“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali
http://iqtisodiyot.tsue.uz/journal
339
mahsulotlar, ichki protseduralar, risklarni boshqarish modellari va boshqalar. “Bank
texnologiyasi” atamasi banklarga o‘z mijozlariga xavfsiz, ishonchli va arzon narxlarda
yaxshiroq xizmatlarni taklif qilishi hamda bank xizmatlari
bozorida raqobatbardosh
ustunlikka erishishi uchun zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalanishni anglatadi [1]
1
.
Bank texnologiyasi, shuningdek, demografik, psixografik va tranzaksion maʼlumotlar
kabi mijozlar tafsilotlarini saralash orqali mijozlar xatti-harakatlari modellarini ochishda
zamonaviy kompyuter algoritmlaridan foydalanish faoliyatini o‘z ichiga oladi. Maʼlumotlarni
yig‘ish deb ham ataladigan ushbu faoliyat mijozlarga segmentatsiya,
mijozlar skoringi,
maqsadli marketing, bozor savatchalarini tahlil qilish, o‘zaro sotish, sotish, mijozlarni ushlab
qolish kabi modellashtirish kabi turli xil marketing muammolarini hal qilish orqali banklarga
o‘z biznes maqsadlariga erishishda yordam beradi [2].
О.Меликов томонидан рақамли банк технологиялари ва уларнинг таркиби
ҳамда элементлари кенг ёритилиб, банк технологиялари бўйича хорижий ва маҳаллий
олимларнинг илмий қарашлари чуқур ўрганилган, таҳлил қилинган ва муаллифлик
фикрлар билдирилган.
Шунингдек, бугунги кунда дунё банкларида фойдаланиб
келинаётган Automated Teller Machine (ATM), Mobile Banking, Internet Banking,
Video
Teller Machine (VTM), Secure Short Messaging Service (SSMS), SIM Application-toolkit, RFID
Technology, Mobile Money каби банк технологиялари келтирилган ва уларнинг ўзига хос
хусусиятлари ҳамда афзалликлари очиб берилган [3].
M.Madraximov tomonidan masofaviy bank xizmatlarining bank faoliyatigadgi
ahamiyati, ularni ko‘rsatish kanallari va buni yanada kengaytirish imkoniyatlariga oid
ilmiy-nazariy qarashlar o‘rganib chiqilgan O‘zbekiston tijorat banklari amaliyotida
masofaviy bank xizmatlarining rivojlanish holati to‘plangan statistik ma’lumotlar asosida
tahlil qilingan. Tijorat banklarida masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirish,
mijozlarga
masofadan turib xizmat ko‘rsatish tizimini rivojlantirish bo‘yicha har bir tijorat banki o‘zining
strategik dasturini ishlab chiqish kerak. Mazkur dasturda qadamma-qadam barcha xizmat
turlarini masofaviy hamda onlayn rejimga o‘tkazish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqish
lozimligi, mazkur yo‘l xaritasida belgilangan vazifalarni moliyalashtirish manbasi, amalga
oshirish
muddatlari, amalga oshirish uchun mas’ul boshqarma hamda loyihani ishga
tushirish muddati kabilar keltirib o‘tilishi zarurligi ta’kidlangan[4].
Yuqorida o‘rganilgan jarayonlar va bildirilgan fikrlarni umumlashtirgan holda banklar
faoliyatiga raqamli texnologiyalarni samarali qo‘llash orqali ularning transformatsiyasini
amalga oshirish, mijozlar bilan ishlash jarayonini soddalashtirish,
vaqt va xarajatlarni tejash,
bank operatsiyalarini takomillashtirish bo‘yicha hali ham qilinishi lozim bo‘lgan amaliy ishlar
borligini taʼkidlash lozim.
Dostları ilə paylaş: