12
Tijorat banklari – bank tizimining quyi bo‘g‘ini bo‘lib, jismoniy va
yuridik shaxslarning bo‘sh turgan pul mablag‘larini jalb qilish va ularni o‘z
nomidan, to‘lovlilik, muddatlilik, qaytib berish sharti asosida joylashtirish
operatsiyalarini va boshqa bank faoliyati deb hisoblanadiganbarcha
operatsiyalarni bajaruvchi tijorat tashkilotidir.
Hozirgi davrda tijorat banklarining faoliyati juda ham xilma-xildir.
Ular pul muomalasi va kredit munosabatlarini tashkil qilishdan tashqari,
xalq xo‘jaligini mablag‘ bilan ta’minlash, sug‘urta operatsiyalari, qimmatli
qog‘ozlar oldi-sotdisi, ayrim hollarda vositachilikni va mulkni boshqarishni
amalga oshiradi. Shuningdek, maslahatchi sifatida xalq xo‘jalik dasturlarini
muhokama qilishda ishtirok etadilar, statistikani olib boradilar.
Tijorat bankining mohiyatini aniqlash uchun ularning:
-
nima bilan shug‘ullanishini;
-
qanday operatsiyalarni
bajarishini;
-
qanday sifatlarga egaligini;
-
o‘ziga xos xususiyatlarini;
-
asosi nima bilan belgilanishini;
-
ichki tizimi qandayligini tushunib yetmoq lozim.
Demak, tijorat banki tushunchasi bank faoliyatini xarakterlovchi
tasodifiy savollar yig‘indisi emas, balki uslub bo‘yicha qo‘yiladigan aniq
savollarni ko‘rib chiqishni talab etadi.
Bunday yondashish bankka
quyidagilar nuqtayi nazaridan ta’rif berishga asos bo‘lishi mumkin:
-
bank tashkilot yoki muassasa sifatida;
-
bank korxona sifatida;
-
bank tijorat yoki savdo korxonasi sifatida;
-
bank vositachi korxona sifatida;
-
bank birja
agenti sifatida;
-
bank kredit beruvchi korxona sifatida.
Bankka tashkilot nuqtayi nazardan qarash ko‘z oldimizga boshqaruv
apparatini gavdalantirsa, korxona sifatida qarash esa uni har qanday korxona
singari mustaqil xo‘jalik subyekti ekanligiga ishonch hosil qildiradi. Bank
faoliyatini savdo bilan qiyoslash ham tasodifiy emas. Haqiqatan ham,
banklar resurslarni «sotib oladi», ularni «sotadi», taqsimlash sohasida
faoliyat ko‘rsatib, tovarlar ayirboshlashini amalga oshiradi.
Bank yetarli miqdorda mablag‘ to‘plab, turli qarz oluvchilar talabiga
ko‘ra har xil muddatli kreditlarni tanlash imkonini hosil qiladi. Bu holda
bank ikki subyekt – qarz beruvchi va qarz oluvchi o‘rtasida vositachi rolini
o‘ynaydi. Lekin shuni qayd qilish lozimki turli vositachilar bir qator xizmat
turlarini: yuridik, komission, pochta kabi xizmatlarni bajarishlari mumkin.
13
Lekin bu bilan ular bank bo‘la olmaydilar. Bank vositachi sifatida bir qator
oddiy vositachilardan farq qiluvchi, ya’ni ham qarz beruvchi,
ham qarz
oluvchi hamda ular o‘rtasida aloqa bog‘lovchi, shuningdek, hisob-kitoblar
vositachisidir.
Bankning muomala sohasidagi faoliyati bilan bog‘liq birja agenti
sifatidagi tasavvurlar 20-yillarda paydo bo‘lgan. Bunda banklar mustaqil
ravishda birja operatsiyalarini amalga oshirishi, qimmatli qog‘ozlar
oldisotdisi bilan bog‘liq operatsiyalarni bajarishi mumkin.
Nihoyat, banklar valuta ayirboshlashi (oldi-sotdisi) kredit savdosi,
korxona va aholi tomonidan qo‘yilgan bo‘sh mablag‘larga to‘lovlar berish
va ularni qarz oluvchilariga «sotish» bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga
oshiradi.
Aytish joizki, bank aslida bank zaminini yaratgan kreditning
rivojlanish natijasida paydo bo‘lgan. Shu yerda bank faoliyatining savdo
tashkiloti sifatidagi ta’rifdan farqini qayd etish kerak. Savdoda tovar o‘z
mulk egasini o‘zgartirsa, kreditlashda esa mulk egasi o‘zgarmaydi.
Tijorat banklari bir-biridan quyidagilar bilan farq qiladi (1.1-jadval).
Dostları ilə paylaş: