18-MAVZU. XALQARO SAVDO. Masalalarni yechilishi bo‗yicha namunalar: 1-masala A davlat bir yilda 70 ta yengil sport samolyotini ishlab chiqaradi. Ulardan 20 tasi
ichki iste‘molga, 50 tasi esa eksportga chiqariladi. Erkin savdo sharoitlarida 1 ta
samolyotning bahosi – 6000 doll. Hukumat tarmoqni rag‗batlantirish maqsadida
har bir samolyotning qiymatidan 15% miqdorida subsidiya ajratadi. Natijada
samolyotning ichki narxi 6450 doll.gacha oshdi, eksport narxi esa 5550 doll.ga
kamayadi. Eksport hajmi 70 ta samolyotgacha o‗sdi.
Subsidiyalar joriy qilishning oqibatlarini aniqlang.
Yechish: Subsidiyalar joriy qilinishini grafik ko‗rinishida quyidagicha aks ettirish mumkin:
Grafikda S
w
egri chizig‗i A davlat samolyotlari eksportini, D
d
- egri chizig‗i esa
ichki talabni ko‗rsatadi. Bozor muvozanatiga ye nuqtada erishiladi, ya‘ni A davlat
6000 doll.lik narx bo‗yicha 50 ta samolyot chiqaradi. Eksportdan olinadigan
daromad: 6000 x 50 = 300000 doll. teng. Subsidiya joriy qilingandan so‗ng A
davlat eksporti pasayadi, ishlab chiqarish hajmi 80 ta samolyotgacha ortadi, S
w
egri chizig‗i S
s
darajagacha siljiydi
va j nuqtada bozor muvozanati o‗rnatiladi.
Subsidiya joriy qilingandan so‗ng eksport bahosi 450 doll. (6000 – 5550) ga
pasayadi, ya‘ni A davlat uchun uchun savdo sharoitlari yomonlashadi, biroq
eksport hajmi 70 ta samolyotgacha o‗sadi.
Eksportning o‗sishi ichki bozorda samolyotlar soni 10 tagacha qisqarishiga olib
keladi: 20 – 10 = 10, chunki ichki narx o‗sadi. Subsidiya ajratishga davlat budjeti
xarajatlari 70 x 900 (15% ot 6000 doll.) = 63000 doll.ni tashkil etadi.
239
Shunday qilib, eksport subsidiyasi mamlakat uchun savdo sharoitlarini
yomonlashtiradi, lekin bunda tashqi dunyo daromadlarini oshiradi.