Tijorat banklari faoliyatini


O‘zbekistonda banklar faoliyatini korporativ boshqarishning



Yüklə 152,79 Kb.
səhifə8/13
tarix10.06.2023
ölçüsü152,79 Kb.
#116601
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
bank tizimida

1.3 O‘zbekistonda banklar faoliyatini korporativ boshqarishning
xuquqiy asoslari

O‘zbekiston bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida tijorat banklarining halqaro moliya bozorlarida mavqei mutahkamlanib ularning raqoatbardoshligi oshirilmoqda. Tijorat banklarining faoliyatida risklarni boshqarish tizimi va strategiyasini ishlab chiqishi hamda uni amalga oshirishni nazorat qilish, bank kengashining rolini oshirish va qarorlar qabul qilish protsedurasini takomillashtirish talab etiladi. Bunga esa bevosita tijorat banklarida korporativ boshqaruv shaklini keng joriy qilish orqali erishish mumkin. Shuningdek, banklarning mustaqil rivojlanishi va resurslarni samarali boshqarishi ularda bank menejmenti sifatini oshirishni talab etadi va bu ham korporativ boshqaruv bilan bog‘liq.


Hozirgi sharoitda rivojlangan mamlakatlarda singari O‘zekistonda ham banklarni korporativ boshqaruv masalalari asosan tartibga soluvchi davlat organlari tomonidan amalga oshirish talab etilmoqda. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2000 yil 24 iyundagi 11/6-sonli bayonnomasi,
№472-sonli “Tijorat banklarida korporativ boshqaruv to‘g‘risida”gi Nizomi ishlab chiqilib, shunga muvofiq banklarda korporativ boshqaruv ishlari tashkil etiladi.
Korporativ boshqaruv tushunchasi 1970 yillarning oxirida AQSHda qo‘llanilgan. Buning sababi o‘sha paytlarda AQSHdagi yirik kompaniyalarva firmalar siyosiy partiyalarni moliyalashtirish va korrupsiyaning rivojlanishi natijasida mulkni boqsharishning jamoaviy shakliga o‘tishga majbur bo‘lgan.
Nazariy jihatdan korporativ boshqarish banklarni aksionerlik jamoaviy shaklida boshqarilishini tushunamiz. Lekin, ba’zi hollarda uning mohiyati turlicha talqin qilinish hollariga duch kelamiz. Masalan ba’zi olimlar bankning jaradigan operatsiyalarini boqsharish tizimi deb tushuntirsa, boshqalari esa bank resurslarni boshqarish deb o‘rganishadi. Korporativ boshqarishda bankning ichki va tashqi omillari hisobga olingan holda boshqarish tizimiga aytiladi.
Fikrimizcha tijorat banklarida korporativ boshqaruv –aksionerlik mulkchilik shakli asosida banklar faoliyatini taktik va strategik boshqarish tizimidir.
Korporativ boshqarishni turli mamlakatlarda turlicha talqin qilishadi. AQSHda va Angliyada kompaniyalarning kapitaliga ko‘pchilik alohida shaxslar va firmalar egalik qiladi. Korporativ boshqaruvning kontinental modeli amal qiluvchi davlatlarda (Evropa, MDH, Lotin Amerikasi) asosan jamiyat ulushi guruhlarga tegishli bo‘ladi. SHundan kelib chiqib ushbu mamlakatlarda AQSHga nisbatan kapital taksimoti va unda ovozlar berilishi konsentratsiyasi nisbatan yuqori.
Bundan tashqari, ayrim hollarda 50 foiz aholisi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita kompaniyalarning aksiyalariga egalik qiladi. Germaniyada esa ushbu ko‘rsatkich 20 % ni tashkil qiladi. Shundan xulosa qilish mumkinki, tijorat banklari faoliyatini boshqarishning ikki modelini “menejerlar xukmronlik qiluvchi model” AQSH amaliyotida qo‘llaniladi va Epvropa mamlakatlarida ko‘llaniladigan “aksiya paketiga ega aksionerlar xukmronlik qiladigan” modellarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
Korporativ boshqaruvni tashkil qilish bir qator tamoyillariga asoslanishi lozim. Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot tashkiloti (IHTT) ning korporativ boshqaruv bo‘yicha tamoyillarini o‘z ichiga olgan qoidasi mavjud. Ular quyidagilar:

  1. Aksionerlar huquqlari

  2. Aksionerlar uchun tenglik

  3. Korporativ boshqarishda aksionerlarning roli.

  4. Ma’lumotlar ochiqligi va tranparentlik

  5. Kengashning javobgarligi.

Korporativ boshqarishda eng asosiy masala bo‘lib, kopaniya ishtirokchisi hisoblangan 3 ta guruhni munosabatlarini aniqlab olishni talab etadi. Bular: aksionerlar, bank kengashi va boshqaruv.
Korporativ boshqarish –kompaniya egalarining va ular yollagan xodimlarning maqsadli va o‘zaro manfaatli munosabatlari tizimi.
Respublikamizda tijorat banklari faoliyati korporativ boshqarishning xuquqiy asoslari quyidagi qonun va qonunosti xujjatlari orqali amalga oshiriladi:

  • O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun 1996 yil 26 aprel;

  • “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonun 2008 yil 22 iyul;

  • “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar xuquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun1996 yil 26 aprel;

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 25 apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-4720 sonli Farmon va boshqalar.

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 31 martdagi “Korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish va aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha komissiya tashkil qilish to‘g‘risida” gi PQ-2327- sonli qarori;

  • Markaziy banki Boshqaruvining 2000 yil 24 iyundagi №472-sonli “Tijorat banklarida korporativ boshqaruv to‘g‘risida”gi Nizom;

  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank boshqaruvining 2009 yil 15 avgustdagi №703-sonli “Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom;

“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunning 7- moddasiga asosan: Banklar, qoida tariqasida, mulkchilikning har qanday shakli asosida aksiyadorlik jamiyati tarzida tashkil etiladi16.
Ushbu qonunning 22-moddasida bankning boshqaruv organlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi:

  1. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi,

  2. Bank kengashi,

  3. Bank boshqaruvi

Markaziy banki Boshqaruvining 2000 yil 24 iyundagi 11/6-sonli bayonnomasi, №472-sonli “Tijorat banklarida korporativ boshqaruv to‘g‘risida”gi Nizomiga asosan «Korporativ boshqaruv» tushunchasi tijorat banki faoliyatini boshqarishda Kengash a’zolari va boshqa rahbar xodimlar tomonidan amalga oshiriladigan asosiy faoliyat hamda qoidalar majmuasi tushuniladi. Shu bilan birga korporativ boshqaruv konsepsiyasi biznes yuritish etikasining andozalari va aksionerlarga bo‘lgan munosabatlarda mas’uliyat hisi hamda bank faoliyat ko‘rsatayotgan jamiyat talablarni e’tiborga olishni o‘z ichiga oladi. Korporativ boshqarishning predmeti bo‘lib amalga korporativ munosabatlar yig‘indisi hisoblanadi.

1999 yil sentyabrda Bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi «Kredit tashkilotlarida korporativ boshqaruvni takomillashtirish» bo‘yicha maxsus hujjat
16Ўзбекистон Республикасининг «Банклар ва банк фаолияти тўғрисида»ги Қонун 1996 йил 26 апрель
qabul qildi va unda korporativ boshqaruvni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalarni keltirib o‘tgan. Mazur hujjat IHTT bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Ushbu hujjatga asosan, bank muassasalarida korporativ boshqaruv-bu direktorlar kengashi va yuqori bo‘lim menejerlari tomonidan bank faoliyatini boshqarish va natijada bank:

  • o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga erishishi va bank egalarining mulki va qimmatliklarini oshiradi;

  • kundalik moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiradi;

  • faoliyat davomida manfaatdor tomonlarning (xodimlar, mijozlar, tartibga soluvchi organlar va davlat) manfaatlarini himoya qiladi;

  • bank biznesi ishonchliligini ta’minlash va me’yoriy talablarni bajarish qoidalariga muvofiq tarzda korporativ harakatlarni amalga oshirish;

  • omonatchilar manfaatlarini himoyalash.

Samarali korporativ boshqaruvni tashkil etish orqali banklar bir qator masalalarni hal etishi lozim bo‘ladi.
Birinchidan, mulk egalari va boshqaruvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlashtirish. Bank biznesi sanoat, savdo yoki boshqa sohalarga nisbatan murakkab.
Ikkinchidan, banklar moliyaviy vositachilik funkiyasini amalga oshirib boshqa korxona tashkilotlarga nisbatan o‘zining mablag‘lari bilan ishtiroki kam, ya’ni asosan jalb qilingan mablag‘lar hisobidan amalga oshiradi.Bunday sharoitda banklar jalb qilingan mablag‘larni joylashtirishda risk darajasini baholashi va mablag‘ egalarining ishonchini qozonishi lozim. Bank faoliyatida yuzaga keluvchi risklar va mablag‘lar egalarining ishonchini qozonish, ularning mablag‘larini kafolatlash tizimini mavjduligi bu jarayonni soddalashtiradi.
Banklarda samarali korporativ boshqaruv tamoyillari.Bazel qo‘mitasi hujjatlariga asosanzamonaviy banklararo raqobat sharoitida banklarda samarali korporativ boshqaruv bir qator tamoyillarga asoslanadi va ular quyidagilar:

  • Korporativ boshqaruv kodekslarida belgilab qo‘yilgan va boshqa standartlarda keltirilgan tartiblarni qo‘llash;

  • alohida olingan xodim yoki bank faoliyati natijalarining belgilab olingan rivojlanish strategiyalariga muvofiqlik tamoyili;

  • huquqlar va majburyatlarning aniq taqsimlanish tamoyili (jumladan qarorlar qabul qilishda);

  • direktorlar kengashi, boshqaruv va auditorlarning o‘zaro hamkorlik va samarali ta’sir mexanizmi tamoyili;

  • ichki nazorat tizimining ishonchliligi (ichki audit xizmati va tashqi audit tekshiruvlarini o‘tkazish orqali uning samaradorligini baholash) varisklarni boshqarish xizmat amvjudligi tamoyili;

  • bank biznesining alohida olingan yo‘nalishlarida risklarni doimiy monitoring qilish tamoyili;

  • bank xodimlari va boshqaruvchilarni moliyaviy va faoliyatini rahbatlantirish tizimining mavjudligi tamoyili;

  • bankning ichki talabini ta’minlovchi va zarur tashqi ma’lumotlar ma’lumotlar tizimining mavjudligi va bankning shaffofligi.

Yuqoridagi tamoyillarning tijorat banklarida korporativ boshqaruvni tashkil qilishda qo‘llanilsa, boshqaruvning samaradorligi yanada oshadi.
Banklarning asosiy maqsadi sifatida aksionerlarning manfaatlarini ko‘zlagan holda amaldagi qonunchilikda ruxsat etilgan tartiblarga muvofiq bank faoliyatining korporativ foydasini ko‘paytirishga yo‘naltiriladi.
Banklar nizomiga muvofiq o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan jamiyatning moliyaviy ehtiyojini qondirish kabi qo‘shimcha majburiyatlarga ega bo‘lishlari mumkin. Mazkur ehtiyojlarni qondirish davomida banklar o‘zlarining xavfsiz va ishonchli faoliyatlarga salbiy ta’sir etmaydigan faoliyat, xususan, jamiyatning farovon hayoti, gumanitar va xayriya maqsadlari uchun etarli darajada mablag‘lar ajratishi mumkin.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi bankning oliy boshqaruv organidir. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining vazifalari va vakolatlari qonun hujjatlari va bank ustavi asosida belgilanadi.
Aksiyadorlik jamiyatlari shaklida tuzilgan banklar ikki turdagi aksiyalar: oddiy va imtiyozli aksiyalarni chiqarish huquqiga ega. Oddiy va imtiyozli aksiyalarga ega bo‘lgan aksiyadorlar o‘zlarining bank ustav kapitalidagi ulushlariga qarab bank «egasi» hisoblanadilar. Oddiy va imtiyozli aksiyalar egalarining xuquqlari amaldagi qonunchilikka muvofiq farqlanadi.Bank aksionerlari tomonidan bank faoliyatiga xavf tug‘diradigan harakatlaramalga oshirilsa va bu xarakatlar bankni to‘lovga qobiliyasizligiga olib kelsa, aksionerlar amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortilishi mumkin.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq, bank aksionerlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish tartibi belgilangan.
Oddiy va imtiyozli aksiyalarga ega aksionerlar quyidagi huquqlarga egadirlar:

  • bank aksionerlari ro‘yxatiga kirish;

  • bank aksionerlari ro‘yxatiga muvofiq bank foydasidan dividend olish;

  • olingan dividendlardan erkin foydalanish;

  • bank tugatilgan taqdirda bank mulkini ma’lum qismiga egalik qilish;

  • bankni boshqarishda ishtirok etish;

  • bank tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar va mazkur xizmatlar bahosi to‘g‘risida ma’lumotlar olish;

  • bank nizomiga muvofiq uning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida to‘liq va haqkoniy ma’lumotlarni olish;

  • sudda hamda qimmatli qog‘ozlarni tartibga solish va muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli davlat organida o‘z huquqlarni himoya qilish;

  • o‘z manfaatlarini himoya qilish maqsadida assotsiatsiya va boshqa jamoat tashkilotlariga birlashish;

  • olingan qimmatli qog‘ozlar va foyda bo‘yicha yuzaga kelish ehtimoli bor zararlar natijasida bo‘ladigan xatarlardan sug‘urta qilish;

Shuningdek, aksionerlar amaldagi qonunchilik va bank nizomida ko‘zda tutilgan boshqa huquqlarga egadirlar.
Oddiy aksiyalar jamiyatni boshqarishda ovozga ega bo‘lib, ularning egalariga, dividendlar olishda va aksionerlar umumiy yig‘ilishda qatnashish xuquqini beradi. Oddiy aksiya egalari bank faoliyati bilan bog‘liq masalalarni echish bo‘yicha alohida vakolatga egadirlar.
Oddiy aksiya egalari aksionerlar umumiy yig‘ilishi vakolatiga kiruvchi quyidagi masalalar bo‘yicha aksionerlar umumiy yig‘ilishi ovoz berish xuquqiga ega:
Ko‘zda tutilgan masalalar aksionerlar umumiy yig‘ilishida ishtirok etayotgan ovoz beruvchi aksionerlarning kamida 75 foizi ovozi bilan qabul qilinadi.
Imtiyozli aksiya o‘z egasiga birinchi o‘rinda aksiyalar bo‘yicha dividendlarni va aksionerlar orasida aksiyalarga yo‘naltirilgan mablag‘larni (jamiyat tugatilgan taqdirda) birinchi olish huquqini beradi.
Imtiyozli aksiyalar egalari amaldagi qonunchilikda va bank Nizomida imtiyozli aksiyalar egalari bo‘yicha alohida ko‘zda tutilmagan holatlardan tashqari aksionerlarning umumiy yig‘ilishida ovoz berish huquqiga ega emas. Imtiyozli aksiyalar egalari faqatgina bank tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi masalalari bo‘yicha aksionerlar umumiy yig‘ilishda ovoz beradilar. Imtiyozli aksiyalar egalari dividendlarni oddiy aksiya egalariga to‘langunga qadar olish huquqiga egadirlar. Imtiyozli aksiya egalariga to‘lanadigan dividendlar muddati, shartlari va dividend miqdori ushbu aksiyalarni chiqarish davridagi shartlar asosida boshqariladi. Shuningdek, imtiyozli aksiya egalari bank aksiyalari yo‘naltirgan mablag‘larni oddiy aksiyalar egalariga olgunga qadar olish huquqiga egadirlar.
Tijorat banlarida taftish komissiyasi aksionerlar uchun bank faoliyati ustidan nazorat olib borishning asosiy vositasi bo‘lib hisoblanadi. Bank Nizomida Taftish komissiyasi a’zolarining aniq soni va vazifalari belgilab qo‘yilishi lozim. Bank Taftish komissiyasi bank Nizomiga muvofiq aksionerlar umumiy yig‘ilish tomonidan saylanadi.
Boshqaruv a’zoligiga nomzodlar jinoiy, ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lsalar ushbu to‘g‘risida bank Kengashiga ma’lumot berishlari lozim.
Bank Boshqaruvi raisi o‘z lavozimiga Markaziy bank bilan kelishilgan holda bank Kengashi qarori va aksionerlar umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdig‘i bilan tayinlanadi. Boshqaruv a’zolari bank Kengashi tomonidan tayinlanadi. Bankning har kungi faoliyatini boshqarish bank Boshqaruvi tomonidan amalga oshirilish lozim. Boshqaruv a’zolari o‘z faoliyatlari davomida bank Kengashi tomonidan belgilangan amaldagi qonunchilikka (hamda Markaziy bank me’yoriy xujjatlari nizomlariga) zid bo‘lmagan hamda axloqiy tamoyillarni buzmagan bank siyosatiga amal qilishlari lozim. Bundan tashqari, Markaziy bankning me’yoriy xujjatlariga asosan bank Boshqaruviga bankni boshqarishda quyidagi siyosatlarni ishlab chiqish majburiyati yuklangan. Jumladan,

  • bank kredit siyosati;

  • bank likvidligini boshqarish siyosati;

  • investitsiya siyosati;

  • emissiya siyosati.

Qo‘shimcha ravishda, bank boshqaruvi a’zolari bank aksionerlari va kengashning ishonchli vakillari bo‘lib, bank manfaatlari va aksionerlarning manfaatlari o‘zlarining manfaatlaridan yuqori qo‘yishlari lozim.
Bank Kengashi raisining unchalik e’tiborli bo‘lmagan roliga qaramay Kengash raisi bank faoliyatini yuritishda ishonchli shaxslar oldida birinchi darajali mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. O‘z majburiyatlarini bajarishda Bank Kengashi quyidagilarni bajarishi shart:

  1. Malakali bank boshqaruvi a’zolarini ishga yollash va ularni tasdiqlash;

  2. Boshqaruv bilan maslahatlashgan holda bankning uzoq va qisqa muddatli biznes-rejasini belgilash;

  3. Bank maqsadlariga erishish hamda qonuniy, havfsiz va samarali bank faoliyatini yuritish uchun etarli siyosatlarni belgilash;

  4. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va bank siyosatlariga muvofiq bank operatsiyalari ustidan amalga oshirilayotgan etarli nazoratni amalga oshirish;

  5. Bankning joriy faoliyatini kuzatish.

Markaziy bank tomonidan bank tomonidan mazkur nizom talablarini qanday bajarilayotgani darajasi banklarda o‘tkazilayotgan inspeksiya davomida CAMEL tizimida menejment komponenti yordamida bank Kengashi faoliyati baholanishi mumkin. Bank Kengashi mustaqilligini ta’minlash va belgilash banklarda korporativ boshqaruvning asosiy elementi hisoblanadi. Bundan tashqari, bank samarali korporativ boshqaruv Kengash tomonidan ishga yollangan bank Boshqaruvi bilan Kengashning har bir a’zosi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni talab etadi. Biroq, bank faoliyati ustidan nazorat olib borishda Kengashning har bir a’zosi tomonidan bank Boshqaruvi faoliyatini baholashda mustaqil fikrlash zaruriyatini tug‘diradi. Bank Kengashi tomonidan har bir muammoni tanqidiy baholash juda muhim ahamiyatga egadir. Bank Boshqaruvi qarorlarini har bir Kengashi a’zosining asossiz o‘z fikriga ega bo‘lma turib kelishishi bank va aksionerlar manfaatlariga xizmat qilishda etarli emas deb baholanishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining yuqori templarda rivojlanib borishi bank Kengashi a’zolari tomonidan bank faoliyati to‘g‘risida kerakli axborotlarga ega bo‘lishlariga etarli vaqt ajratishni taqozo etadi. Kengash a’zolari bank Boshqaruvi bilan birgalikda Kengash a’zolarini o‘z vaqtida bank faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlash bo‘yicha dastur ishlab chiqishlari lozim. Kengashning har bir a’zosi Kengashning barcha yig‘ilishlarida ishtirok etishlar va Boshqaruv tomonidan taqdim etilayotgan barcha material va hisobotlarni diqqat bilan o‘rganib chiqishlari shart. Ko‘pchilik banklarda Kengash yig‘ilishigi har oyda o‘tkazilishi etarlidir. Muammoli banklarda esa Kengash yig‘ilishi ko‘proq o‘tkazilib turilishi maqsadga muvofiqdir.Yig‘ilish boshlanishiga qadar bank Kengashi yozma majlis kun tartibini tayyorlashi lozim. Kun tartibi bank Kengashiga majlisni tashkilashgan va samarali o‘tkazilishiga yordam beradi. Shuningdek, kun tartibi bank Boshqaruvchiga majlisga tayyorgarlik ko‘rish hamda bank Kengashining yig‘ilishiga barcha masalalar kiritilganligi va Kengashning o‘tgan yig‘ilishlagi masalalar majlis bayonnomasiga kiritilganligiga amin
bo‘lishiga yordam beradi.
Shuningdek, bank Kengashi tomonidan bank Boshqaruvi, bankning yuridik bo‘linmasi boshlig‘i, ichki va tashqi auditorlar hamda bankning boshqa maslahatchilari bilan uchrashuvlar tashkil etib turilishi foydalidir. Shu bilan birga Kengash a’zolari uchun o‘quv seminarlarini tashkil etish nazarda tutilishi maqsadga muvofiqdir.
Bank Kengashi bankning kundalik faoliyati malakali boshqaruv a’zolari tomonidan amalga oshirilayotganligini ta’minlashda javobgar hisoblanadi. Agarda, bank Kengashi boshqaruv a’zolari birining ish faoliyatidan qoniqmasa, u holda mazkur masala echimi bilan o‘zi shug‘ullanishi lozim bo‘ladi. Shuningdek, yangi boshqaruv a’zosini yollash zarurati tug‘iladigan bo‘lsa, bank Kengashi imkoniyat darajasida tezroq malakali rahbar topishi lozim. Boshqaruv a’zosiga nomzod bo‘lgan shaxs qobiliyatli, tajribali, katta obro‘ga ega bo‘lishi zaruriy sifatlardan hisoblanadi. Nazorat Kengash majburiyatlaridan eng asosiysi hisoblanadi. Nazorat har bir aniq holat miqyosiga qarab o‘zgaradi. Bank Kengashi boshqaruv faoliyati ustidan nazoratning barcha choralarini amalga oshirishi lozim bo‘lib, jumladan:
Kengash bank faoliyatining barcha asosiy turlari bo‘yicha hamma xodimlarga tushunarli bo‘lgan yozma ravishdagi siyosatni ishlab chiqishi lozim. Kengash bank siyosatlarini iqtisodiy sharoitga bank holatiga hamda amaldagi qonun va nizomlarga muvofiqligi ustidan nazoratni amalga oshirishi lozim. Banklarda ma’lum turdagi siyosat bo‘lishligi Markaziy bankning nizomlari va boshqa qonunlarga muvofiq talab qilinadi. Bunday siyosatlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • aktiv va passivlarni boshqarish (mablag‘larni boshqarish (mablag‘larni boshqarish bo‘yicha qo‘mita tashkil etishni o‘z ichiga oladi));

  • kredit siyosati (bu kredit va kreditlarni ko‘rib chiqish ichki jarayonini o‘z ichiga oladi);

  • kadrlar siyosati (faoliyatni baholash jarayoni va mukofotlar berishni aniqlashni o‘z ichiga oladi);

  • dividendlarni to‘lash siyosati;

  • investitsiya siyosati;

  • emissiya siyosati.

Shuningdek, bank Kengashi tomonidan bank faoliyatiga tegishli bo‘lgan quyidagi qo‘shimcha siyosatlarni ishlab chiqilishi lozim:

  • foydani rejalashtirish va byudjet;

  • kapitalni rejalashtirish;

  • buxgalteriya hisobining ichki nazorat tizimi;

  • amaldagi qoidalarga rioya etilishi bo‘yicha nazorat (bank dasturlari va faoliyatini Markaziy bank nizomlari va qoidalariga rioya etilishi);

  • ichki audit dasturi;

  • tashqi audit dasturi;

  • manfaatlarni to‘qnashuvi;

  • chet el valyutasi bilan operatsiyalar;

  • etika qoidalari;

  • ma’lumotlarni elektron qayta ishlash operatsiyalari.

Ushbu siyosatlar nosog‘lom va xavfsiz bo‘lmagan amaliyotga muvofiq bankning biznes rejasida ko‘rsatilishi lozim. Siyosat samarali amaliyotini amalga oshirish hamda qonunchilik talablari, shu jumladan Markaziy bank me’yoriy xujjatlari talablariga muvofiq bo‘lgan asosiy jarayon va ichki nazoratni o‘z ichiga olishi hamda bankni tashqi jinoyatlar, ichki qalloblik va suiste’molliklardan himoya qilishi lozim.
Kengash bank boshqaruvi tomonidan Kengashga bank faoliyatini nazorat qilish imkoniyatini beruvchi asosiy ma’lumotlar bilan ta’minlash mexanizmini tasdiqlashi lozim. Ko‘pincha bunday mexanizm boshqaruv tomonidan Kengashga beriladigan hisobotlarni o‘z ichiga oladi. Hisobotlar Kengash yig‘ilish o‘tkazishdan avval berilishi lozim.
Bank Kengashi amaldagi qonunchilikka muvofiq ma’lum koeffitsientlarni doimiy ravishda ko‘rib chiqishi lozim. Quyidagilar mazkur koeffitsientlarni o‘z ichiga oladi:

  1. Daromadlarni aktivlarga nisbati;

  2. Foydani aktivlarga nisbati;

  3. Foydani ustav kapitaliga nisbati;

  4. Umumiy foiz marjasi;

  5. Tasniflangan ssudalarni umumiy ssudalar hajmiga nisbati;

  6. Bank harajatlarini foizlarni to‘lash bilan bog‘liq bo‘lmagan aktivlarga nisbati;

  7. Hisobdan chiqarilgan kreditlarni aktivlarga nisbati.

Banklarda yylik hisobot xujjatlari quyidagi axborotlarni o‘z ichiga olishi lozim:
Oylik balans hisoboti. Balans hisobotini ko‘rib chiqilayotganda joriy oy bilan o‘tgan oy ko‘rsatkichlari, Shuningdek, mos oydagi avvalgi yil ko‘rsatkichlari solishtiriladi.
Foyda va zararlar hisoboti. Bank Kengashi foyda va zararlar hisobotini joriy oydagi va mos oydagi avvalgi yil holati ko‘rib chiqadi. Mazkur foyda va zararlar hisoboti byudjet bilan taqqoslanishi lozim. Agarda foyda va zararlar hisoboti byudjet bilan to‘g‘ri kelmagan xolda bank Boshqaruvi tomonidan mazkur holat tushuntirib berilishi lozim.
Kapitalning etarliligi. Kengash kapitalning eng asosiy koeffitsientlarini ko‘rib chiqishi lozim. Bunday koeffitsientlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • kapitalning korrektirovka qilingan umumiy summasini tavakkalchilik darajasiga tortilgan aktivlarga nisbati (kapitalning etarlilik koeffitsienti);

  • birinchi darajali kapitalni tavakkalchilik darajasiga tortilgan aktivlarga nisbati;

  • birinchi darajali kapitalni moddiy aktivlarga nisbati (leveraj).

Ushbu koeffitsientlarning mazmuni va kapitalning eng kam darajasi Markaziy bank nizomda o‘z aksini topgan. Bank holati va iqtisodiy sharoitga qarab ushbu koeffitsientlarning mazmuni vaqti vaqti bilan o‘zgarishi mumkin.
Kapital xarajatlari. Kengash tomonidan dividend sifatida to‘lanayotgan naqd pulni koeffitsientini ko‘rib chiqishi lozim. Mazkur koeffitsient sof foydaning qanday qismi dividend sifatida to‘langanligini bildiradi. Agar bank Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan kapitalning eng kam miqdori va boshqa zahiralar talabi
darajasiga javob bermaydigan bo‘lsa, u xolda dividend to‘lanishiga yo‘l quymaslik holatlariga alohida e’tibor berilishi lozim.
Likvidlik. Kengash bank likvidligini sinchkovlik bilan nazorat qilishi lozim. Agar bank o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida katta zararsiz ta’minlasa, xususan depozitlarni to‘satdan bankdan olinishida o‘z majburiyatlarini bajara olsa, bank likvidli hisoblanadi. Bankda likvidlikni ta’sinlashini nazorat qilish uchun likvidli aktivlar nisbati va so‘ngdirish muddati 30 kun bo‘lgan aktivlarni talab qilib olguncha bo‘lgan majburiyatlarga nisbati va so‘ngdirish muddati 30 kun bo‘lgan majburiyatlarga nisbati kabi koeffitsientlardan foydalaniladi, ya’ni joriy likvidlik darajasidir. Markaziy bank me’yoriy xujjatlarida mazkur koeffitsient darajasining eng minimal miqdori 0,3 qilib belgilangan. Bundan tashqari bank Markaziy bankning likvidliklikga qo‘yiladigan talablariga muvofiq mazkur koeffitsientlar bilan birgalikda likvidlik qo‘shimcha koeffitsientlarni ham ko‘rib borishi lozim.
Bank Boshqaruvi tomonidan taqdim qilingan hisobotlarni ko‘rib chiqish davrida bank Kengashi boshqa xuddi shunga o‘xshash banklarning faoliyati bilan taqqoslab ko‘rishga alohida e’tibor berishi lozim.
Bank Kengashi tomonidan Markaziy bank va tashqi auditorlar tomonidan aniqlangan qonunbuzarliklar va boshqa kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun Bank Kengashi Markaziy bank inspektorlari va tashqi audit hisobotlarini o‘rganib chiqishi lozim. Shuningdek, bank Kengashi har chorakda ichki audit xizmati rahbarining hisobotlarini tinglab borishi shart. Kengash a’zolari Markaziy bankdan olingan barcha xat va boshqa yozishmalarni o‘rganib borish va kerakli tadbirlarni amalga oshirish lozim. Shu bilan birga bank Kengashi bank faoliyatiga xavf tug‘diruvchi holatlarni Markaziy bank inspektorlari bilan birgalikda muhokama qilinishi lozim.
Bank Boshqaruvi bank obro‘iga, daromadliligiga va xavfsizligiga ta’sir etuvchi vaziyatlar to‘g‘risida zudlik bilan kechiktirmasdan bank Kengashiga xabar berishi lozim. Agarda shunda xolatlar yuzaga kelgan taqdirda ushbu masalani ko‘rib chiqish uchun zudlik bilan bank Kengashi yig‘ilishi chaqirilishi lozim.
Bunday holatlarga bank aktivlarini ko‘p qismini sotish, bank filiallarini yopish yoki sotish hamda sud organlari tomonidan bank faoliyatini cheklash bo‘yicha qarorlar qabul qilish bo‘yicha xarakatlarni kiritish mumkin.
Bank Kengashi bank faoliyati ustidan nazorat o‘rnatish bo‘yicha vazifalarni bajarish bo‘yicha qo‘mitalar tuzishi mumkin. Bunday qo‘mitalarga quyidagilar kirishi mumkin:
Auditorlik qo‘mitasi. Mazkur qo‘mita bank Kengashi yig‘ilishiga bank tashqi auditori nomzodlarini kiritish, tashqi auditorlar va bank Kengashi o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni amalga oshirish, audit ekshiruvlari hisobotlarini qabul qilib olish va ko‘rib chiqish, auditorlardan olingan ma’lumotlar bo‘yicha bank Kengashi oldida hisobot berish kabi vazifalarni bajaradi. Mazkur qo‘mitalar tashkil etilgan banklarda ichki audit xizmati to‘g‘ridan to‘g‘ri shu qo‘mitaga bo‘ysunadi.
Kredit qo‘mitasi. Kredit qo‘mitasining asosiy vazifasi yangi kreditlarni berish jarayonini ko‘rib chiqish va uni tasdiqlash hamda oldin berilgan kreditlar bo‘yicha shartlarni o‘zgartirish bo‘lib hisoblanadi. Qo‘mita o‘z yig‘ilishini zarur holatlarda o‘tkazadi.
Investitsiya qo‘mitasi. Investitsiya qo‘mitasining asosiy vazifasi bankning investitsiya siyosatini to‘g‘ri amalga oshirilishini ta’minlaydi. Bank tomonidan qilingan investitsiya kutilayotgan daromadlarni olib kelishi va bank investitsiya portfelida qilingan investitsiyalarni qaytarish muddatlari aniq ko‘rsatilish lozim. Aktiv va passivlarni boshqarish qo‘mitasi - ushbu qo‘mitaning asosiy vazifasi bank likvidligini ta’minlash uchun bank balans hisoboti, foyda va zararlar hisobotini doimo nazorat qilib turishdan iborat. Qo‘shimcha ravishda, bank majburiyatlarini so‘ngdirish vaqti bilan uning aktivlari so‘ngdirish vaqti o‘rtasida noaniqlar yuzaga kelmasligi uchun bankning foiz daromadlari keltiruvchi aktivlari va bank passivlarining foiz stavkasi o‘rtasida balansning ushlab turishni nazorat qilib turishi lozim. Agarda bank Kengashi mazkur qo‘mitani tuzgan bo‘lsa qo‘mitaning bank resurslarini boshqarish bo‘yicha faoliyatini alohida nazorat qilib borishi lozim.


Yüklə 152,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə