Bog’cha yoshidagi qiz bolalar ko’ylagining mayda bo’laklari
tayyorlangandan so’ng bo’laklarni yig’ib tikish ishlar olib boriladi.
Avval old va orqa bo’lak, yelka, yon qirqimlarini birlashtirib tikiladi va
bir tomonga qaratib dazmollanadi, yo’rmalanadi.
Burmalari tekislab
olingan qo’yma burma old va orqa o’rta rel’ef qirqimiga qo’yib tikiladi.
Qo’yma burma tikilgan chok ustiga old va orqa yon bo’lak rel’ef qirqimi
o’ngini o’ngiga qo’yib birlashtirib tikiladi. Yoqa, yeng o’mizi va yubka
etaklari bir xil matodan qiya bichilgan bezak mag’iz bilan tikib
chiqiladi. Orqa bo’lak yoqa o’mizida mag’izni
davom ettirib, izma
tikiladi va puxtalanadi. Ko’ylakning yuqori qismining yon chokini
burmalari tekislab olingan yubkaning yon chokiga to’g’rilab
to’g’nog’ich yordamida birlashtiriladi va mashinada biriktirib tikiladi.
Biriktirib tikilgan chok qirqimlari yo’rmalanadi. Orqa yoqa o’mizida
bitta tugma puxtalanadi. So’ngra oxirgi
ishlov beriladi va NIIB
bajariladi.
Dostları ilə paylaş: