Termiz davlat universiteti



Yüklə 321,71 Kb.
səhifə2/7
tarix05.04.2023
ölçüsü321,71 Kb.
#104330
1   2   3   4   5   6   7
INTERNET VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING INSON MANAVIYATIGA TA`SIRI

Kurs ishining maqsadi. Axborot texnologiyalari har qanday zamonaviy jamiyat hayotining barcha jabhalariga ta'sir ko'rsatadigan strategik muhim sanoat hisoblanadi. U alohida shaxslar va umuman jamiyatlarning iqtisodiy o'sishi va ijtimoiy rivojlanishi uchun keng imkoniyatlarni ham yaratadi. Ta'lim jarayonidan kelib chiqqan holda aytadigan bo'lsak, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, albatta, o'qituvchi uchun ham o'quvchi uchun ham mavzuni tushuntirish va tushunishda juda samarali va qulay.
Kurs ishining vazifasi. O`quvchilarga :
Internet va axborot texnologiyalari haqida tushuncha
Internet va axborot texnologiyalari haqida tushuncha
Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar to'g'risida tushuncha va turlari
Internetning hayotimizdagi o'rni haqida ilmiy tushuncha berishdan iborat.
Kurs ishining obekti. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari zamonaviy jamiyatlarning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishida muhim va balki hal qiluvchi rol o'ynaydi. Axborot texnologiyalari har qanday zamonaviy jamiyat hayotining barcha jabhalariga ta'sir ko'rsatadigan strategik muhim sanoat hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti. Dars jarayonini oddiy tushuntirishdan va doskada bo'r orqali yozishdan ko'ra kompyuterdan slaydlarni namoyish etib o'quvchilarda tasavvur uyg'otish, o'yin texnologiyalari bilan ularni qiziqtirish orqali o'qitish ancha foydali bo'ladi va mavzu haqida tasavvurga ega bo'linganligi uchun xotirada uzoq vaqt muhrlanib qoladi.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Kirish, asosiy qism, 2 ta bob, 4 reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yhatidan iborat.
I BOB. ZAMONAVIY TEXNOLOGIYA VA INTERNETNING INSON ONGIGA TA'SIRI

    1. Internet va axborot texnologiyalari haqida tushuncha

Bilamizki, XXI asr axborot texnologiyalari asri hisoblanadi va bu asrda texnologiya va internet jadal sur'atlarda rivojlanib bormoqda. Texnologiya so'zi muhandislik va ilmiy bilimlarning majmui hisoblanib, ularda mehnatning moddiy va real tarkibiy qismlari, shuningdek, ma'lum bir mahsulot yoki xizmatni olish uchun yaratilgan kombinatsiyalar turlari, shuningdek, yaratilgan kombinatsiyalar turlari mavjudligini bildiradi. Internet esa katta va kichik kompyuter tarmoqlarini o'zaro bog'lovchi butunjahon kompyuter tizimi sanaladi. Hozirgi kunda hech bir inson o'z hayotini internetsiz va mobil aloqalarsiz tasavvur qila olmaydi, ayniqsa, bizning kelajagimiz bo'lmish texnologiya asri yoshlari. Va insonlar internetdan har xil niyatda foydalanishadi, u foydali bo'lishi ham zararli bo'lishi ham mumkin, ya'ni har bir narsada bo'lgani kabi internetda ham salbiy va ijobiy qarashlar mavjud, va ushbu maqola, avvalo, uning ijobiy tomonlarini yoritadi va keyin uning salbiy oqibatlari haqida ma'lumot va ogohlantirishlar beradi narsani topa olishi mumkin va unda ko'p vaqt va kuch sarflanmaydi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari zamonaviy jamiyatlarning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishida muhim va balki hal qiluvchi rol o'ynaydi. Axborot texnologiyalari har qanday zamonaviy jamiyat hayotining barcha jabhalariga ta'sir ko'rsatadigan strategik muhim sanoat hisoblanadi. U alohida shaxslar va umuman jamiyatlarning iqtisodiy o'sishi va ijtimoiy rivojlanishi uchun keng imkoniyatlarni ham yaratadi. Ta'lim jarayonidan kelib chiqqan holda aytadigan bo'lsak, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, albatta, o'qituvchi uchun ham o'quvchi uchun ham mavzuni tushuntirish va tushunishda juda samarali va qulay.
Internet tizimining ijtimoiy tarmog’idan olingan narsa to’g’ri, ishonchli va zararsiz ekanini bilish kerak. Yaxshi-yomonning farqiga bormagan yoshlar ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilgan har qanday ma’lumot-xabarlarni haqiqat deb qabul qilayotgani jiddiy xavotirga solmoqda. Ular g’arazli maqsadlari yo’lida yoshlarda buzg’unchilik, begunoh odamlar qonini nohaq to’kish kabi jinoyatlarni avj oldirib, fuqarolar tinchligini buzib, xalq orasida nizo chiqarishga harakat qilishmoqda.
Sarhadsiz internet dunyosiga kirgan yoshlar vaqt, umr g’animat ekanini doimo yodda saqlamog’i lozim. Zero, bu global tarmoq bepoyon hududlarga ega bo’lib, unda inson adashib soatlab, kunlarini samarasiz o’tkazib yuborish bilan birga yoshlarimiz o’jar va qaysar, keksalarning aytganini nazar-pisandga olmaydi, ajdodlar qadriyatlarini inkor etadi”.
Darhaqiqat, bugun axborot ko’p va tez kirib kelayaptiki ularni “hazm” qilish uchun teran tafakkur va keng dunyoqarash talab etiladi. Ayniqsa internet tizimining ijtimoiy tarmoq olami farzandlarimiz e’tibori va qiziqishini tortib borayotgan bugungi davrda ayrim kompyuter o’yinlari haqida ham shunday misollarni ketirish mumkin. Bugun dunyo aholisining 90 % dan ortig’ida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish imkoniyati mavjud. Foydalanayotganlar soni ham yildan-yilga ortib bormoqda.
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko’ra insonlarning ijtimoiy tarmoqda sarflaydigan minimal vaqti 3 soatni tashkil etadi. Bir qarashda kishini xavotirga soladigan hech narsa yo’qdek. Inson bu 3 soat mobaynida turli hududlarda yashaydigan yaqinlari, tanishlari, qarindoshlari bilan muloqot qilmoqda, bunda nima notabiylik bor deb o’ylash mumkin. Albatta, ushbu muloqot jarayonlarining ijobiy tomonlarini inkor etib bo’lmaydi. Biroq, ijtimoiy tarmoqlarda faqat ezgu niyatni ko’zlagan insonlar o’tirmasligini o’nlab misollar bilan asoslash mumkin. Ayniqsa, yoshlarda bunday holat ko’proq yolg’iz qolish istagining kuchayishida namoyon bo’ladi.
Manbalarda ijtimoiy tarmoq – odamlarning muloqot qilish, o’xshash qiziqishlari yuzasidan boshqa odamlar bilan ijtimoiy munosabatlarni yaratish uchun foydalanadigan onlayn platforma deb ta’rif berilgan. Ilk bor odamlar o’rtasidagi muloqot vositasi sifatida ijtimoiy tarmoqning elektron pochta ko’rinishi paydo bo’ldi.
Bu kompyuter tarmoqlari orqali bog’lanishning ilk ko’rinishi edi. Dastlab ikki kishi o’rtasida ma’lumot almashish uchun yaratilgan elektron ma’lumot almashuv keyinchalik guruhlar o’rtasidagi muloqot vositasiga aylandi. Ijtimoiy tarmoqlar haqida ilk bora o’z tasavvurlarini bayon qilgan olimlar R.Solomonoff va A.Rapoport o’tgan asr o’rtalarida muloqotning virtual ko’rinishi haqida o’z fikrlarini bayon qilishgan. Vengriyalik mutaxassislar P.Erdos va A.Renilar ijtimoiy tarmoqlarni shakllantirish borasidagi tasavvurlarini aytib o’tishgan. Ijtimoiy tarmoq atamasini alohida tushuncha sifatida 1954 yil Manchester maktabi namoyondalaridan biri J.Barns ilmiy manbalarga kiritgan. Internet tarmog’ida insonlar o’rtasidagi muloqotning avj olishi, rivojlanib ketishini olimlar ijtimoiy tarmoqlarning tezkor faoliyati bilash bog’lashadi[4]. Aslida ham shunday. Siz virtual olamda tez va qulay muloqotni kunning yoki tunning istalgan vaqtida o’rnatishingiz mumkin. Suhbatdoshingiz bilan yozishib, gaplashib, uni ko’rishingiz ham mumkin. Buning uchun kompyuter yoki telefon va internet bo’lsa kifoya.
Bugungi kunda mashhur bo’lgan ijtimoiy tarmoqlarda o’z sahifasiga ega bo’lmagan insonni topish qiyin. Ayniqsa, bu holatning yuqori darajasini yoshlar orasida ko’rish mumkin. Ma’lumotlarga qaraganda, dunyo yoshlari, jumladan mamlakatimizda o’sib kelayotgan yosh avlod asosiy vaqtining taxminan 50% foizi virtual muloqotga sarflanmoqda. Gap shundaki, ko’pchilik yoshlar o’z hayotlarini ijtimoiy tarmoqlarsiz tasavvur qila olmaydilar.
Virtual muloqotning avj olishi jonli muloqotga bo’lgan ehtiyojning pasayib ketishiga sabab bo’lmoqda. Shuni aytish kerakki, bugungi kunda jamiyatimizda o’zining doimiy ko’rishib turadigan yaqinlari bilan ham ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qiluvchi insonlar ko’pchilikni tashkil etmoqda. Bunday muloqot esa real voqelikdan ayri holda kechadi va inson o’zining hissiy kechinmalarini tasvirlab bera olmaydi. Bu esa yoshlarning ham kattalarning ham insoniy tuyg’ularning yo’qolib borishiga zamin yaratadi. Yaqin o’tmishimizda insonlar o’rtasida “uyga keling” deb taklif qilingan bo’lsa, endilikda “telegram kanalim”ga tashrif buyuring, “Facebookdagi sahifam”ga kiring degan takliflardan ajablanmay qo’ydik.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, shiddatli global o’zgarishlar davrida yoshlar ong-u shuurini internet tizimining ijtimoiy tarmog’i orqali kirib kelayotgan zararli g’oya va ta’sirlardan samarali va ishonchli himoyalash tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa o’qituvchilar, ma’naviyat targ’ibotchilari, ota-onalardan yanada hushyor va ogoh bo’lishni, yosh avlodning g’oyaviy-mafkuraviy immunitetini mustahkamlash borasidagi ishlar ko’lamini yanada kengaytirishni talab qiladi.
Ma’lumki, dunyoda g’oyaviy hamda informatsion xurujlar, turli mafkuraviy tahdidlar avj olayotgan bugungi kunda yoshlarimiz ma’naviyatini yuksaltirish, ularning tafakkurida sog’lom dunyoqarash asoslarini shakllantirish eng muhim vazifadir. Bunday murakkab va tahlikali davrda ma’naviy – ma’rifiy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, yoshlarimizning hayotga ongli munosabatini shakllantirish, yon – atrofda yuz berayotgan voqealarga daxldorlik hissini oshirish, diniy ekstremizm, xalqaro terrorizm, zo’rlik bilan joriy etish oqibatida xalqaro maydondagi ziddiyat va qarama – qarshiliklar kuchayib borayotgan bir vaziyatda o’zimizning kelajak strategiyamizni aniq belgilab olish, g’animlarning g’arazli urinishlari nimaga qaratilganligini har tomonlama anglab olish va keng jamoatchilikka yetkazish, mamlakatimiz mustaqilligi, tinch va osoyishta hayotimizga xavf tug’dirishi mumkin bo’lgan tajovuzlarga qarshi izchil kurash olib borish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan milliy g’oya targ’iboti va mafkuraviy jarayonlarning amaliy ishlari va ijobiy natijalarini yoshlarga tushuntira bilish, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Ma’naviyat va ma’rifat ishini vatanparvarlik ishi, vijdon ishi” ekanligi to’g’risidagi qarashlarining mazmun-mohiyatini har bir fuqaroga, xususan, yoshlar ongi, qalbi va ichki dunyosiga singdirish zarur. 1
Umuman, bugungi kunda internet tizimining ijtimoiy tarmoqlari salbiy ta’sirining oldini olish uchun yoshlarning ma’naviy salohiyatini oshirish, iqtidorli va iste’dodli bolalarning o’z ijodlarini erkin namoyon etish va axborot almashish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalari orqali maxsus internet dasturlarini ko’proq tuzib, yoshlarga mo’ljallangan turli mavzular bo’yicha maqsadli loyiha va sohaviy tizimli dasturlarni tayyorlash va ularni doimiy tarzda yangilab borish maqsadga muvofiqdir.
Shu bilan birgalikda jamiyat hayotining modernizatsiyalashish sharoitida jamiyatda ma’naviy sohada quyidagi vazifalarni ham bajarishimiz maqsadga muvofiqdir:

  • yoshlarimizni ma’naviy yangilanish va islohotlar jarayonining faol

  • ishtirokchisiga aylantirish;

  • turli qarash va fikrga ega bo’lgan yoshlarning o’ziga xos orzu-intilishlarini uyg’unlashtiruvchi g’oyalar Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, yagona Vatan tuyg’usi, adolat - qonun ustuvorligida, xalq roziligi, jaholatga qarshi ma’rifat, innovatsion taraqqiyotni ta’minlash barcha yurtdoshlarimiz uchun muqaddas maqsadga aylanishiga erishish, milliy hamjihatlikni yanada mustahkamlash;

  • ota-bobolarimiz dinining gumanistik mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish borasidagi ishlarni davom ettirish. Buning uchun, avvalo:

  • ommaviy axborot vositalarida milliy ma’naviyatimiz aks etgan ko’rsatuvlar, seriallar, kino va badiiy filmlar namoyishini omma e’tiboriga taqdim qilish;

  • internet tizimidan foydalangan holda milliy saytlar ko’paytirish hamda yoshlarbop ruknlarni ochish va ular orqali milliy g’oyalarni singdirib borishni ta’minlash;

  • jamiyatda ma’naviyatni takomillashtirish mavzuida ilmiy loyihalar joriy etish hamda qonun ustuvorligini ta’minlash zarurdir.

Bunda esa internet tizimining ijtimoiy tarmog’idan tarqatilayotgan turli xil yot g’oyalarga qarshu mafkuraviy immunitetining nechog’liq shakllanishiga bevosita aloqadordir.




    1. Yüklə 321,71 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə