Shaxsga yо‘naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim о‘z mohiyatiga kо‘ra ta’lim jarayonining
barcha ishtirokchilarini tо‘laqonli rivojlanishlarini kо‘zda tutadi. Bu esa ta’limni
loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo,
kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘liq о‘qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda
yondoshilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini о‘zida
mujassam etmog‘i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bо‘g‘inlarini о‘zaro
bog‘langanligi, yaxlitligi.
Dialogik yondashuv. Bu yondoshuv о‘quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini
bildiradi. Uning natijasida shaxsning о‘z-о‘zini faollashtirishi va о‘z-о‘zini kо‘rsata olishi
kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim
oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni obyektiv qarama-
qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni,
amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qо‘llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qо‘llash. yangi
kompyuter va axborot texnologiyalarini о‘quv jarayoniga qо‘llash.
О‘qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash),
muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, amaliy ishlar.
О‘qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va о‘zaro
о‘rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.
О‘qitish vositalari: о‘qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) bilan
bir qatorda – kompyuter va axborot texnologiyalari.