Termiz pedagogika institutining 4-kurs Boshlang‘ich ta'limning sirtqi ta’lim shakli



Yüklə 321,17 Kb.
səhifə2/5
tarix26.10.2023
ölçüsü321,17 Kb.
#131927
1   2   3   4   5
Davronova M. 1

Binobarin, gapning mazmuniy asosi, mazmun ottenkalari ustida ishlash va ularning gap tuzilishiga bog‘liqligi ustida ishlash ham zarur; to‘rtinchidan, gapning intonatsiyasi katta ahamiyatga ega, shuning uchun intonatsiya ustida ishlash, intonatsiyaning mazmun bilan bog‘liqligini tushuntirish kerak.

Boshlang‘ich sinflar dasturining “Grammatika, imlo va nutq o‘stirish” bo‘limida sintaksisdan beriladigan bilimlar aniq ko‘rsatilgan. Bola boshlang‘ich sinflarda beriladigan sintaktik materiallar hajmida faqat ona tili darslaridagina emas, balki boshqa darslarda va maktabdagi barcha mashg‘ulotlar jarayonida gap tuzish, uni tahlil qilish va qayta tuzishga o‘rgatib boriladi.

Gap ustida ishlash mashqlarining turlari

Gap ustida ishlash mashqlarining turlari

Gap ustida ishlashga oid mashqlar juda xilma-xil bo‘lib, analiz va sintezning ustunligiga hamda o‘quvchilarning mustaqillik darajasiga ko‘ra tasnif qilinadi.

Analiz yoki sintezning ustunligiga nisbatan gap ustida ishlash mashqlari ikkiga bo‘linadi:

- analitik mashqlar, ya ’ni tuzilgan tayyor matndan olingan gapni tahlil qilish;

- sintetik mashqlar, ya ’ni mustaqil gap tuzishga qaratilgan mashqlar.

Analitik mashqlar sintetik mashqlarga zamin hozirlaydi, ular parallel holda yoki sintetik mashqdan so‘ng analitik mashq o‘tkaziladi.

O‘quvchilarning mustaqilligi va bilish jarayonining faollik darajasiga ko‘ra gap ustida ishlash mashqlari uchga bo‘linadi:

O‘quvchilarning mustaqilligi va bilish jarayonining faollik darajasiga ko‘ra gap ustida ishlash mashqlari uchga bo‘linadi:

1) namuna asosidagi mashqlar;

2) konstruktiv mashqlar;

3) ijodiy mashqlar.

Namuna asosidagi mashq aniq, to‘g‘ri tuzilgan sintaktik qurilmalarni amaliy o‘zlashtirishni, ularning ichki bog‘lanishini, mazmunini tushunishni ko‘zda tutadi. Bunday mashqlar ichida analitik mashqlarga, shuningdek, gapni kuzatish va eshitish, uni o‘qishga muhim o‘rin beriladi.


Yüklə 321,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə