Tijorat banklari faoliyatini



Yüklə 152,79 Kb.
səhifə9/13
tarix10.06.2023
ölçüsü152,79 Kb.
#116601
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
bank tizimida

III BOB TIJORATBANKLARINIKORPORATIVBOSHQARISHVA UNING BANKLAR FAOLIYATI BARQARORLIGIGA TA’SIRINING KREDIT TA’MINOTINING AMALDAGIHOLATITAHLILI

2.1 Banklarda korporativ kreditning buxgalteriya hisobini boshqarish samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar

Jahonda yuz berayotgan iqtisodiy o‘zgarishlar, avvalambor moliyaviy sektorga, jumladan, banklar faoliyatida ham o‘z aksini topmoqda. Bu o‘z navbatida doimiy tarzda bank sektorida aktivlarni konsolidatsiyalash jarayoni va jahon bozoriga kirish imkoniyatlarini qidirish ishtirokchilarga korporativ boshqaruv amaliyotini rivojlantirish kerakligini uqtiradi. Xalqaro moliya korporatsiyasi bank sektorida korporativ boshqaruv me’yorlarining qo‘llanishidagi ilobiy o‘zgarishlarni ko‘rsatuvchi tajriba o‘tkazdi.
Moliyaviy bozorlarda ijobiy o‘zgarishlar korporativ boshqaruv tizimining barcha komponentlariga ta’sir ko‘rsatadi:

      • korporativ boshqaruv tamoyillariga rioya qilish;

      • direktorlik kengashi ishlari amaliyoti;

      • axborotning shaffofligi va ochiqligi;

      • ichki nazorat va risklarni boshqarish.

Xorij kapitali ishtirokidagi banklarda va aksiyalari birjalarda kotirovka qilinadigan banklarda korporativ boshqaruv darajasi oshib bormoqda. Korporativ boshqaruvning yaxshilanishi banklarning kapital bazasiga, jahon moliya bozoridagi faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, banklar muntazam ravishda xorij investorlarini jalb qilish bilan shug‘ullanmoqda.
Samarali korporativ boshqaruv amaliyoti bank tizimiga jamiyatning ishonchini oshirishda ularning qo‘llab-quvvatlashiga erishishi uchun muhim hisoblanadi. Kuchsiz korporativ boshqaruv alohida banklarning muammolarining yomonlashuviga olib keladi. Masalan,bank molk-mulkiga bo‘lgan bozor ishonchining yo‘qolishiga olib keladi, bu o‘z navbatida likvidlilik inqirozini targ‘ib qiladi hamda ommaviy makroiqtisodiy ta’sir ko‘rsatadi. Markaziy bank turli nazorat vositalariga ega. Bank qonunchiligiga o‘zgartirish kiritish Rossiya

Federatsiyasi Moliya vazirligining vazifasi hisoblanadi. Bank kredit riskidan qochish uchun kerakli choralarni ko‘radi. Bank ularga rioya qilishi kerak, aks holda sanksiyalarga duch keladi. Bu zamonaviy bank biznesi mohiyatini ochib beruvchi tavsiyanoma ham bo‘lishi mumkin. Bu hujjatlar yuridik kuchga ega emas va amal qilish majburiy hisoblanmaydi.


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki banklardan aniq bir hujjatlari to‘plamini talab qiladi. Ularga quyidagilar kiradi: ustav kapitali, bank kengashi va boshqaruv kengashining holati, ichki nazorat tizimi,ichki nazorat departamenti hamda risklarni boshqarish siyosati. Banklar o‘z operatsiyalarini bajarishda va ichki me’yoriy hujjatlarini yuritishda erkin hisoblanadi. Xalqaro moliyaviy korporatsiyalarda olib borilgan izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, banklar korporativ boshqaruvida qo‘shimcha ichki hujjatlar kiritishga unchalik xohishsiz qaraydilar.
Masalan, faqatgina 56% banklar ma’lumotlarni ochish bo‘yicha nizom ishlab chiqqan yoki o‘zlarining korporativ boshqaruvlarini korporativ boshqaruvning alohida olingan kodeksi asosida yuritadilar. Korporativ daromadlarni reinvestitsiyalash tajribasini hisobga olgan holda, shuni aytish joizki, faqatgina 34% banklargina dividentlarni taqsimlashda maxsus nizomdan foydalanadi. Faqat 31% bank respondentlari audit qo‘mitasi nizomi mavjud va bu nizom shu qo‘mitaning faoliyatini nazorat qiladi.
So‘nggi yillar mobaynida O‘zbekiston banklari korporativ boshqaruv sohasida alohida yutuqlarga erishdi. Kredit tashkilotlari Markaziy bank tomonidan olg‘a surilgan tijoratbanklarida korporativ boshqaruv darajasida oshirishga qaratilgan tashabbusga e’tibor qaratishmoqda. Xalqaro moliya korporatsiyasi izlanishlari korporativ boshqaruvning barcha sohalarida yaxshilanish bo‘layotganininini ko‘rsatdi. Bu sohalarga quyidagilar misol bo‘la oladi:

      • Bank kengashi faoliyati;

      • axborotlar oshkoraligi va shaffofligi;

      • risklarni boshqarish va ichki nazorat.

Korporativ boshqaruv oldingiga qaraganda yuqoriroq darajada, lekin hali xanuz mukammal emas. Yaxshi me’yoriy baza yaratilgan va endi banklar xalqaro standartlarga javob berish imkoniyatiga ega. Shu bilan birga banklar mavjud boshqa korporatsiyalar hamda dunyoning boshqa banklaridagi kabi korporativ boshqaruv darajasiga eta olgani yo‘q. Korporativ strukturaga, mol-mulk egalari va moliyaviy natijalar strukturasiga tegishli bo‘lgan axborotni e’lon qilish bilan bog‘liq bir qator muammolarni hal qilish zarur. Kuzatuv kengashiga keladigan bo‘lsak, strukturani yangilash hamda kengashning faoliyatidagi rolini oshirish zarur.
Bank Kengashi a’zolari qo‘shimcha axborot olish, asosiy boshqaruv personali bilan aloqada bo‘lish va zaruriyat bo‘lganda, tashqi tashkilotlarga konsultatsiya uchun murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Direktorlar kengashi a’zolari shaxsan majlislarda ishtirok etish uchun vaqt ajratishlari shart. Rossiya banklarning 1/3 qismi bir oyga bir martadan kam direktorlar kengashi yig‘ilishlarini o‘tkazadilar. Banklarda Direktorlar kengashi tomonidan bir qator vazifalar hal qilinadi. Ular o‘z vaklolatlari doirasida bir oyda kamida bir marta yig‘ilishlari, bank faoliyatida favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi natijasida bir necha marotaba yig‘ilishlari ham mumkin.


Yüklə 152,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə