Termiz davlat universiteti


Talabaga mustaqil ish(TMI) –



Yüklə 14,49 Mb.
səhifə269/332
tarix04.01.2022
ölçüsü14,49 Mb.
#82569
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   332
2 5231185375283646269

Talabaga mustaqil ish(TMI) – muayyan fandan o’quv dasturida belgilangan bilim, ko’nikma va malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan o’qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida o’zlashtirilishiga yo’naltirilgan tizimli faoliatdir.

O’qishning boshlang’ich bosqichlarida TMIni tashkil etish bir qator vazifalar bilan bog’liq. Ayniqsa, birinchi kurs talabalarining ta’limining navbatdagi turi-oliy ta’lim talablariga ko’nikishi qiyin kechadi. Chunki ular ta’lim olish jarayonida o’z mustaqil faoliyatlarini tashkil qilishni deyarli bilishmaydi. Ma’lumotlarni qaysi manbadan, qanday qilib topish, ularni taxlil qilish va zarurlarini ajratib olib tartibga solish, konspeklashtirish, o’z fikrini aniq va yorqin ifodalash, o’z vaqtlarini to’g’ri taqsimlash, shuningdek, aqliy va jismoniy imkoniyatlarini to’g’ri baholash ular uchun katta muammo bo’ladi. Eng asosiysi, ular mustaqil ta’lim olishga ruhan tayyor bo’lishmydi.

Shuning uchun har bir professor-o’qituvchi dastlab talaba o’z qobiliyati va aqliy imkoniyatlariga ishonch uyg’otishi, ularni sabr-toqat bilan, bosqichma-bosqich mustaqil bilim olishni to’g’ri tashkil qilishga o’rgatib borish lozim bo’ladi. Talabalar tomonidan mustaqil ravishda o’zlashtiriladigan bilim va ko’nikmalarning kusrdan-kursga murakkablashib, kengayib borishini hisobga olgan holda ularning tashabbuskorligi va rolini oshirib borish zarur. Shundan mustaqil ta’limga ko’nikma boshlagan talaba faqat o’qituvchi tomonidan belgilab berilgan ishlarni bajaribgina qolmay, o’zining ehtiyoji, qiziqishi va qobiliyatiga qarab, o’zi zarur deb hisoblagan qo’shimcha bilimlarni ham mustaqil ravishda tanlab o’zlashtirishga o’rganib boradi.


Yüklə 14,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   332




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə