uchun bir nechta qirqim orqali
qo’shimchalar beriladi.
Bog’cha yoshidagi qiz bolalar ko’ylagi bo’laklari andoza bo’yicha
bichiladi. Andoza tayyorlashdan oldin kiyim bo’laklarining loyiha
chizmasi chiziladi. So’ngra kiyim orqa va oldi bo’laklarining yubka
yon qirqimlarining bir-biriga ulanadigan zixlari o’zaro mos kelishi
tekshiriladi. Shu tarzda aniqlangan chizmalarda choklarga qabul
qilingan texnologik va texnik shartlarga muvofiq
chok haqqi
belgilanadi. Andoza qalinligi 0,9-1,62 mm keladigan karton
qog’ozdan tayyorlanadi. Andoza kiyim konstrukitsiyasining chizmasi
bo’yicha tayyorlanadi. Bu andozalarda
chok haqqi kiyim etaklarini
qayirib bukish, ortiqcha joylarini kesib tashlash haqlari albatta hisobga
olingan bo’ladi. Bo’laklarning chetini qayirib bukish haqqi
gazlamaning qalinligiga hamda uzel konstruktsiyasiga bog’liq bo’lib
me’yoriy texnik hujjatlarda ko’zda tutiladi.
Dostları ilə paylaş: