzusini tanlash bo‘yicha
ASOSNOMA
Tadqiqotchi: Ezozxon Sarvarovna
Bajarilishi rejalashtirilayotgan dissertatsiya ishi mavzusi:
BO‘LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARI TALAFFUZINI TAKOMILLASHTIRISHDA O‘ZBEK SHEVALARINING TA'SIRI VA ULARNING YECHIMI”

Ilmiy rahbar:

Ilmiy maslahatchi:
Ixtisoslik shifri: 5A112001

Ish bajarilayotgan tashkilot: Navoiy davlat universiteti


KIRISH
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. Bugun jahon hamjamiyati o'ziga munosib o'rin egallashga intilayotgan mamlakatimiz uchun, chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o'z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati yo'qdir". Ushbu masala yuzasidan amalga oshirilgan daslabki ishlardan biri bu O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi "Chet tillarini o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tog'risida" PQ-1875-soni1 Qaroridir.

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son2 qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.05.2021 yildagi “Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi3” 312-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 11.08.2017 yildagi “Ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida4”gi 610-son qarori va boshqa shunga monand qonun va qarorlar mamlakatimizda xorijiy tillaarni o’qitish tizimi, xususan ingliz tilining rivojiga kata turtki bo’lmoqda

Joriy yilda prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida chet tillarini o‘qitish tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida 2021-yildan chet tili o‘qituvchilariga milliy va xalqaro sertifikatga ega bo‘lish talabi kiritilishi xaqida ta`kidlang edi.

Shuni alohida ta`kidlash kerakki, respublikamizda chet tilining o’qitilishi, chet tili o’qituvchilarining bilim va ko’nikmalarini baholashning umumevropa ramkalari tavsiyanomalari (CEFR) ga mos ravishda yangi usul va talablari ishlab chiqildi. Unga ko’ra umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari uchun darsliklar yaratilmoqda. Ushbu talablarga mos ravishda o’quv xonalari stendlar va yangi axborot kommunikativ texnikalar bilan jihozlandi. Chet tili o’rganishga bo’lgan talab ham kundan kunga oshdi.




Yüklə 25,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə