1.3. Banklarni davlat ro’yxatidan o’tkazish va litsenziyalash
tartibi
Banklar aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi.
Banklar Markaziy bankda davlat ro‘yxatiga olingan paytdan e’tiboran
yuridik shaxs maqomini oladi.
Banklar O‘zbekiston Respublikasida o‘z faoliyatini Markaziy bank
tomonidan beriladigan, bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi
litsenziya asosida amalga oshiradi
9
.
Litsenziya uning amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi.
Litsenziyani yoki unga doir huquqlarni boshqa shaxslarga o‘tkazish
taqiqlanadi.
Litsenziyasiz amalga oshiriladigan bank faoliyati g‘ayriqonuniy deb
hisoblanadi va javobgarlikka sabab bo‘ladi. Bunday faoliyat natijasida
olingan daromad O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga olib qo‘yiladi.
Banklarni litsenziyalash tartib-taomili quyidagi ikki bosqichdan
iborat:
Markaziy bank tomonidan bankni tashkil etishga doir dastlabki
ruxsatnomani berish;
bir vaqtning o‘zida litsenziya bergan holda bankni davlat ro‘yxatidan
o‘tkazish.
Amalga oshirilishi uchun qonunchilikka muvofiq alohida litsenziyalar
yoki ruxsatnomalar olinishi talab etiladigan faoliyat banklar tomonidan
tegishli hujjatlar olinganidan keyin amalga oshiriladi.
Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun
muassislar tomonidan bank tashkil etish bo‘yicha o‘z manfaatlarini
Markaziy bankda ifoda etishga vakil qilingan shaxs ta’sis shartnomasi
imzolaganidan keyin uch oydan kechiktirmay Markaziy bankka
quyidagilarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi:
•
ta’sis shartnomasini;
9
“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (yangi tahriri). 2019-yil
5-noyabr, O‘RQ-580-son.
20
•
ikki nusxadagi bank ustavini;
•
ta’sis yig‘ilishining bayonnomasini;
•
muassislar ro‘yxatini;
•
hal qiluvchi egalikka ega bo‘lgan bevosita va bilvosita muassislar,
shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlar to‘g‘risidagi axborotni,
shuningdek baholashni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan axborotni;
•
hal qiluvchi egalikka ega bo‘lgan shaxslar mavjud bo‘lmagan
taqdirda, bankning ustav kapitalida eng ko‘p ulushlarga ega bo‘lgan,
umumiy ulushi kamida ellik foizni tashkil etadigan bevosita va bilvosita
muassislar, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlar to‘g‘risidagi
axborotni, shu jumladan baholashni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan
axborotni;
•
muassis bo‘lgan yuridik shaxsning auditorlik tashkiloti tomonidan
tasdiqlangan oxirgi uch yil uchun moliyaviy hisobotlarini;
•
bankning
ustav
kapitalini
shakllantirish
uchun
kiritilgan
mablag‘larning manbalari to‘g‘risidagi hujjatlar bilan tasdiqlangan
axborotni;
•
bankning kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari to‘g‘risidagi, bu
a’zolarning talablarga muvofiqligini baholash uchun zarur bo‘lgan
axborotni;
•
bankning tashkiliy tuzilmasini;
•
bankning ichki audit xizmati to‘g‘risidagi nizom loyihasini;
•
bankning keyingi uch yilga mo‘ljallangan biznes-rejasini;
•
keyinchalik bankning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanishi
lozim bo‘lgan, bankning kredit, investitsiya va emissiya siyosatining
loyihalarining, shuningdek tavakkalchiliklarni boshqarish va ichki nazorat
siyosati loyihalarining ko‘chirma nusxalarini;
•
arizani ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi
hujjatni.
Taqdim etilgan hujjatlarda Markaziy bank tomonidan kamchiliklar
aniqlangan va ko‘rsatilgan hujjatlar ariza beruvchi tomonidan to‘liq hajmda
taqdim etilmagan taqdirda, Markaziy bank ariza beruvchiga bartaraf etilishi
lozim bo‘lgan kamchiliklar va (yoki) taqdim etilishi zarur bo‘lgan hujjatlar
ro‘yxati ko‘rsatilgan holdagi xabarnomani ariza taqdim etilgan kundan
e’tiboran o‘n besh kun ichida yuboradi.
Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish to‘g‘risidagi
ariza bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun zarur
bo‘lgan barcha hujjatlar taqdim etilgan kundan e’tiboran uch oy ichida
21
Markaziy bank tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak. Mazkur muddat to‘rt
oygacha uzaytirilishi mumkin.
Agar ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan, ko‘rsatilgan hujjatlar
va axborot bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish
to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun yetarli bo‘lmasa, Markaziy bank ariza
beruvchidan qo‘shimcha hujjatlar va axborot so‘rashga haqlidir.
Ariza beruvchi Markaziy bank so‘ragan hujjatlar va axborotni so‘rov
olingan kundan e’tiboran o‘ttiz kalendar kundan oshmagan muddatda
taqdim etishi kerak, ushbu muddat mobaynida bankni tashkil etishga doir
dastlabki ruxsatnomani berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqiladigan uch
oylik davr to‘xtatib turiladi.
Markaziy bank ariza beruvchini qabul qilingan qaror to‘g‘risida
tegishli qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran uch ish kuni ichida yozma
shaklda, shu jumladan axborot-kommunikatsiya tizimi orqali elektron
shaklda xabardor qiladi.
Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnoma olingan kundan
e’tiboran olti oydan oshmagan muddat ichida yuridik kuchini saqlab turadi.
Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnoma quyidagi hollarda
amal qilish muddati tugashidan oldin bekor qilinadi:
-
dastlabki ruxsatnoma soxta hujjatlardan foydalangan holda
olinganligi fakti aniqlanganda;
-
ilgari baholashdan o‘tgan va Qonun talablariga javob bergan
muassislar, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlar endilikda ushbu
modda talablariga muvofiq bo‘lmaganda;
-
ilgari baholashdan o‘tgan va Qonun talablariga javob bergan bank
kuzatuv kengashi va (yoki) boshqaruvi a’zolari endilikda ushbu modda
talablariga muvofiq bo‘lmaganda, shuningdek bank kuzatuv kengashi va
(yoki) boshqaruvining yangi tayinlangan a’zolari to‘g‘risida axborot taqdim
etilmaganda;
-
taqdim etilgan biznes-rejaga tarkibiy o‘zgartishlar kiritilganda;
-
bankni xavfsiz va barqaror boshqarishni ta’minlab bo‘lmasligini
ko‘rsatuvchi faktlar aniqlanganda.
Bankni tashkil etishda yoki bankning ustav kapitalida chet el banki
ishtirok etganda yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagi
hujjatlar qo‘shimcha ravishda taqdim etiladi:
-
chet el banki vakolatli organining bankni tashkil etish yoki bankning
ustav kapitalida ishtirok etish to‘g‘risidagi qarori;
-
chet el bankining ustavi;
22
-
chet el banki bankni nazorat qilish organining mazkur chet el banki
uning konsolidatsiyalashgan nazorati ostida turishi, pul mablag‘larini
depozitlarga qabul qilish huquqiga ega ekanligi va unga bankni nazorat
qilish organining bankni tashkil etish yoki bankning ustav kapitalida
ishtirok etish uchun ruxsatnomasi berilganligi to‘g‘risidagi yozma
tasdiqnomasi yoxud shunday ruxsatnoma talab etilmasligi to‘g‘risidagi
tasdiqnomasi;
-
chet el banki kapitalining va kredit reytingining Markaziy bank
tomonidan belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat.
Bankni davlat ro‘yxatiga olish va litsenziya olish uchun ariza beruvchi
bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnoma olinganidan keyin olti
oydan kechiktirmay Markaziy bankka quyidagilarni taqdim etishi kerak:
bankni davlat ro‘yxatiga olish va litsenziya berish to‘g‘risidagi
ariza;
Qonun bilan belgilangan eng kam miqdordan kam bo‘lmagan
summada bankning ustav kapitali shakllantirilganligini tasdiqlovchi hujjat,
shuningdek muassislarning ro‘yxati;
bankning muhim ahamiyatga ega xodimlari to‘g‘risida ularning
Qonun talablariga muvofiqligini baholashdan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan
axborot;
tashkil etilayotgan bank joylashgan yerdagi Markaziy bank hududiy
bosh boshqarmasining bank binolari, ularning muhofaza qilinishi
ta’minlanganligi, uskunalar, ishlarni tashkil etish texnika vositalari bilan
jihozlanganligining va dasturiy ta’minotining Markaziy bank talablariga
muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi;
yuqorida sanab o‘tilgan barcha hujjatlarning elektron shakldagi
ko‘chirma nusxalari.
Basharti bankning faoliyati xavfsiz tarzda amalga oshirilishi
ta’minlansa hamda omonatchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya
qilinishini, shuningdek bank tizimi lozim darajada ishlashini kafolatlovchi
korporativ boshqaruv talablariga rioya etilsa, Markaziy bank bankni davlat
ro‘yxatiga olish hamda litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Bankni davlat ro‘yxatiga olish va litsenziya berish haqidagi qaror ariza
barcha zarur hujjatlar bilan olingan kundan e’tiboran bir oydan oshmagan
muddatda qabul qilinadi.
Markaziy bank tegishli qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran uch ish
kuni ichida ariza beruvchini qabul qilingan qaror haqida yozma shaklda, shu
jumladan axborot-kommunikatsiya tizimi orqali elektron shaklda xabardor
qiladi.
23
Litsenziya berilganligi uchun qonunda belgilangan miqdorda davlat
boji undiriladi.
Bankning davlat ro‘yxatiga olinganligi va unga litsenziya berilganligi
to‘g‘risidagi axborot Markaziy bankning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Litsenziyaning qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi
fakti aniqlangan taqdirda litsenziya Markaziy bank tomonidan chaqirib
olinadi.
Bankni davlat ro‘yxatiga olishni va litsenziya berishni rad etish.
Bankni davlat ro‘yxatiga olishni va litsenziya berishni rad etish uchun
quyidagilar asos bo‘ladi:
-
Bankning shakllantirilgan ustav kapitali miqdorining bankni davlat
ro‘yxatiga olish va litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani topshirish paytida
Qonun talablariga muvofiq emasligi;
-
ilgari baholashdan o‘tgan va Qonunning talablariga javob bergan
muassislarning, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlarning endilikda
ushbu modda talablariga muvofiq emasligi;
-
muhim ahamiyatga ega xodimlarning Markaziy bankning malaka
talablariga muvofiq emasligi;
-
bankning binolari, ularning muhofaza qilinishi ta’minlanganligi,
uskunalar
va
ishlarni
tashkil
etish
texnika
vositalari
bilan
jihozlanganligining va dasturiy ta’minotining Markaziy bank talablariga
muvofiq emasligi.
Banklar boshqa bankning aksiyalarini bevosita yoki bilvosita olishdan
oldin Markaziy bankning dastlabki ruxsatnomasini olishi shart. Banklar
boshqa bankning ustav kapitalidagi ulushini ko‘paytirish uchun Markaziy
bankning takroriy dastlabki ruxsatnomasini olishi shart.
Dostları ilə paylaş: |