14
paytda ham omonatchilar, kichik va o‘rta
biznes korxonalarga xizmat
ko‘rsatish asosan unchalik katta bo‘lmagan xususiy banklar hissasiga to‘g‘ri
keladi.
Xususiy banklar:
iqtisodiyotga xususiy sarmoyalarni jalb etish orqali samaradorligi
yuqori ilg‘or investitsiya-loyihalariga yo‘naltirilgan mablag‘larning
ko‘payishiga;
kichik va o‘rta tadbirkorlarga bank xizmati ko‘rsatish saviyasining
oshishiga;
yangi turdagi bank instrumentlarining rivojlanishiga ijobiy ta’sir
etadi.
1.2. Tijorat banklari faoliyatini tashkil etishning iqtisodiy
asoslari.
Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan tijorat
banklarining faoliyati
O’zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to’grisida”gi
6
Qonuni
hamda
“O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki
to‘g‘risida”gi
7
Qonun,
"Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning
huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida" gi Qonun, “Bank faoliyatiga ruxsat
berish tartibi va shartlari to‘g‘risida”gi Nizom va
boshqa qonun hujjatlari
bilan tartibga solib boriladi.
Ushbu qonunlarda bank tushunchalariga va ularning operatsiyalariga
ta’riflar keltirilgan.
Unga ko’ra banklar bevosita ishlab chiqarish, savdo, sug‘urta faoliyati
hamda banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda
tutilgan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan
boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishga haqli emas.
Bank tomonidan Markaziy bank yoki boshqa bankda vakillik
hisobvarag‘i ochilayotganda, ushbu banklar o‘rtasida vakillik munosabatlari
to‘g‘risida shartnoma tuziladi.
6
“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (yangi tahriri). 2019-yil
5-noyabr, O‘RQ-580-son.
7
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi
Qonuni (yangi tahriri). 2019-yil 11-noyabr, O‘RQ-582-son.