Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti


Moliyaviy vositachilarning umumiy tarkibi



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə2/18
tarix19.12.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#153055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
1.Zamonaviy (amaliy) moliyaviy vositachilar

1. .Moliyaviy vositachilarning umumiy tarkibi.

MOLIYAVIY VOSITACHILAR – qo’yilgan vazifalarni hal etish uchun taqsimlash va nazorat vazifasini bajaradilar, zero, to’plangan fondlarni to‘g’ri taqsimlashgina emas, balki ulardan jamiyat uchun naqadar samarali, qanday foyda bilan ishlatilayotganligini nazorat qilish ham muhim.
Moliyaviy vositachilar shunday firmalarki, ularning asosiy vazifasi moliya bozoridagi mijozlarni shaxsan ular ishtirokidagi operatsiyalaridan ko‘ra yuqoriroq samara beradigan moliyaviy mahsulot va xizmatlar bilan ta’minlashdan iborat. Asosiy ishi moliyaviy xizmatlar taqdim etish va moliyaviy mahsulotlar savdosidan iborat bo’lgan firmalar moliyaviy vositachilar deb yuritiladi. Moliyaviy vositachilarning moliyaviy xizmatlari qatoriga hisobraqamlarni ochish, tijorat qarzlari va ipoteka kreditlarini berish, sug’urta shartnomalarining keng doirasiga hamda o’zaro jamg’armalarda ishtirok etishga yo’l ochish kiradi.
Moliyaviy vositachilarning asosiylari sifatida banklar, investitsiya va sug‘urta kompaniyalarini ko‘rsatish mumkin. Ularning moliyaviy mahsulotlariga , boshqalar qatorida, chek hisobvaraqlari, kreditlar, ipotekalar, o‘zaro fondlarning qimmatli qog‘ozlari va keng ko‘lamli sug‘urta shartnomalari kiradi. Moliyaviy vositachiga eng oddiy misol sifatida o‘zaro fondni olishimiz mumkin. U ko‘pchilik mayda investorlarning moliyaviy resurslarini birlashtiradi va yig‘ilgan mablag‘larni qimmatli qog‘ozlarga joylashtiradi. Bunday fondlar o‘z operatsiyalari masshtabining kengligi tufayli qimmatli qog‘ozlar hisobi va savdosida sezilarli darajada tejamkorlikka erishadi va tabiiyki, mijozlarga mablag‘larni qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilishning bevosita fond bozoridagi qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisidan ko‘ra samaraliroq usullarini taklif qiladi.
Banklar. Ularning asosiy funksiyalari va turlari.


Hozirgi kunda banklar aktivlari nuqtai nazaridan eng yirik va qadimiy moliyaviy vositachilar hisoblanadi. Birinchi banklar bundan yuzlab yillar avval Italiya shaharlarida paydo bo‘lgan. Ularning asosiy funksiyasi hisob va kliring operatsiyalarini amalga oshirish uchun to‘lov mexanizmlarini taklif qilish bo‘lib, bu o‘sha paytda keskin o‘sish davrini boshdan kechirayotgan savdo-sotiqning tovar va xizmatlar bilan rivojlanishiga yordam bergan. Birinchi banklarni ayirboshlovchilar ochgan. “Bank” so‘zi italyancha - "banca" so’zidan kelib chiqqan bo’lib, – “suyanchiqli kursi” degan ma’noni anglatadi.Chunki, ayirboshlovchilar pullarni suyanchiqli uzun kursida o‘tirib almashtirganlar. Bizning kunlarda bank deb nomlanuvchi ko‘pchilik firmalar kamida ikkita: omonatlarni qabul qilish va qarz berish funksiyalarini bajaradi. AQShda bu turdagi muassasalar tijorat banklari (commercial banks) deb nomlanadi. Ayrim mamlakatlarda banklar deyarli har qanday moliyaviy funksiyalarni bajaruvchi moliyaviy vositachilar hisoblanadi. Ular mijozlarga faqat pullarni o‘tkazish va qarz berish bo‘yicha turli operatsiyalarni bajarishga oid xizmatlarni taklif etibgina qolmay, balki o‘zaro fondlar va sug‘urta kompaniyalari funksiyalarini ham bajaradilar. Masalan, Germaniyada universal banklar deb nomlanuvchi banklar ko‘proq ixtisoslashgan moliyaviy vositachilarga xos bo‘lgan deyarli barcha moliyaviy funksiyalarni bajaradilar.
Oxirgi vaqtlarda, har xil turdagi moliyaviy institutlar o‘rtasida ular qaysi moliyaviy xizmat turlarini taklif qilayotganligi asosida chegara tortish borgan sari qiyinchilik tug‘dirmoqda. Masalan, Deutsche Bank garchi klassifikatsiya bo‘yicha universal bank hisoblansa-dauning funksiyalari, odatda qimmatli qog‘ozlar bilan broker-dilerlik operatsiyalariga ixtisoslashgan banklar sirasiga kiruvchi Merrill Lynch Bank funksiyalaridan ozginaga farq qiladi.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə