|
Tetmiz davlat universitetiIlmiy konferensiya darsini quyidagicha o’tkazish tavsiya etiladi
|
səhifə | 3/4 | tarix | 22.03.2024 | ölçüsü | 11,28 Kb. | | #182956 |
| Mavzu ta’limni tashkil etishning noananaviy shakllari-azkurs.orgIlmiy konferensiya darsini quyidagicha o’tkazish tavsiya etiladi: Ilmiy konferensiya darsini quyidagicha o’tkazish tavsiya etiladi:
I. O’qituvchining kirish so’zi. Bunda o’qituvchi dars mavzusi, maqsadi va vazifalari, tegishli rollarni bajaruvchi «Olimlar» bilan tanishtiradi.
II. Ilmiy ma’ruzalarni tinglash. «Olimlar» mavzuci yuzacidan tayyorlangan ma’ruzalarni ko’rgazmali qurollar asosida bayon etadilar.
III. Ma’ruza muhokamasi. Bunda «Olimlar» va sinfdagi boshqa o’quvchilar o’rtasida mavzu yuzasidan bahs-munozara o’tkaziladi.
IV. Ilmiy konferensiya yakuni. O’qituvchi mavzu yuzasidan eng muhim tushuncha va g`oyalarni ta’kidlab, yakunlaydi
V. O’quvchilarni baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag`batlantiriladi va reyting tizimiga muvofiq baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish.
VII. Darsni umumiy yakunlash.
Matbuot konferensiyasi sinfdagi barcha o’quvchilarning o’quv bilish faoliyati faollashuvi bilan ko’zga tashlanadi.
MODIFIKATSIYALANGAN - SHAKLI O’ZGARTIRILGAN MA’RUZA MODIFIKATSIYALANGAN - SHAKLI O’ZGARTIRILGAN MA’RUZA
Bu o’qitish usulidan o’qituvchi mavzu mazmunini og`zaki nutq orqali o’quvchilarga yetkazadi, o’quvchilar bilan muloqot olib boradi. Ammo, an’anaviy ma’ruzadan farqi - o’qituvchi va o’quvchi orasida muloqot ketadi.
Qo’llanilishi: o’quvchilarga umumiy axborot berish uchun;
fanga kirish va asosiy materiallarni berish uchun;
qaysidir turdagi faoliyatni boshlashdan oldin namoyish qilish, rolli o’yinlar va boshqa turdagi usullarni qo’llashdan oldin;
ta’rif, qoida, formulalarni masala yoki laboratoriya ishlarida qo’llashni namoyish qilish uchun.
Afzalligi:
tezkorlik bilan amalga oshirilishi;
darsga kerak bo’lgan ko’rgazmali qurollar, ko’rsatma materiallarni tayyorlanishi;
katta guruhlarda samaradorligi;
kam resurslarni talab qilishi;
boshqa usullar bilan birgalikda qo’llash mumkinligi;
vaqtni yengil boshqara olishi;
guruhni birgalikda ishlash imkonini berishi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|