Termiz pedagogika institutining 4-kurs Boshlang‘ich ta'limning sirtqi ta’lim shakli


) namuna asosidagi mashqlar; 2) konstruktiv mashqlar



Yüklə 321,17 Kb.
səhifə4/5
tarix26.10.2023
ölçüsü321,17 Kb.
#131927
1   2   3   4   5
Davronova M. 1

1) namuna asosidagi mashqlar;

2) konstruktiv mashqlar;

3) ijodiy mashqlar.

Namuna asosidagi mashqlarga quyidagilar kiradi:

Namuna asosidagi mashqlarga quyidagilar kiradi:

Gap ustida ishlashning eng oddiy, boshlang‘ich, shu bilan birga zaruriy shakli bu namunali o‘qish (yozish), intonatsiyasi, ifodaliligi ustida ishlash, gapning asosini va mazmunini tushuntirish, ba’zan esa gapni yodda saqlash, yodlash hisoblanadi.

Gapni o‘qish va kuzatish nutq o‘stirishga katta yordam beradi. Gap intonatsiyasi ustida ishlash gap mazmunini va bog‘lanishini tushunisga, namunaga qarab, uni o‘zlashtirish va yodda saqlashga, gap qurilishini yaxshi tushunishga yordam beradi.

Bu jarayonda nutqdan gapni intonatsiyaga qarab ajratishga, intonatsion tugallanganlikni ifodalashga, darak, so‘roq va hishayajon gaplarning intonatsiyasiga, uyushiq bo‘lakli gaplar va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplardagi sanash ohanggiga, bog‘langan qo‘shma gap intonatsiyasiga e’tibor berish kerak.

Savol asosida gap tuzish.

Savol asosida gap tuzish.

Bunda berilgan savol javob (gap tuzish) uchun asos bo‘ladi va “namuna” vazifasini bajaradi. Savolda uning asosiy mazmunigina emas balki barcha so‘zlari va sintaktik qurilishining chizmasi ham beriladi.

Masalan: Bolalar bog‘da nima terdilar? (Bolalar bog‘da olma terdilar).

Savollar astasekin murakkablashtirib boriladi: bolalar oldin so‘roq so‘z o‘rniga bir so‘z qo‘shib gap tuzgan bo‘lsalar, keyinroq o‘z so‘zlarini ko‘proq qo‘shishga majbur bo‘ladilar: Bolalar bog‘da nima qildilar? (Bolalar bog‘da olma terdilar. Bolalar bog‘da olma terdilar va uni savatlarga soldilar). Yoki „Bolalar qayerda bo‘ldilar? Ular nima qildilar? “ (Bolalar bog‘da bo‘ldilar. Ular olma terdilar va savatlarga soldilar,). Sen tipratikan haqida nimalarni bilasan? Nega qushlar uyasini buzish mumkin emas? kabi.

Konstruktiv mashqlarga gap tuzish va uni qayta tuzishga qaratilgan mashqlar kiradi. Bunday mashqlar grammatik tushuncha va qoidaga asoslanadi. Konstruktiv mashqlarning turlari quyidagilar:


Yüklə 321,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə