Texnogen sivilizatsiyada inson omili


Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix11.09.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#121646
1   2   3   4   5   6   7
11.Toplam-8 (1)

Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
86 
munosabatini o‘rganish asosida vujudga keldi. Texnoetika – fan, texnika va texnologiya 
asosida yaratilayotgan qadriyatlarga axloqiy va ma’naviy ruhdagi qadriyatlar, normalar 
va ideallar asosida yondashishdir. Hozirgi kunda fanning ayrim sohalarida olib 
borilayotgan tadqiqotlar tanqidiy qarashlar ob’ektiga aylangan. Masalan, biomeditsina 
texnologiyalari, olimning o‘z kashfiyoti natijalari uchun ma’naviy javobgarligi 
muammosi, yadro qurollarini sinovdan o‘tkazishga bo‘lgan munosabat, ommaviy 
qirg‘in qurollarini yaratish sohasidagi tadqiqotlar va h.k. Albatta, texnoetika 
muammosini hal qilish fan, texnika va texnologiya kabilarda qo‘llanilayotgan 
algoritmlarga ham bog‘liq. Muammoning yechimi, nazarimizda, fan, texnika va 
texnologiya birligida qo‘llanilayotgan algoritmlarni qayta ko‘rib chiqish, shuningdek 
jamiyatdagi insoning ma’naviy-axloqiy ideallari, qadriyatlari va normalariga muvofiq 
kelishini ta’minlashdan iboratdir. Demak, algoritm qadriyat sifatida aksiologik nuqtai 
nazardan o‘ziga xos jihatlarga ega bo‘lib, uni biz ilmiy, texnik va texnologik 
tomonlarda namoyon bo‘lishida kuzatishimiz mumkin. Shuningdek, hozirgi kunda 
jamiyatimizda asosiy kuch va mavqega ega bo‘lib borayotgan vaqt, ratsionallik, 
intellekt, axborot, til va boshqa shu kabi qadriyatlar bilan algoritm ham ilmiy qadriyat 
sifatida chambarchas bog‘liq. Bunday bog‘liqlik, o‘z navbatida, qadriyatlar tizimiga 
yangicha nuqtai nazardan qarash va mavjud muammolarni hal etish imkoniyatlarini 
vujudga keltiradi. 


Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
87 
SUN’IY INTELLEKTNING FOYDALI VA ZARARLI JIHATLARI 
O’zMU falsafa (sohalar bo’yicha ) yo’nalishi 2 bosqich
talabasi Abdujalilov azamatjon Kozimjonovich 
Sun'iy intellekt — informatikaning alohida sohasi bo'lib, odatda inson ongi bilan 
bog'liq imkoniyatlar: tilni tushunish, o'rgatish, muhokama qilish, masalani yechish, 
tarjima va shu kabi imkoniyatlarga ega kompyuter tizimlarini yaratish bilan 
shug'ullanadi. 
Hozirda sun'iy intellekt turli amallarni bajarishga mo'ljallangan algoritm hamda 
dasturiy tizimlardan iborat va u inson ongi bajarishi mumkin bo'lgan bir qancha 
vazifalarning uddasidan chiqa oladi. 
1990 yillarda sun'iy intellekt taraqqiyotida yangi sahifa ochildi. 1997 yilda Deep 
Blue nomli IBM kompyuteri shaxmat bo'yicha jahon chempioni Garrí Kasparovni 
yenggan tarixdagi ilk kompyuter bo'ldi. 
Sun'iy intellektning yorqin namunalaridan yana biri - IBM Watson 
superkompyuteri bo'lib, u o'z bazasidan kelib chiqib muayyan tilda berilgan savollarga 
javob beradi. Shuningdek, ko'pchilikning doimiy hamrohiga aylanib ulgurgan mobil 
yordamchi Siri, fotosuratlarni qayta ishlovchi Prisma kabi dasturlarni Sun'iy intellekt 
ning yutuqlaridan biri sifatida qayd etish mumkin. Hozirga kelib sun'iy intellekt keng 
ko'lamda ommalashib kundalik turmush tarzimizning deyarli barcha jabhalarini qamrab 
olmoqda. Masalan, Xitoydagi Inchuan shahri aholisiga bank kartalarining keragi yo'q. 
Hisob-kitoblar bilan bog'liq barcha jarayonlar sun'iy intellekt tomonidan insonning yuz 
qiyofasini aniqlashtirish orqali amalga oshiriladi. 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə