Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti


Depozit-jamg`arma tashkilotlari. Jamg`arma banklari, ssuda jamg`arma assotsatsiyalari va kredit uyushmalari



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə3/18
tarix19.12.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#153055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
1.Zamonaviy (amaliy) moliyaviy vositachilar

Depozit-jamg`arma tashkilotlari. Jamg`arma banklari, ssuda jamg`arma assotsatsiyalari va kredit uyushmalari.


Depozit-jamg‘arma yoki ssuda-jamg‘arma muassasalari terminlari jamg‘arma banklari, ssuda -jamg‘arma assotsiatsiyalari va kredit uyushmalarini umumiy nomlash uchun qo‘llaniladi. Dunyoning taraqqiy etgan mamlakatlarida, shu jumladan, AQShda ular tijorat banklari bilan omonat operatsiyalari sohasida ham, qarz berish sohasida ham raqobatdoshlik qiladi. AQShda shu turdagi tashkilotlar uy sotib olish uchun ipoteka zayomlari va iste’mol zayomlari bo‘yicha ixtisoslashgan. Boshqa davlatlarda ham funksiyalari AQShdagi ssuda-jamg‘arma tashkilotlari va kredit uyushmalari funksiyalariga o‘xshaydigan ixtisoslashtirilgan turli xil jamg‘arma institutlari mavjud.


3.Sug`urta kompaniyalari. Ularning asosiy funksiyalari. Sug`urta polislari.Sug`urta turlari. Sug`urta mukofotlari.


Sug‘urta kompaniyalari – bu moliyaviy vositachilar bo‘lib, ularning asosiy funksiyasi uy xo‘jaliklari va firmalarga alohida turdagi shartnomani sotib olish orqali risk darajasini kamaytirish imkoniyatini taqdim etishdir. Bunday shartnoma sug‘urta polisi deb nomlanadi va unga muvofiq, unda keltirilgan konkret holatlar yuzaga kelganda mijozlarga ma’lum summa to‘lanadi. Predmeti baxtsiz hodisadan, o‘g‘irlik yoki yong‘indan sug‘urtalash bo‘lgan polislar kutilmagan hodisalardan keladigan zararni sug‘urtalash va mulkiy sug‘urtalash sohasiga kiradi. Sog‘liq bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha to‘lovlarni nazarda tutuvchi polislar kasallik bo‘yicha va mehnatga layoqatsizlik sug‘urtasiga, mijoz vafot etgan taqdirda pul to‘lanishi nazarda tutiladigan polislar hayotni sug‘urtalashga kiradi.Sug‘urta polislari ularni sotib oluvchi uy xo‘jaliklari va firma-larning aktivi hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida ular sug‘urta kompaniyalarining qarzdorlik majburiyatlari sifatida amalda bo‘ladi. Xizmat ko‘rsatilgani uchun mijoz tomonidan to‘lanadigan pullar sug‘urta mukofoti deyiladi. Mijozlar sug‘urta mukofotini xizmat ko‘rsatilishdan avval to‘laganlari sababli, sug‘urta kompaniyalari ushbu pul mablag‘larini ma’lum vaqt mobaynida ishlatadilar. Bu muddat bir yildan kam bo‘lishi ham mumkin. Shuningdek, bir necha o‘n yillarga cho‘zilishi ham mumkin. Sug‘urta kompaniyalari mijozlardan olgan sug‘urta mukofotlarini turli xil moliyaviy aktivlarga: aksiyalar, obligatsiyalar va ko‘chmas mulkka qo‘yadilar.


Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə