Texnologik ta’lim yo`nalishi 202-gugruh talabasi ning


Bolalar kiyimlaridagi taqilmalarga ishlov berish



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix21.06.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#89877
1   2   3   4   5   6   7   8
qiz bolalar

Bolalar kiyimlaridagi taqilmalarga ishlov berish 
Taqilmalar bostirma chok bilan ulangan qopqoqli, o’tkazma qopqoqli, kant 
chiqarib tikilgan, «Molniya» tasma qo’yib tikilgan bo’lishi mumkin. Kiyim turiga 
va modeliga qarab, izmalar maxsus mashinada yo’rmalangan, qo’lda halqa 
qaviqlar bilan yo’rmalangan, maxsus moslamada payvandlangan, ag’darma chok 
bilan tikilgan va shnurdan yasalgan to’g’ri burchakli yoki ko’zli bo’lishi mumkin. 
Izmalar faqat bezak uchun mo’ljallangan bo’lsa, ular o’yilma yo’rmalanadi. 
Bunday izmalar erkaklar va ayollar pidjak, jaketlarining adip qaytarmasi va yeng 
kesimlarida bo’ladi. Izmalarning kiyim bo’laklariga nisbatan joylashishi asosan 
modelga bog’liq. Uzunligi tugma diametridan 0,2-0,5 sm uzunroq bo’lishi lozim. 
Maxsus mashinada yoki qo’l qaviqlari bilan yo’rmalangan izmalar hamma 
kiyimlarda bo’lishi mumkin. Payvandlab tayyorlanadigan izmalar polimer tola 
gazlamalardan tikiladigan erkaklar ko’ylaklari, plashlar, yopinchiqlar va shu kabi 
kiyimlar izmalariga ishlov berishda qo’llaniladi. Ular ag’darma chok bilan 
tikiladigan maxsus apparatda yoki universal mashinada tikiladi. Bunday izmalar 
asosan ayollar ko’ylagi, plashi, paltosi va boshqa kiyimlar izmalarini tikishda 
qo’llaniladi. Taqilmalarga ishlov berish. Bolalar kiyimlarida taqilmalarga turli 
usullarda ishlov beriladi. Yaxlit bichilgan mag’iz bilan ishlov berishda ziylari 
yo’rmalanib, bukiladi va o’rta qirqim bilan bir vaqtda biriktirib tikiladi. Taqilmaga 
planka bilan ishlov berishda biriktirib tikilgan va kettel mashinada tikiladigan 
plankalar bo’lishi mumkin. Plankalar old bo’lak qirqimlariga biriktirilib, taqilma 
burchaklarida ustma-ust qo’yiladi va qaytma chok yuritib puxtalanadi Taqilmaga 
molniya tasmasi bilan ishlov berishda asosiy detalda taqilma uzunligi belgilanib
qirqiladi va burchaklariga kertim beriladi. Molniya tasmasi avval qirqimning bir 
tarafiga, so’ng ikkinchi tarafiga biriktiriladi, keyin molniya tasmasini teskari 
tomonga ag’darib, modelda ko’zda tutilgan bo’lsa, qirqimdan 0,8-1,0sm masofada 
bostirma chok yuritiladi. Bortlarni tikishda kiyim adipi alohida qo'yib tikilgan
yoki old bo'lak bilan yaxlit bichilgan bo'lishi mumkin. Adip detali alohida 
bichilgan bortlarni tikishda uning ichki qirqimi yo'rmalgan yoki universal 
mashinada bukib tikilgan titiluvchan gazlamalardan tikiladigan bo'lsa, oldin 


19 
qirqimni maxsus mashinada yo'rmalab, keyin universal mashinada buklab tikish 
mumkin . Adipga yelim qotirma qo'yiladigan bo'lsa, adipning teskari tomoniga 
qotirmaning yelimli tomoni qaratib qo'yiladi va bort qirqimi tomonidan 0,5-0,6 sm 
yetkazmay, ichki qirqimiga 0,7-1,0 sm yetkazmay qo'yib, dazmolda yoki pressda 
yopishtiriladi . Tayyor adipni old bo'lakning o'ngi tomoniga uning o'ngini qaratib, 
qirqimlarini to'g'rilab, adip tomondan bostirib ko'klanadi. Bunda adip qaytarma 
burchaklarida adipdan solqi hosil qilib, qiya sirma yoki to'g'ri sirma qaviqlar bilan 
yoki bir ipli zanjirsimon maxsus mashinada adip old bo'lakka bostirib ko'klanadi. 
Kiyim taqilmasi etagigacha tushadigan bo'lsa, adipni old bo'lakka bostirib 
ko'klashdan oldin uni old bo'lak buklash haqiga biriktirib ulanadi , keyin adip old 
bo'lakka bostirib ko'klanadi. Adip qaytarma uchi old bo'lak tomondan yordamchi 
andaza bilan bo'rianadi va shu bo'r chizig'idan ag'darma chok bilan tikiladi. Kiyim 
jun gazlamadan tikiladigan bo'lsa, adipda hosil qilingan solqi ag'darma chok 
yuritishdan oldin kirishtirib dazmollanadi. Ag'darma chok haqi ip gazlamadan 
tikiladigan kiyimlarda qo'lda to'g'rilab qo'yiladi, jun va ipak gazlamalarning choki 
yorib dazmollanadi. Adip qaytarma uchini burchaklardagi va bortning pastki 
burchagidagi chok haqidan 0,2- 0,3 sm qoldirib, ortiqchasi qirqib tashlanadi. Adip 
qaytarma va bort uchlarini o'ngi tomonga ag'darib, qaytarma qismi old bo'lak 
tomondan, bort qismi adip tomondan ziylari ko'klanadi. Bunda adip qaytarma 
joyida adip detalidan, bo'rt qismida old bo'lak detalidan 0,1-0,15 sm kant hosil 
qilinadi. Ziylarni ko'klashda qo'lda to'g'ri yoki qiya sirma qaviq yoki bir ipli 
zanjirsimon maxsus mashinada ko'klanadi. Adipning yuqori qirqimi yelka chokiga 
qirqimini bukib, 0,2- 0,3 sm kenglikda ulab qo'yiladi . Izma o'rnini belgilab, 
maxsus mashinada yo'rmaladi. Bort dazmollanadi. Modelda ko'rsatilgan bo'lsa, 
bezak bahyaqatori yuritiladi. Bahyaqator kengligi modelga bog'liq. Ziylari 
ko'klangan ipni so'kib tashlab, bort qaytadan dazmollanadi. Adip old bo'lak bilan 
yaxlit bichilgan bortlarni tikishda old bo'lakda adipni bukish chizig'i belgilab 
olinadi. Adipning ichki qirqimlariga ishlov beriladi (yuqoridagidek). Belgi-chiziq 
bo'ylab adipni old bo'lak o'ngiga buklab, adip qaytarma burchaklari va bort pastki 
burchagi belgi-chiziq bo'ylab, ag'darma chok bilan tikiladi. Burchaklardagi chok 


20 
haqidagi 0,2-0,3 sm qoldirib, ortiqchasi qirqib tashlanadi va o'ng tomonga 
ag'dariladi, ziylari ko'klanadi yoki tekislab, ko'klamay dazmollanadi. Izmaiar 
yo'rmalanadi. Agar izmaiar mag'iz qo'yib, ag'darma chok bilan tikilgan bo'lsa, 
izmaiar chetidan 2 sm oralikda sirma qaviq bilan adip bostirib ko'klanadi va adipni 
izma teshigiga to'g'rilab qirqib, ichkariga buklab, yashirin qaviq bilan tikib 
qo'yiladi. Ko'klangan iplar so'kib tashlanadi va tayyor bort dazmollanadi. 
Etakkacha tushgan bostirib tikiladigan qopqoqli taqilmani tikish Taqilma 
qopqoqda va old bo'lakda kiyim etagini bukish haqi belgilanadi. Taqilma 
qopqoqning ichki qirqimi teskari tomonga bezak bahyaqator kengligidan 0,5-0,7 
sm kengroq qilib buklanadi va dazmollanadi. Taqilma qopqoqning pastki tomoni 
uning o'ngini pastga qaratib, old boiakning belgi tomoniga to'g'rilab qo'yiladi va 
old bo'lakka ulanadi. Kiyim buklash haqi belgi-chiziq bo'ylab bukib, yashirin 
bahyali maxsus mashinada yoki universal mashinada bukib, tikiladi. Taqilma 
qopqoq old bo'lagining o'ngini pastga qaratib, teskarisiga ag'dariladi, taqilma 
qopqoq ulangan chokni etak ziyiga to'g'rilab, bort va bort uchlari yoqa 
o'tqaziladigan belgi-chiziqqacha ag'darma chok bilan tikiladi. Qopqoqni o'ngiga 
ag'darib, chokni tekislab, qopqoq gazlamasidan 0,1-0,2 sm kant hosil qilib 
dazmollanadi yoki oldin ziylarini ko'klab keyin dazmollanadi. Taqilma 
qopqoqning ichki qirqimini bezak bahyaqator kengligidan 0,5-0,7 sm kengroq qilib 
buklab bostirib tikiladi. Ko'klangan iplarni so'kib tashlab, dazmollanadi. Old 
bo'lakning ikkinchi tomoni qirqimi teskari tomonga belgi-chiziq bo'ylab 
dazmollab, universal mashinada bostirib tikiladi. Taqilma qopqoqli qo'sh ignali 
maxsus mashinada tikishda qopqoq gazlamasining qirqimlarini teskari tomonga 
buklagich yordamida bukiladi. Asosiy detal qirqimi ikkinchi buklagich yordamida 
o'ngi tomonga bukiladi va bir yo'la ikkita bahyaqator yuritib, taqilma qopqog'i old 
bo'lakka bostirib tikiladi. 


21 
Bostirma chok bilan tikiladigan qopqoqli taqilma. Kiyim old bo'lak kesimiga 
to'g'rilab, ustki va ostki qopqoqning o'ngini old bo'lak teskarisiga qo'yib, biriktirib 
tikiladi. Chok kengligi 0,7-l,0sm. Biriktirma chok haqi qopqoq tomonga 
to'g'rilanadi yoki yotqizib dazmollanadi. Qopqoqlari yuqori tomonining o'ngini 
ichkariga qaratib, kertimlaigacha burchaklari 0,6 sm kenglikda ag'darma chok 
bilan tikiladi. Burchaklaridagi chok haqidan 0,2-0,3 sm qoldirib, ortiqchasi qirqib 
tashlanadi va o'ngi tomonga ag'darib to'g'rilanadi 
Ostki qopqoqning old bo'lagi o'ngiga ag'darib o'tkaziladi, qirqimlarini 0,5- 0,7 
sm ichkariga bukib, ostki qopqoq ulangan chokni 0,1-0,2 sm yopib, bukilgan 
ziydan 0,1 sm kenglikda bostirib tikiladi. Pastki uchini 0,5-0,7 sm kenglikda 
ichkariga buklab, old bo'lak kesirrudan 1 sm pastroqda bostirib tikiladi. Ustki 
qopqoqni old bo'lak o'ngiga aylantirib o'tkazib, mo'ljaldagi qopqoq kengljgida 
buklab, ziyidan modeldagi kenglikda bostirib tikiladi. Bunda ochiq qirqimni 
bukishda qopqoq ulangan chok yopilib turishi kerak. Qopqoqning pastki burchagi 
modelda ko'rsatilgan shaklda bukib, bahyaqator yuritib puxtalanadi. Tayyor 
taqilma dazmollanadi 


22 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə