Termiz davlat universiteti


II BOB. YEVROPADA RENESANS DAVRIDA TASVIRIY SAN’ATNI O`QITISH



Yüklə 49,59 Kb.
səhifə13/15
tarix22.04.2022
ölçüsü49,59 Kb.
#85875
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
RENESANS DAVRIDAGI TASVIRIY SAN’AT NAZARIYASI.

II BOB. YEVROPADA RENESANS DAVRIDA TASVIRIY SAN’ATNI O`QITISH

II.1. Tasviriy san’atni o`qitishga doir dastlabki ma’lumotlar va ularning xarakteri.

Jahonda tasviriy san`atni o`qitilishiga dastlabki Haqida ma`lumotlar etarli bo`lmasada, biroq qadimgi Misr va YUnonistonda eramizdan avvalgi 3- asrlarga doir materiallar Ham mavjud. Qadimgi Misrda tog` qoyalariga o`yib ishlangan Haykallar, shuningdek rangtasvir asarlari o`zining yuksak badiiyligi va ishlanish texnikasi jiHatidan kishilarni Hayratga solib kelmoqda. 1-rasm. SHuni aloHida qayd qilish lozimki, bunday san`at asarlari qanday shaklda bo`lishidan qat`iy nazar ularni maxsus maktablarsiz yaratib bo`lmaydi. Kishilar o`z tajribalarini keyingi avlodlarga turli yo`llar bilan ibtidoiy jamoa davridan boshlab o`tkazib kelganlar desak yanglishmagan bo`lamiz. Bunga eng qadimgi Misrda rasm chizishga o`rgatishga doir tarixiy manbalar guvoHlik beradi.

Tasviriy san`atni o`qitish ishi bilan odamlar qadimdan shug`ullanib kelganliklari ko`proq qadimgi Misr manbalarida saqlanib qolgan. Misr maktablarida rasm ishlashga o`rgatish muntazam ravishda chizmachilik bilan bog`liq Holda amalga oshirilgan. Tarixiy ma`lumotlarga qaraganda maktabni tugallab chiHayotgan yoshlar ma`lum maydon yuzasini o`lchash va uni qog`ozga tushura oladigan, bino planini chiza oladigan, ariq va kanallarning sxemasini tasvirlay oladigan bo`lishlari talab etilgan.

Rasm bolalarni yozish savodini chiqarishda Ham katta aHamiyatga ega bo`lgan. Masalan “ o ” harfini o`rgatish uchun oyoq rasmi, “ q ” Harfini o`rgatish uchun qo`l rasmi chizdirilgan.

Bolalarni rasm chizishga o`rgatishda qo`lni erkin Harakat qilishiga aloHida e`tibor berilgan. Erkin, engil, ravon chiziqlar chizish doskada yoki papirus qog`ozlarda bajarilgan.

SHuni ham alohida qayd qilish lozimki, bu davr maktablarida faqat bolalar o`qiganligi sababli ularga nihoyatda yuqori talablar qo`yilgan.

SHuning uchun ham talab va ko`rsatmalarga rioya qilinmaganda bolalar qattiq jazolangan, Hattoki yog`och bilan kaltaklangan.

Misr maktablarida rasm chizishga o`rgatish nazariyasi bor-yo`qligi ma`lum bo`lmasa-da, ayrim rasm chizish qoidalari qo`llanilgan. O`qituvchilar rasm chizishni (shakl, rang, o`lchov, tuzilishi v.b.) tabiatni kuzatish asosida emas, ko`proq namunadan, sxemadan ko`chirish orqali o`rgatganlar.

Ayrim ma`lumotlarga qaraganda, Misrda rasm chizishga o`rgatish qadimgi YUnonistondan ancha avval boshlangan. Italiyalik XV asr me`mori, artisti, yozuvchisi va olimi L.B.Alberti shunday deb yozadi: “Misrliklarning yozishicha, rangtasvir ishlash ularda YUnonistondan olti ming yil avval mavjud bo`lgan”

Rasm chizishga o`rgatish qadimgi YUnonistonda Ham o`ziga xos yo`nalishda amalga oshirilgan. Ularda rasm ishlashga o`rgatishda tabiatni, butun borliqni o`rganishga, unda go`zalliklarni idrok etishga aloHida e`tibor berilgan. Rasm ishlash uchun yog`och taxta ustiga asalari mo`mi surtilgan va uning ustini bo`yoq bilan sidirg`a bo`yalgan. Rasm ana shu yuza ustiga o`tkir metall yoki suyak bilan chizilgan. Noto`g`ri chizilgan rasm qo`l bilan ishqalanib, chiziqlar o`rni to`ldirib o`chirilgan. So`ngra tekis yuzaga yangi rasm ishlangan.

Eramizdan avvalgi 432 yilda YUnon Haykaltaroshi Poliklet kishi tanasi a`zolari o`rtasidagi mutanosiblik, proporsionallikka doir namuna sifatida “Dorifor” Haykalini yaratdi. Keyinchalik u barcha maxsus badiiy va badiiy bo`lmagan maktablarda o`rgatildi. 3-rasm.

YUnon rassomlari borliqni va turmushdagi go`zalliklarni kuzatish asosida tasvirlashni qonun va qoidalarini ishlab chiqqanlar. Ularning fikricha go`zallik, ko`proq xushbichim, tartib, ritm va simmetriya, bo`laklar o`rtasidagi mutanosiblik, to`g`ri matematik munosabatlarda ifodalanadi. Keyinchalik YUnonistonda rasm ishlashning bir necha o`ziga xos maktablari paydo bo`lgan. Ular orasida tasviriy san`at va uni o`qitish taraqqiyotida Sikion maktabi katta rol o`ynagan. Bu maktabda o`qitish ishlari ilmiy asosda tashkil etilgan bo`lib, bolalar ko`proq tabiatga, uning qonuniyatlarini bilishga qaratilgan.

Bu maktabni bitirganlar orasida Pamfildek mashHur rassomlar Ham bo`lgan. Pamfil rasm chizishning ta`limiy va tarbiyaviy aHamiyatini ko`rsatib bergan. Bu Haqda uning zamondoshi Pliniy shunday deb yozgan edi: “Uning sa`yi Harakati bilan avval Sikionda, so`ngra YUnonistonda Hamma bolalarga rasm chizishni o`rgatish lozimligi belgilab qo`yilgan. Boshlang`ich ta`lim rasm chizishdan boshlanishi qayd qilingan edi.”


Yüklə 49,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə