Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/76
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#138639
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76
buxgalteriya hisobi nazariyasi

 
 
9. Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslari (BHMS 
asosida). 
Ushbu konseptual asos O‘zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to‘grisida"gi 
Qonuni asosida ishlab chiqilgan va foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobotni tayyorlash va 
taqdim etish asosini tashkil etuvchi tushunchalarni belgilab beradi. 
Ushbu konsepsiyaning maqsadi quyidagilarga yordam berishdan iborat: 
1. Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tizimini tartibga soluvchi davlat organi - 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga - buxgalteriya hisobi milliy standartlarini (keyingi 
o‘rinlarda BHMS) rivojlantirish va ularni qayta ko‘rib chiqishda; 
1.
Moliyaviy hisobotni tayyorlovchi shaxslarga - BHMS dan foydalanishda
2.
Auditorlarga - BHMS moliyaviy hisobotiga mos keladigan xulosalarni tayyorlashda; 
3.
Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga - moliyaviy hisobotdagi ma’lumotlarni tahlil 
qilishda.
Konsentual asos BHMS hisoblanmaydi va biron-bir nizoli masalani baholash yoki 
tushuntirish uchun uning ta’riflarini o‘z ichiga olmaydi. Ushbu konseptual asosdagi mavjud 
qoidalar buxgalgeriya hisobining alohida bir standartini rad etmaydi.
Ayrim hollarda, agar konseptual asos bilan BHMS o‘rtasida ziddiyatlar bo‘lsa, - 
BHMSning talablari konseptual asos talablaridan ustun kelsa, O‘zbekiston Respublikasi Moliya 


vazirligi BHMSni ishlab chiqishda ushbu konseptual asosga amal qiladi va ana shu ziddiyatlarni 
bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘radi. 
4. Konsentual asos buxgalgeriya standartlarining amaliy faoliyatini hisobga olgan holda 
O‘zbekisgon Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
 
 
O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonuni va uning 
ahamiyati. 
O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni 1996 yil 30 avgustda 
qabul qilingan bo‘lib, u o‘z ichiga 24 ta moddani oladi: 
1-modda. Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari 
2-modda. Buxgalteriya hisobining maqsadi va vazifalari 
3-modda. Buxgalteriya hisobi sub’ektlari 
4-modda. Buxgalteriya hisobi ob’ektlari 
5-modda. Buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish 
6-modda. Buxgalteriya hisobining asosiy qoidalari 
7-modda. Buxgalteriya hisobini tashkil etish 
8-modda. Imzo huquqi 
9-modda. Boshlang‘ich hisob hujjatlari 
10-modda. Buxgalteriya hisobi registrlari 
11-modda. Aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish 
12-modda. Aktivlar va majburiyatlarni baholash 
13-modda. Daromadlar va xarajatlarni hisobga olish 
14-modda. Xususiy kapitalni hisobga olish 
15-modda. Garovni hisobga olish 
16-modda. Moliyaviy hisobot 
17-modda. Umumlashtirilgan moliyaviy hisobot 
18-modda. Moliyaviy hisobotning hisobot davri 
19-modda. Moliyaviy hisobotni taqdim etish 
20-modda. Moliyaviy hisobotni e’lon qilish 
21-modda. Tugatish vaqtida moliyaviy hisobot 
22-modda. Buxgalteriya axborotining maxfiyligi 
23-modda. Buxgalteriya hujjatlarini saqlash 
24-modda. Buxgalteriya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə