Texnika falsafasi


GLOSSARIY Avtonom texnologiya konsepsiyasi –



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə71/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
Техника фалсафаси.23-24

GLOSSARIY


Avtonom texnologiya konsepsiyasi – texnik tizimning inson aralashuvisiz, ichki kuch ta’sirida o‘sishi tushuniladi.
Amalga oshirish mumkinligi tamoyili – mavjud ishlab chiqarishda loyihaga muvofiq unga mos keluvchi mahsulot – buyum, inshoot, imorat, bilim, tizim va shu kabilarni yaratish mumkin.
Antik “texne” – tasavvurimizdagi texnika emas, balki qo‘lda yasalgan barcha narsalar (harbiy texnika, o‘yinchoqlar, modellar, hunarmandlarning mahsulotlari, hatto rassomlarning asarlari).
Antik madaniyatsivilizatsiya beshigi, zero falsafa, fan, san’at, oqilona fikrlash uslubi aynan shu vaqtda shakllangan.
Borliq – shaxs (individ) to‘laqonli umrguzaronlik qilishi mumkin bo‘lgan dunyo; borliq (mavjudlikdan farqli o‘laroq) – yolg‘iz emas: bir borliqqa boshqa borliq qarama-qarshi turadi; borliqni bilish mumkin, ya’ni fizikalistik darajada emas, balki gumanitar darajada u mavjud.
Kardinal qadriyatlar – bular shunday qadriyatki, uning buzi-lishi individ va hamjamiyatlarning o‘z mo‘ljallariga muvofiq yashash, fikrlash va ish ko‘rish huquqlariga bevosita daxldor bo‘ladi. Shaxsning hayoti, sog‘lig‘i, jismoniy kuch va daxlsizligiga tegishli bo‘lgan vital qadriyatlar, shuningdek, asosiy fuqarolik huquqlari ham kardinal qadriyatlar hisoblanadi.
Konstruktiv yaxlitlik tamoyili – loyihalanayotgan ob’ekt mavjud texnologiya asosida amalga oshiriladi; mavjud ishlab chiqarishda tayyorlanishi mumkin bo‘lgan elementlar, birlik va munosabatlardan tarkib topadi.
Konstruksiyalash – muhandislik ob’ektini yaratish jarayoni-ning bir qismi, u muhandisga, bir tomondan, mazkur ob’ektga (uning vazifasi, ish tavsiflari, harakat xususiyatlari, sharoit va h.k.) qo‘yiladigan turli talablarni qanoatlantirish, boshqa tomondan esa – zaruriy (kerakli parametrlarga ega) tabiiy jarayonni ta’minlovchi konstruksiyalarni topish, ularni birlashtirish imkonini beradi.
Metodologik qoida – texnikaning ontologik tavsiflarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri sintez qilish, uning umumiy ta’riflarini yaratishga qaratilgan xatti-harakat samarali emasligini tan olish.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə